O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi X. S h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V sug‘urta ishi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə91/123
tarix16.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#182970
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   123
X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V-fayllar.org

Buyuk Britaniya
sug‘urta kompaniyalari
amalga oshiradigan
asosiy sug‘urta turlari


1 7 7
zarur. Belgilangan tasnifga asosan, 7 ta muddatli sug‘urta turlari


va 18 ta umumiy sug‘urta turlari (mulk, fuqarolik javobgarligi va
baxtsiz hodisalardan) mavjud. Hozirgi paytda, Buyuk Britaniya
aviatsiya sug‘urta bozorining asosini tashkil etadigan 300 ta kom-
paniya samolyotlarni sug‘urta qilish, 433 ta kompaniya esa den-
giz kemalarini sug‘urta qilish bilan shug‘ullanmoqda.
Umuman olganda, Buyuk Britaniya sug‘urta bozori ikki qismga
bo‘lingan:
— hayotni sug‘urta qilish bozori;
— umumiy sug‘urta bozori.
2004-yilda yig‘ib olingan sug‘urta mukofotlarining 189,6 mlrd
dollari yoki 65,7 foizi hayotni sug‘urta qilish bozori, 99 mlrd
dollari yoki 34,3 foizi esa umumiy sug‘urta bozori turlariga to‘g‘ri
keladi. Hayotni sug‘urta qilish operatsiyalari ushbu sug‘urta
turlarini amalga oshirishga ixtisoslashgan kompaniyalar tomonidan
olib boriladi. Hayotni sug‘urta qilish bozorida, asosan, quyidagi
sug‘urta turlari bo‘yicha shartnomalar tuziladi: hayotni individu-
al sug‘urtalash, nafaqa va annuitetlar, sog‘liqni uzluksiz sug‘ur-
talash, hayotni va nafaqani guruhlab sug‘urtalash. Hayotni
individual tartibda sug‘urtalash bo‘yicha soliq imtiyozlarining
mavjudligi, ushbu sug‘urta turi bo‘yicha katta miqdorda sug‘urta
badallarini yig‘ish imkonini beradi. Aytish kerakki, sug‘urta
kompaniyalari hayotni sug‘urtalash bo‘yicha katta miqdorda
sug‘urta qoplamalari ham to‘lamoqda. Masalan, 2004-yilda
hayotni individual sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urtalanuvchilarga jami
17,6 mlrd funt sterling mablag‘ to‘lagan.
Buyuk Britaniyada aholiga va boshqa potensial mijozlarga
sug‘urta xizmati ko‘rsatish shu darajada rivojlanganki, bunda har
bir oila va fuqaroning daromadi va manfaati hisobga olinadi.
Hozirgi paytda 12 ta sug‘urta kompaniyasi daromadi uncha katta
bo‘lmagan shaxslar uchun hayot sug‘urtasini joriy etgan. Bu
sug‘urta turining o‘ziga xos xususiyati shundaki, sug‘urta
mukofotlari 2 oyda bir marta yig‘iladi. Sug‘urta mukofotlari
agentlar tomonidan yig‘iladi va ularning soni 35000 ga yaqin.
2004-yilda Buyuk Britaniya sug‘urta kompaniyalari umumiy
sug‘urta turlari bo‘yicha 99,0 mlrd dollar miqdorida sug‘urta
mukofotlarini yig‘ib olishgan. Bu mablag‘larning asosiy qismi
yong‘indan va baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish bo‘yicha kelib
tushgan.
12 — Sug‘urta ishi


1 7 8
Buyuk Britaniyada rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan sug‘urta kompa-


