1 8 6
Buyuk Britaniya sug‘urta tizimida brokerlar muhim ahamiyat
kasb
etishini hisobga olib, 1977-yilda
mamlakat parlamenti
«Sug‘urta brokerlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida» Qonun qabul
qilgan. Ushbu qonunga muvofiq, sug‘urta operatsiyalarini amalga
oshirishda vositachi hisoblangan barcha sug‘urta brokerlari
majburiy tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tishi shart. Ularni ro‘yxatga
olishni hukumat tomonidan tayinlanadigan 12 ta broker va 5 ta
a’zodan iborat Kengash amalga oshiradi.
Kengashning asosiy
vazifasi sug‘urta bozorida qatnashayotgan barcha sug‘urta bro-
kerlarining faoliyatini nazorat qilishdan iborat. Bu nazoratning
maqsadi sug‘urta bozorida faqat
sohani yaxshi tushunadigan
yuksak malakali mutaxassislar ishlashiga qaratilgan.
Mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha sug‘urta brokerla-
ri o‘zlarining professional uyushmalariga birlashgan. Sug‘urta
brokerlari uyushmasiga a’zo bo‘lgan brokerlar jami brokerlik
operatsiyalarining 95 foizini amalga oshirmoqda. Uyushma o‘z
a’zolarining manfaatlarini hukumat va sug‘urta kompaniyalari
oldida himoya qiladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar:
1. Buyuk Britaniyada sug‘urta tizimi rivojlanishining asosiy sabablari
nimada?
2. Nima uchun Buyuk Britaniya sug‘urta kompaniyalarini «moliyaviy
vositachilar» deb atashadi?
3. Hayotni sug‘urta qilish va umumiy sug‘urta turlarini qaysi jihatlariga
ko‘ra farqlash mumkin?
4. Buyuk Britaniya sug‘urta bozorida nechta chet el kompaniyasi mavjud?
5. Buyuk Britaniya sug‘urta kompaniyalarining xalqaro bozorlardagi mavqei
qanday va unga ta’sir etuvchi omillarni ko‘rsating?
6. Sug‘urta kompaniyalarining investitsiya faoliyati haqida nimalarni bilasiz?
7. Buyuk Britaniya sug‘urta kompaniyalari qaysi sug‘urta operatsiyalarini
amalga oshiradi?
8. Sug‘urta operatsiyalarini turkumlash mezonlari.
9. Buyuk Britaniyada sug‘urta kompaniyalarini davlat tomonidan nazorat
qilishning o‘ziga xos xususiyatlari nimada?
10. Buyuk Britaniya savdo-sanoat Departamentining asosiy funksiyasi nima?
11. Buyuk Britaniyada sug‘urta kompaniyalarini litsenziyalash tartibi?
12. «Lloyd» sug‘urta korporatsiyasining Buyuk Britaniya sug‘urta bozorida
tutgan o‘rni va ahamiyatini yoritib bering.