Amerika Qo‘shma
Shtatlarida sug‘urta
faoliyatini davlat
tomonidan tartibga
solish
1 8 9
qay darajada rivojlanmasin, baribir, sug‘urta kompaniyalari milli-
onlab mijozlari oldida olgan majburiyatlarini halol va vijdonan ba-
jarishlari uchun mas’uliyatga egadirlar.
Shunisi diqqatga sazovorki, AQSHda sug‘urta kompaniyalari
faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish markazlashgan shaklda
yagona Federal boshqaruv organi tomonidan nazorat qilinmasdan,
balki shtat darajasida nazorat qilinadi. Har bir shtatda sug‘urta
operatsiyalarini nazorat qilish bo‘yicha maxsus bo‘limlar mavjud
bo‘lib, ular superintendant yoki komissarlar tomonidan
boshqariladi. Bu shaxslar shtat gubernatorlari tomonidan
tayinlanadi, va odatda, rahbarlik muddati gubernatorlar saylov
muddatiga teng. Ayrim shtatlarda sug‘urta operatsiyalari hajmining
nihoyatda kattaligi maxsus bo‘limda yetarli miqdorda xodimlar
ishlashini talab etadi. Ammo, shunday bo‘lishiga qaramasdan,
bu nazorat bo‘limlari doimo malakali mutaxassislar va zarur
darajadagi mablag‘lar yetishmasligidan aziyat chekishadi. Shunisi
ajablanarliki, har bir shtatda sug‘urta kompaniyalarini nazorat
qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi bir-biridan farq qiladi.
Sug‘urta operatsiyalarini nazorat qilish bo‘limining asosiy
funksiyasi mazkur shtatda ro‘yxatdan o‘tgan barcha sug‘urta
kompaniyalarining to‘lov qobiliyati va amalga oshirilgan sug‘urta
operatsiyalari ustidan muntazam nazorat o‘rnatishdan iborat. Faqat
bugina emas. Sug‘urta operatsiyalarini nazorat qilish maxsus bo‘limi,
amalda har bir sug‘urtalovchining moliyaviy ahvolini kuzatib boradi
va yillik hisobotlarni tahlil etadi. AQSHdagi har bir shtat o‘z hudu-
dida faoliyat ko‘rsatayotgan hamma sug‘urta kompaniyalari uchun
muayyan talablar va cheklovlar qo‘yishda mutlaqo erkindir.
Har bir shtatda sug‘urta faoliyatini tartibga solish yuzasidan
alohida qonun-qoidalarning mavjudligi bu yo‘nalishda ma’lum
bir qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Xususan, Arkanzas
shtatida ro‘yxatdan o‘tgan sug‘urta kompaniyasi o‘z polisini Texas
shtatida sotsa, demak, u mazkur shtatning sug‘urta faoliyatini
amalga oshirishga doir qonun hujjatlari talablariga javob berishi
zarur. Bu esa, o‘z-o‘zidan ortiqcha rasmiyatchilikni va hujjatlarni
to‘ldirishni vujudga keltiradi. Mana shunga o‘xshash masalalarni
hal etish va sug‘urta sohasini Federal darajada o‘zaro muvofiqlash-
tirib borish maqsadida, barcha shtatlarning sug‘urta operatsiya-
larini nazorat qilish maxsus bo‘limlari bo‘lim boshliqlarining
ko‘ngilli Milliy assotsiatsiyasiga birlashdilar. Assotsiatsiyaning
1 9 0
majlislari bir yilda 2—4 marta bo‘lib o‘tsa-da, afsuski, uning qabul
qilgan qarorlari shtatdagi qonun chiqaruvchi organlar uchun
tavsiyaviy xarakterga ega.
Ajablanarli tomoni shundaki, sug‘urta kompaniyalarining o‘zi emas,
balki ular faoliyatining ayrim tomonlari Federal hukumat tomonidan
nazorat qilinadi. Masalan, sug‘urta kompaniyalarining qimmatli
qog‘ozlar oldi-sotdisi bilan bog‘liq operatsiyalari qimmatli qog‘ozlar
savdosi bo‘yicha Komissiya o‘rnatgan talablarga javob berishi zarur.
Birinchi navbatda, sug‘urtalanuvchining manfaatini himoya
qiladi. Yevropada amalda bo‘lgan tartibdan farqli o‘laroq, Amerika
Qo‘shma Shtatlarida sug‘urta kompaniyasi rahbarlari uchun
ularning malakasi, ish tajribasiga talablar qo‘yilmaydi. Aksincha,
amalga oshirilgan sug‘urta operatsiyalari bo‘yicha qat’iy hisobot
talab etiladi.
