1 1 1
15-mavzu. Majburiy sug‘urta turlari va ularning
o‘ziga xos xususiyatlari
Majburiy sug‘urta tushunchasi va uning joriy etilish shartlari.
Majburiy sug‘urtalashning asosiy tamoyillari.
Ixtiyoriy sug‘urta turlarini huquqiy tartibga solish.
O‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik
kodeksining 922-moddasida
majburiy
sug‘urta haqida alohida ko‘rsatib o‘til-
gan. Xususan, unda shunday deyiladi:
«Qonunda quyidagilarni sug‘urta qilish majburiyati belgilab qo‘yi-
lishi mumkin:
— qonunda ko‘rsatilgan boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i
yoki mol-mulki ularning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga zarar
yetkazilishi ehtimolini nazarda tutib;
— boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga zarar
yetkazilishi yoxud boshqa shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar-
ning buzilishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘zining
fuqaroviy javobgarligi xavfi».
Sug‘urta qildiruvchi bo‘lish majburiyati qonun bilan unda
ko‘rsatilgan shaxslar zimmasiga yuklanadi. Qonunda majburiy
sug‘urtaning boshqa turlari ham belgilanishi mumkin. Fuqaroga
o‘z hayoti yoki sog‘lig‘ini sug‘urtalash majburiyati qonun bilan
yuklatilishi mumkin emas. Qonunda nazarda tutilgan hollarda
yoki unda belgilangan tartibda xo‘jalik yuritishida yoki operativ
boshqaruvida davlatga qarashli mol-mulkka ega bo‘lgan yuridik
shaxslarga bu mulkni sug‘urtalash majburiyati yuklanishi mumkin.
Mol-mulkni sug‘urta qilish majburiyati
qonundan kelib
chiqmaydigan, balki mol-mulkning
egasi bilan tuzilgan
shartnomaga yoki mol-mulkning mulkdori hisoblanuvchi yuridik
shaxsning ta’sis hujjatlariga asoslangan hollarda, bunday sug‘urta
ushbu moddaning ma’nosi jihatidan majburiy.
Majburiy sug‘urta bunday sug‘urta qilish majburiyati yuklangan
shaxs (sug‘urta qildiruvchi) sug‘urtalovchi bilan sug‘urta
shartnomasi tuzishi vositasida amalga oshiriladi. Majburiy sug‘urta
sug‘urta qildiruvchi hisobidan amalga oshiriladi, yo‘lovchilarni
majburiy sug‘urtalash bundan mustasno bo‘lib, bu sug‘urta qonunda
nazarda tutilgan hollarda ularning o‘z hisobidan amalga oshirilishi
Dostları ilə paylaş: