Buyuk Britaniyada
sug‘urta tizimining
davlat tomonidan
tartibga solinishi
1 8 1
— kompaniyaning balansi;
— foyda va zararlar schoti;
— sug‘urta mukofotlari dinamikasining tahlili;
— uzoq muddatli sug‘urta foizi bo‘yicha ro‘y bergan o‘zga-
rishlar to‘g‘risida ma’lumot.
Savdo va sanoat departamenti sug‘urta kompaniyalarining
to‘lov qobiliyati darajasiga alohida e’tibor qaratadilar. Barcha
sug‘urta kompaniyalari to‘lov qobiliyati darajasi qonunchilik ta-
lablariga muvofiq bo‘lishlari uchun 1977-yilda Yevropa Iqtisodiy
Hamjamiyati direktivalari va sug‘urta kompaniyalari to‘g‘risidagi
qonun bilan belgilangan iqtisodiy normativlarga, ya’ni aktiv va
majburiyatlar o‘rtasidagi o‘zaro mutanosiblikka qat’iy rioya
etishlari kerak. Shunisi e’tiborliki, ushbu talablar Yevropa Iqti-
sodiy Hamjamiyati hududida joylashgan kompaniyalar uchun
alohida, markaziy ofisi Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati hududidan
tashqarida joylashgan kompaniyalar uchun alohida belgilangan.
1981-yilda qabul qilingan qonun hujjatlariga ko‘ra, Yevropa
Iqtisodiy Hamjamiyati mamlakatlarida ro‘yxatdan o‘tgan barcha
sug‘urta kompaniyalari umumiy sug‘urta operatsiyalari bo‘yicha
to‘lov qobiliyati darajasini, ushbu kompaniya joylashgan davlat
tomonidan belgilangan talablarga muvofiqlashtirishi lozim.
Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati mamlakatlarida sug‘urta
kompaniyasining aktivi va majburiyati o‘rtasidagi mutanosiblik
darajasi hayotni sug‘urta qilishga ixtisoslashgan kompaniyalar
uchun alohida umumiy sug‘urta turlarini amalga oshiruvchi
kompaniyalar uchun yakka tartibda belgilangan.
Savdo va sanoat departamenti sug‘urta kompaniyalari tomo-
nidan belgilangan sug‘urta mukofoti stavkasini nazorat qiladi.
Sug‘urta kompaniyasi, agar mijozni topsa, istagan yuqori stavkasi
bo‘yicha sug‘urta qilishi mumkin. Ayrim hollarda, sug‘urta
kompaniyasi stavkani pasaytirib, o‘zining to‘lov qobiliyatini
murakkablashtirishi mumkin. Departament bunday kompaniyalar-
ga nisbatan chora ko‘radi va sug‘urta badali stavkasini oshirishni
talab qiladi.
Savdo va sanoat Departamenti sug‘urtalanuvchilarning
manfaatini himoya qilish maqsadida sug‘urta kompaniyalarining
joriy faoliyatiga aralashishga haqlidir. Agar sug‘urta kompaniyalari
Departamentga noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim qilsa, bu holda u
mazkur kompaniyalarga nisbatan jazo choralarini qo‘llashi
1 8 2
mumkin. Departament sug‘urta kompaniyasining faoliyati
bo‘yicha kamchiliklar topsa, ushbu kamchiliklarni tugatish
yuzasidan sug‘urta kompaniyasiga ko‘rsatma beradi. Modomiki,
mazkur ko‘rsatma bir oy muddatda bajarilmasa, kompaniyaga
yangi sug‘urta shartnomalarini tuzishga hamda investitsiya
faoliyatini amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Eng asosiysi, agar
sug‘urta kompaniyasi o‘z zimmasidagi majburiyatlarni bajara
olmasa yoki kompaniyada buxgalteriya hisobi belgilangan tartibda
olib borilmasa, Departament ushbu kompaniyani tugatish to‘g‘ri-
sida qaror qabul qiladi.
Buyuk Britaniyada sug‘urta ishi shunchalik rivojlanganki, buni
mamlakat parlamenti tomonidan qabul qilingan ayrim qonunlar
misolida ham ko‘rish mumkin. Chunonchi, «Sug‘urtalanuvchilarning
manfaatini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun sug‘urta kompaniyasi
bilan sug‘urta shartnomasini tuzgan har bir Buyuk Britaniya
fuqarosini har qanday holatda himoya qilishni kafolatlaydi. Bu, o‘z
navbatida, sug‘urtalanuvchilarni sug‘urta polislarini ishonch bilan
sotib olishga undaydi. Yuqorida qayd qilingan qonun talablariga mu-
vofiq, sug‘urta kompaniyasi tugatilgan taqdirda, uning sug‘urtala-
nuvchilar oldidagi majburiyatlarini bajarish sug‘urtalanuvchilarning
manfaatini himoya qilish bo‘yicha Kengashga yuklatiladi. Dastlab,
sug‘urta kompaniyasi tugatilishidan oldin, Kengash kompaniyaning
moliyaviy holatini sog‘lomlashtirish yuzasidan maxsus tadbirlarni
amalga oshiradi.
Buyuk Britaniyada sug‘urta tizimini davlat tomonidan tartibga
solishda soliq siyosatining muhim o‘rni bor. Gap shundaki, uzoq
yillardan beri uzoq muddatli hayotni sug‘urta qilish bo‘yicha
shartnomalarni tuzgan sug‘urtalanuvchilarga daromad solig‘ini
to‘lashda imtiyozlar berilgan. Masalan, umrbod hayot sug‘urtasida
sug‘urta mukofoti 10 yildan kam bo‘lmagan muddatda to‘lab
borilsa, sug‘urta summasi miqdori jami to‘langan sug‘urta
mukofotining 75 foizdan kam bo‘lmagan miqdorini tashkil etsa,
sug‘urtalanuvchi to‘laydigan daromad solig‘i stavkasi 15 foizga
kamaytiriladi.
Shuni alohida qayd etish zarurki, sug‘urta kompaniyalari
korporatsiya solig‘ini to‘lashda katta imtiyozga ega. Agar
tadbirkorlikning boshqa tuzilmalari 35 foizli stavka bilan foyda
solig‘i to‘lasa, sug‘urta kompaniyalarining foydasiga solinadigan
soliq stavkasi 30 foizni tashkil qiladi.
1 8 3
Buyuk Britaniya sug‘urta tizimida
«Lloyd» korporatsiyasining o‘ziga xos
o‘rni bor. «Lloyd»ning tashkiliy tuzilmasi
sug‘urta kompaniyalarining tashkiliy tu-
zilmasidan tubdan farq qiladi. «Lloyd» London shahrining mar-
kazida joylashgan va bu yerda sug‘urta operatsiyalarini uning
a’zolari amalga oshiradi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, «Lloyd»ning
33532 ta a’zolari bo‘lib, ular yig‘gan sug‘urta mukofotining hajmi
10 mlrd funt sterlingdan oshadi. «Lloyd»ga a’zo har bir anderrayter
sug‘urta operatsiyasini o‘zining imkoniyati darajasida amalga
oshiradi va korporatsiyaning boshqa a’zolarining majburiyatlari
bo‘yicha javob bermaydi. Sug‘urta kompaniyalaridan farqli o‘la-
roq, «Lloyd» korporatsiyasi a’zosi tuzilayotgan shartnomalar
bo‘yicha cheklanmagan majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi
mumkin. «Lloyd» a’zolari sug‘urta operatsiyalarini amalga oshi-
rishi uchun maxsus sindikatlarga birlashgan. Hozirgi paytda
korporatsiyaning 150 dan ortiq tarmoq sindikatlari mavjud bo‘lib,
ulardan 100 ga yaqini dengiz sug‘urtasi, 34 tasi aviatsiya sug‘ur-
tasi, 27 tasi avtomobil sug‘urtasiga ixtisoslashgan sindikatlardir.
Sindikatlarga «Lloyd» anderrayterlari boshchilik qiladi va u ushbu
sindikatga a’zo bo‘lgan boshqa anderrayterlar nomidan sug‘urta
operatsiyalarini amalga oshiradi. Potensial mijozlarni jalb qilish
bo‘yicha sindikatlar o‘zaro qattiq raqobat kurashini olib boradi-
lar. Shu nuqtayi nazardan «Lloyd»ni o‘ziga xos sug‘urta bozori
deb atash mumkin. «Lloyd»da barcha sug‘urta operatsiyalari bro-
kerlik firmalari vositachiligida amalga oshiriladi. Hozirgi paytda
«Lloyd»da ro‘yxatdan o‘tgan brokerlar 300 dan ortiq. Shu o‘rinda
ta’kidlash zarurki, bugungi kunda O‘zbekistonda ham ayrim
sug‘urta kompaniyalari va sug‘urta brokerlari «Lloyd» korporat-
siyasi bilan mustahkam aloqa o‘rnatishgan.
«Lloyd» korporatsiyasi doirasida yig‘ib olinadigan sug‘urta
badallarining 30 foizi dengiz sug‘urtasi hissasiga to‘g‘ri keladi. Negaki,
Buyuk Britaniyani deyarli uch tomondan okean va dengizlar qurshab
olgan va bu yerda azaldan savdo-sotiqlar dengiz va okeanlar orqali
amalga oshirilgan. Ayrim manbalarga ko‘ra, Angliyada dastlabki
sug‘urta shartnomalari, bundan taxminan 300 yillar oldin, aynan,
dengizda tashiladigan yuklar va kemalar bilan bog‘liq bo‘lgan.
«Lloyd» sug‘urta korporatsiyasining tashkiliy tuzilmasiga
anderrayter, sindikat va brokerlardan tashqari, a’zolik va depozitlar
Dostları ilə paylaş: |