1 8 4
bo‘yicha, chet mamlakatlarda ko‘rilgan zararni to‘lash bo‘yicha
bo‘limlar ham kiradi.
Shuningdek, «Lloyd»da
markaziy
buxgalteriya, maslahat-auditorlik va boshqa bir qator bo‘limlar
ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Ta’kidlash joizki, «Lloyd»ning butun
dunyo bo‘ylab 1000 dan ortiq agentlari bor va ular, asosan, joylar-
da sug‘urta hodisalari ro‘y bergan taqdirda avariya komissarlarini
tayinlaydi va sug‘urta operatsiyalari yuzasidan e’tirozlarni tartib-
ga solishda ishtirok etadi.
«Lloyd» korporatsiyasining o‘ziga xosligi hisobga olinib, uning
faoliyatini tartibga solish «Lloyd» kengashiga yuklatilgan.
Kengash
16 ta shtatdagi va 8 ta shtatda bo‘lmagan a’zodan iborat bo‘lib,
ular Kengash Raisi va uning 2 o‘rinbosarini tayinlaydi. Kengash
«Lloyd» sug‘urta korporatsiyasini boshqarish va nazorat qilish kabi
muhim funksiyalarni bajaradi. Shuningdek, Kengash
sindikatlarning to‘lov qobiliyatini ham nazorat qilib boradi.
«Lloyd»da o‘zini o‘zi tartibga solish mexanizmi ishlab chiqilgan
va bu quyidagi yo‘nalishlarda nazorat qilishni o‘z ichiga oladi:
— korporatsiyaga a’zo bo‘lib kirayotganlarga nisbatan qo‘yi-
ladigan talablar;
— ayrim sindikatlarning to‘lov qobiliyati murakkablashgan
taqdirda, uning sug‘urtalanuvchilar oldidagi majburiyatlarini
bajarish;
— «Lloyd»ga a’zo sug‘urta brokerlarining faoliyatini nazorat
qilish.
Yuqorida qayd etilgan birinchi talabning ma’nosi shuki,
«Lloyd»ga a’zo bo‘lib kirmoqchi bo‘lgan har bir da’vogar shaxs,
«Lloyd»da amalda a’zo bo‘lib turgan kamida 5 ta kishidan yozma
tavsiyanoma olishi va u kerakli miqdorda moliyaviy resurslarga
ega bo‘lishi zarur. 1990-yildan e’tiboran, «Lloyd»ga a’zo bo‘lib
kirmoqchi bo‘lgan da’vogarlar kamida 100000 funt sterlingdan
to 250000 funt sterlinggacha kapitalga ega bo‘lishi lozim.
Sug‘urta hodisasi ro‘y bergan taqdirda sug‘urta qoplamasini
operativ to‘lash maqsadida, «Lloyd» korporatsiyasi vaqtincha bo‘sh
mablag‘larini qat’iy foizlar to‘lanadigan aktivlarga investitsiya
qiladi.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, «Lloyd»ning har bir a’zosi
har yili amalga oshirgan sug‘urta
operatsiyalari, sug‘urta
majburiyatlari to‘g‘risida korporatsiya auditoriga hisobot taqdim
qiladi. Auditor, hisobotni tekshirish natijasida kamchiliklarni
1 8 5
aniqlasa, uni darhol anderrayterga xabar qiladi va bu, o‘z
navbatida, anderrayterni ehtimol tutilgan moliyaviy tanglikka
tushib qolishdan saqlaydi. «Lloyd»ga a’zo bo‘lgan sindikatning
to‘lov qobiliyati yomonlashganda, uning sug‘urtalanuvchilar
oldidagi majburiyati, korporatsiyada tashkil etilgan maxsus zaxira
fondi hisobidan bajariladi. Bu zaxira fondi sindikatlar ajratgan
mablag‘lar hisobiga shakllanadi.
Buyuk Britaniyada sug‘urta operatsiyalari-
ning 60 foizga yaqini sug‘urta brokerlari
yordamida amalga oshiriladi. Bu xususiyat
ushbu mamlakat sug‘urta tizimini boshqa
mamlakatlar sug‘urta tizimidan tubdan farq
qiladi. Shuni aytish joizki, ayrim rivojlangan davlatlarda, xususan,
Yaponiyada sug‘urta brokerlari instituti umuman yo‘q.
Buyuk Britaniyada potensial sug‘urtalanuvchilar, asosan,
sug‘urta brokerlari yordamida sug‘urta shartnomalarini tuzadi-
lar. Mijozlar u yoki bu kompaniyalar bilan sug‘urta shartnomasini
tuzishga xohish bildirsa, brokerlar ularga kovernota hujjatini
topshiradi. Kovernota — o‘ziga xos hujjat bo‘lib, potensial
sug‘urtalanuvchining ma’lum bir sug‘urta
kompaniyasi bilan
sug‘urta shartnomasini tuzishga ahd qilganligini bildiradi va bunda
hech qanday sug‘urta javobgarligi ko‘zda tutilmaydi. Sug‘urta
brokerlari kompaniyalarning manfaatidan ko‘ra, ko‘proq sug‘ur-
talanuvchilarning manfaatini himoya qiladi. Odatda, sug‘urta bro-
kerlari o‘nlab sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta shartnomala-
ri, moliyaviy holati va sug‘urta badali stavkalari haqidagi
ma’lumotlarga ega bo‘ladi. 2004-yil holatiga ko‘ra,
Buyuk
Britaniyada 1000 dan ortiq sug‘urta brokerlari ro‘yxatga olingan.
Brokerlar nisbatan, aviatsiya, dengiz va avtomobil sug‘urtalarida
faol ishtirok etadilar. Ularning asosiy vazifasi sug‘urta kompaniyasi
va sug‘urtalanuvchi o‘rtasida vositachilik qilish va bu xizmati
uchun sug‘urtalovchilardan komissiya haqini olishdir. 2000-yil
boshlarida, Buyuk Britaniyada sug‘urta brokerlari asosiy faoliyat
yuzasidan 8,0 mlrd dollardan ortiq komissiya haqi olishgan. Bu
raqam ham sug‘urta brokerlarining
nufuzi nihoyatda baland
ekanligidan dalolat beradi. Hozirgi paytda faoliyat ko‘rsatayot-
gan eng yirik brokerlar qatoriga «Seyjvik grup», «Villis Faber» va
«Aleksandr Xauden grup»lar kiradi.
Dostları ilə paylaş: