9 5
brokeri hisoblanadi». Ta’kidlash kerakki, sug‘urta brokerining
faoliyati sug‘urta sohasidagi boshqa faoliyat turlari bilan qo‘shib
olib borilishi mumkin emas.
Xalqaro tajribaning guvohlik berishicha, sug‘urta tashkiloti va
qayta sug‘urta qilish tashkiloti o‘rtasida vositachilik vazifasini
bajaruvchi qayta sug‘urta brokerlari ham faoliyat ko‘rsatishlari
mumkin. Shundan kelib chiqib, «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi
Qonunda qayta sug‘urta qiluvchi broker tushunchasiga alohida
e’tibor berilgan. Unga muvofiq, qayta sug‘urta brokeri — o‘z
nomidan va qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta
qildiruvchi tariqasida ishtirok etuvchi sug‘urtalovchining
topshirig‘iga binoan qayta sug‘urta qilish shartnomasi tuzilishini
va ijro etilishini tashkil qilish bo‘yicha faoliyat yurituvchi yuridik
shaxs qayta sug‘urta brokeri hisoblanadi. Bunday brokerlarni
tashkil etish qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa-da, ularning
faoliyatini tartibga solish bo‘yicha normativ hujjatlar ishlab
chiqilmagan.
Nazorat va muhokama uchun savollar:
1. Sug‘urta agenti tushunchasiga ta’rif bering.
2. O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunida
sug‘urta agentiga qanday ta’rif berilgan?
3. Sug‘urta agentining huquq va majburiyatlari nimalardan iborat?
4. Agentlik bitimi nima maqsadda tuziladi?
5. Sug‘urta agentining vositachilik haqi qanday hisoblanadi?
6. Sug‘urta agentiga nisbatan qanday talablar belgilanishi mumkin?
7. Sug‘urta agentining sug‘urta brokeridan farqi nimada?
8. Sug‘urta brokerining vazifasini aytib bering.
9. O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunida
sug‘urta brokeriga qanday ta’rif berilgan?
10. Qayta sug‘urta brokeri jismoniy shaxs bo‘lishi mumkinmi?