Har bir shtatda depozit va kafolat fondlari mavjudki, bu fondlar
sug‘urta kompaniyalari bankrot deb e’lon qilingan taqdirda,
olingan majburiyatlarni bajarish uchun ishlatiladi. Kafolat fondiga
ajratilayotgan mablag‘lar miqdori sug‘urta kompaniyasining
aktiviga nisbatan 2—5 foizni tashkil etadi. Mabodo, sug‘urta
kompaniyasi bankrot deb e’lon qilinsa, bu holda sug‘urta nazorati
qanday chora-tadbirlarni amalga oshiradi degan o‘rinli savol
tug‘ilishi mumkin.
Dastlab, shtatdagi sug‘urta operatsiyalarini nazorat qiluvchi
maxsus bo‘lim, bankrot deb e’lon qilingan kompaniyaning jami
qarzlarini baholaydi. Shundan so‘ng, bankrot bo‘lgan
kompaniyaning mijozlarini qabul qilib olgan boshqa kompaniya
kafolat fondidan tegishli mablag‘lar oladi. Ayrim shtatlarda,
sug‘urta kompaniyalarining shtat budjetiga to‘laydigan ajratmalar
miqdori kafolat fondidan olinadigan mablag‘lar summasiga
kamayishi ham mumkin.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Amerika Qo‘shma
Shtatlarida sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan nazorat etish
o‘ziga xos xarakterga ega. Har bir shtatda sug‘urta faoliyatini
nazorat qilishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari aytarli bir-biridan
farq qiladi. Ammo, har qanday sharoitda sug‘urta operatsiyalarini
nazorat qiluvchi maxsus bo‘limlarning asosiy vazifasi
sug‘urtalanuvchilarning to‘la manfaatini himoya qilishga qaratil-
gan. Eng asosiy gap ham mana shundadir.
1 9 1
Amerika Qo‘shma Shtatlarida faoliyat
ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyalarini
uchta yirik guruhga bo‘lish mumkin:
— hayotni sug‘urta qilishga ixtisos-
lashgan kompaniyalar;
— umumiy sug‘urta operatsiyalarini (hayotni sug‘urta qilish-
dan tashqari) amalga oshiruvchi kompaniyalar;
— o‘zaro sug‘urtalash jamiyatlari.
Hayotni sug‘urtalashga ixtisoslashgan Amerikaning eng yirik
kompaniyalarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular bugungi
kunda ko‘p ming sonli Pensiya fondlariga tegishli yuz milliardlab
mablag‘larni boshqaradilar. Ayrim kompaniyalar aktivining 30—
40 foizini, aynan Pensiya fondlariga tegishli mablag‘lar tashkil
etadi. Bunda sug‘urta monopoliyalarining asosiy vazifasi Pensiya
fondlari tomonidan ishonchli boshqaruvga topshirilgan
mablag‘larni oqilona investitsion siyosat yuritish orqali ko‘pay-
tirishdan va ishonchli saqlashdan iborat. Sug‘urta kompaniyalari
bunday xizmatlari uchun Pensiya fondlaridan tegishli vositachi-
lik haqini oladilar. Bu xizmat haqi sug‘urta kompaniyalariga
millionlab daromad keltiradi. Ammo, bu asosiysi emas. Gap
shundaki, sug‘urta kompaniyalari ixtiyoridagi katta miqdordagi
investitsion resurslar, ularning sanoat korxonalari ustidan nazorat
o‘rnatishlari uchun imkoniyat yaratadi. Statistik ma’lumotlarga
qaraganda, Amerikaning eng yirik 100 ta sanoat korporat-
siyalaridan 27 tasida sug‘urta kompaniyalarining vakillari
Direktorlar kengashini boshqargan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha
sug‘urta kompaniyalari faqat tijorat banklari va investitsiya
kompaniyalaridan keyingi o‘rinda turadi.
Umumiy sug‘urta operatsiyalarini amalga oshiruvchi kompa-
niyalar, aytarli barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha hayotni sug‘urta-
lashga ixtisoslashgan kompaniyalardan keyin turadi. Ammo yig‘ib
olinadigan sug‘urta mukofotlari miqdori va aktivining o‘sishi
bo‘yicha umumiy sug‘urta operatsiyalarini amalga oshiruvchi
kompaniyalar biroz ilgari harakat qilishmoqda. Buning asosiy
sababi shundaki, keyingi yillarda bu sug‘urta turlariga bo‘lgan
talab sezilarli ravishda kuchaydi.
Mazkur toifaga mansub sug‘urtalovchilar mijozlar sonini
oshirish maqsadida muntazam yangi sug‘urta xizmatlarini taklif
etmoqdalar. Jumladan, advokatlarning, shifokorlarning va
Dostları ilə paylaş: |