niyalari tarkibiga kelsak, ularga kema egalarining javobgarligini
o‘zaro sug‘urtalash klublari ham kiradi. Hozirgi paytda 6 ta klub
faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularning eng yiriklari «Yunayted
Kingdom» va «Britaniya»dir. Klub, kema egalarining uchinchi
shaxsga zarar keltirish javobgarligini sug‘urtalaydi. Bundan
tashqari, yukka yetkazilgan zarar uchun javobgarlik, kemalarning
bir-biriga to‘qnashishi javobgarligi, dengizning neft mahsulotlari
bilan ifloslanish javobgarligi sug‘urtasini ham klublar amalga
oshiradi. Kema egalarining klub sug‘urta foiziga to‘laydigan
sug‘urta badallari kemaning yuk ko‘tarish qobiliyatiga, sinfiga va
boshqa texnik parametrlariga nisbatan belgilanadi.
Yuqorida qayd etilganlar bilan bir qatorda, Buyuk Britaniya
sug‘urtasining quyidagi turlari mavjud:
— hayotni vaqtinchalik sug‘urta qilish. Bu sug‘urta o‘lim
hodisasi ro‘y berishi muddatigacha sug‘urta qiladi. Ushbu su-
g‘urta turi bo‘yicha badal miqdori nisbatan kamdir. Masalan,
Angliya fuqarosi bir yil muddatga 10000 funt sterlingga sug‘urta
qilinsa, sug‘urta mukofoti miqdori bir oyga 2 funt sterlingni tashkil
etadi. Sug‘urta mukofotining miqdori sug‘urtalanuvchining yoshiga
va sug‘urta muddatiga bog‘liq;
— boquvchisini yo‘qotish hodisasidan hayotni umrbod sug‘urta
qilish. Boquvchisini yo‘qotish hodisasidan oilaning daromadi
sug‘urta qilinadi. Sug‘urtalanuvchi dastlab katta miqdorda sug‘urta
mukofoti to‘laydi. Masalan, 35 yoshdagi sug‘urtalanuvchi 5000
funt sterling miqdorida 30 yil muddatga o‘z oilasiga daromadni
kafolatlash uchun 330000 funt sterlingga sug‘urta qilinadi;
— umrbod hayot sug‘urtasi. Sug‘urta kompaniyasi, sug‘urta-
lanuvchi vafot qilgan taqdirda, uning oilasiga yoki sug‘urta po-
lisida ko‘rsatilgan shaxsga tegishli sug‘urta summasini to‘lash
majburiyatini oladi. Sug‘urta mukofoti sug‘urtalanuvchining butun
hayoti davomida yoki keyingi 15—20 yil ichida to‘lanishi mumkin;
— aralash sug‘urta. Sug‘urtalanuvchi sug‘urta mukofotini har
oyda yoki yilda bir marta to‘laydi. Sug‘urta summasi shartnoma
muddati tugashi bilan to‘lanadi va unga tegishli murakkab foizlar
vositasida hisoblangan foiz ham qo‘shib beriladi. Agar
sug‘urtalanuvchi vafot etgan taqdirda, sug‘urta mukofoti to‘liq
to‘langanligi yoki to‘lanmaganligidan qat’i nazar, sug‘urta
summasi sug‘urtalanuvchining qonuniy merosxo‘riga to‘lanadi;


1 7 9
— renta sug‘urtasi (annuitetlar). Sug‘urtalanuvchi sug‘urta


mukofotini sug‘urta kompaniyasiga bir vaqtning o‘zida to‘liq
miqdorda yoki bir necha yillar davomida to‘lashi mumkin.
Sug‘urtalanuvchining o‘zi to‘lagan sug‘urta mukofoti summasini
butun umr davomida to‘lab boriladigan to‘lovlar bilan birga
qaytarib olishi mumkin. Boshqacha so‘z bilan ifodalaganda,
sug‘urtalanuvchi 60 yoshida o‘zi to‘lagan sug‘urta mukofotlarini
to‘liq qaytarib oladi va undan keyin unga muntazam ravishda
daromad to‘lab boriladi. Masalan, agar fuqaro 65 yoshida 1000
funt sterling miqdorida sug‘urta mukofoti to‘lagan bo‘lsa, u qolgan
umri davomida har yili 118 dan 140 funt sterlinggacha daromad
oladi;
— sog‘liqni uzluksiz sug‘urta qilish. Sug‘urtalanuvchi har xil
kasalliklar yoki baxtsiz hodisa tufayli sog‘lig‘ini yo‘qotganda
sug‘urta kompaniyasi qoplama to‘laydi. Sug‘urta mukofoti
summasi sug‘urta qoplamasiga nisbatan juda kam. Masalan, 25
yoshli sug‘urtalanuvchi har oyda 15 funt sterlingdan badal to‘lasa,
unga sug‘urta hodisasi ro‘y bergan holatda, har yili 1000 funt
sterlingdan sug‘urta qoplamasi to‘lanadi;
— dengiz sug‘urtasi. Kemalar, kemadagi yuklar dengiz falo-
kati yoki avariya hodisalaridan sug‘urta qilinadi;
— muhandislik sug‘urtasi. Qurilish-montaj risklari sug‘urtasi,
ekspluatatsiya jarayonidagi texnik qurilmalar sug‘urtasi;
— ishlab chiqarish — xo‘jalik risklari sug‘urtasi. Korxonalarda
ishlab chiqarishning to‘satdan to‘xtab qolishi, yollanma ishchilar-
ning suiiste’mol qilinishi, hamkorlarning shartnoma bo‘yicha
majburiyatlarini bajara olmasligi oqibatida zarar ko‘rish riski
sug‘urtalanadi;
— fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi. Sug‘urtalanuvchilarning
uchinchi shaxs oldidagi mulkiy javobgarligini himoya qiladi.
Masalan, tadbirkorlikning yollanma ishchilar oldidagi
javobgarligini sug‘urtalash. Bunda yollanma ishchilarga sug‘urta
hodisasi ro‘y bergan taqdirda sug‘urta qoplamasi to‘lanadi;
— ishlab chiqarilgan mahsulotning sifati uchun ishlab
chiqaruvchining javobgarligini sug‘urtalash. Sug‘urtalanuvchining
uchinchi shaxs oldidagi mulkiy javobgarligini himoya qiladi;
— kasbiy javobgarlikni sug‘urtalash. Bir qator toifa
xodimlarning (me’morlar, muhandislar, advokatlar, auditorlar,
shifokorlar, notariuslar va hokazolar) kasbiy majburiyatini sifatli


1 8 0
bajarilmasligi natijasida yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarari


sug‘urta qilinadi.
Boshqa rivojlangan davlatlar kabi Buyuk
Britaniyada ham sug‘urta kompaniyalarining
faoliyati tegishli davlat organlari tomonidan
nazorat qilinadi. Birinchi marotaba, bu
mamlakatda, sug‘urta kompaniyalari faoliyatini davlat tomonidan
tartibga solish 1870-yilda qabul qilingan hayotni sug‘urta qiluvchi
kompaniyalar to‘g‘risidagi qonun bilan joriy qilingan edi.
Bugungi kunda Buyuk Britaniyada sug‘urta kompaniyalari
ustidan nazoratni amalga oshirish savdo va sanoat departamen-
tiga yuklatilgan. Uning tarkibida maxsus sug‘urta nazorati organi
mavjud. Savdo va sanoat departamenti Buyuk Britaniya hududida
faoliyat ko‘rsatayotgan barcha sug‘urta kompaniyalariga ushbu
faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya taqdim
etadi. Odatda, litsenziya sug‘urtaning ayrim turlari bo‘yicha
shug‘ullanish huquqini beradi. Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati
direktivalariga muvofiq, 1978-yilning 1-yanvaridan uzoq muddatli
sug‘urtaning 7 turiga va umumiy sug‘urtaning 18 turiga litsenziya
beriladi. Sug‘urtaning u yoki bu turi bo‘yicha litsenziya berishdan
oldin, savdo va sanoat departamenti sug‘urta kompaniyasi ushbu
sug‘urta turi bo‘yicha operatsiya o‘tkaza olishiga ishonch hosil
qilishi kerak. Shuning uchun, litsenziya olishga talabgor
kompaniya savdo va sanoat departamentiga ariza bilan bir qatorda
boshlang‘ich kapital, amalga oshirishi mo‘ljallanayotgan sug‘ur-
ta operatsiyalari, sug‘urta polislari, sug‘urta mukofoti stavkasi,
operatsiya xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni berishi kerak.
Shuningdek, tashkil etilayotgan sug‘urta kompaniyasining rahbari
va bosh buxgalteri to‘g‘risidagi ma’lumot ham savdo va sanoat
departamentiga taqdim etiladi.
Amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada faoliyat
ko‘rsatayotgan barcha sug‘urta kompaniyalari hisobot yili
tugaganidan so‘ng, 6 oy muddatda, amalga oshirilgan operatsiyalar
to‘g‘risidagi hisobotni matbuotda e’lon qilishlari haqida savdo
va sanoat departamentiga taqdim qilinishdan oldin, mustaqil
auditorlar tomonidan tekshirilib tasdiqlanishi majburiy
hisoblanadi. Sug‘urta kompaniyalarining hisoboti quyidagilarni
o‘z ichiga oladi:

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin