O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi X. S h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V sug‘urta ishi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə98/123
tarix16.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#182970
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   123
X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V-fayllar.org

Amerika Qo‘shma
Shtatlaridagi yirik
sug‘urta kompaniyala-
riga umumiy
tavsifnoma


1 9 2
me’morlarning uchinchi shaxsga zarar keltirish bo‘yicha kasbiy


javobgarligini sug‘urta qilish yuqoridagi fikrimizning yaqqol
isbotidir. Hozirgi paytda, birgina «San Paul kompani» sug‘urta
kompaniyasida 65 mingdan ortiq shifokor o‘z javobgarligini
sug‘urta qilishgan. Ushbu sug‘urta turi bo‘yicha to‘plangan
sug‘urta mukofotlari miqdori yalpi tushumlarning 15 foiziga
yaqinini tashkil etmoqda.
Amerika Qo‘shma Shtatlarining sug‘urta tizimida «M’yuchuels»
deb ataluvchi o‘zaro sug‘urtalash jamiyatlari o‘ziga xos o‘rinni
egallaydi. Agar aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasining egalari
aksiyadorlar bo‘lsa, «M’yuchuels» tipidagi o‘zaro sug‘urtalash
jamiyatining egalari — bu shu jamiyatda o‘z hayoti yoki mol-
mulkini yoxud javobgarligini sug‘urta qilgan jismoniy va yuridik
shaxslardir. Bunday sug‘urta jamiyatlarining butun pul mablag‘lari
sug‘urta mukofotlari va foydadan ajratmalar hisobidan shakllanadi.
Shuning uchun sug‘urta mukofoti bir vaqtning o‘zida sug‘urtala-
nuvchining jamiyatga kirish hissasi bo‘lib ham xizmat qiladi.
Sug‘urtalanuvchi o‘zaro sug‘urtalash jamiyatidan sug‘urta polisi-
ni sotib olar ekan, u nafaqat sug‘urta qoplamasini olishga
da’vogarlik qiladi, balki sug‘urtalovchi faoliyatining natijalari
bo‘yicha olingan foydaning bir qismini olishga ham haqlidir.
Dastlabki, «M’yuchuels» tipidagi sug‘urta jamiyatlari aksiya-
dorlik sug‘urta kompaniyalariga qarama-qarshi ravishda tashkil
etildiki, bunda sug‘urtalovchi nafaqat sug‘urtani daromad olishning
bir manbayi sifatida qarashi, balki o‘zining hissadorlarini eng qulay
sharoitlarda sug‘urtalashi zarur edi.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda 2000 dan ortiq o‘zaro
sug‘urta qilish jamiyatlari faoliyat ko‘rsatishmoqdaki, bu
ko‘rsatkich Buyuk Britaniya, Fransiya va Daniyada 100 tadan
ortiqni tashkil etadi. Bu shakldagi sug‘urta jamiyatlarining umumiy
daromadi AQSHda 482,1 mlrd dollarni tashkil etadi. Bu boshqa
davlatlarning ko‘rsatkichlaridan juda ko‘pdir. Shu yerda ta’kidlash
zarurki, Yaponiyada bor-yo‘g‘i 20 ta o‘zaro sug‘urtalash jamiyati
mavjud bo‘lishiga qaramasdan, ular tomonidan to‘plangan sug‘urta
mukofotlari 278,3 mlrd dollarni tashkil etgan.
Amerika sug‘urta tizimida sug‘urta brokerlari o‘z mavqelariga
ko‘ra muhim ahamiyatga ega. Ko‘p sug‘urta shartnomalari amalda
sug‘urtalovchi bilan sug‘urtalanuvchi o‘rtasida bevosita
tuzilmasdan, balki brokerlar vositasida tuziladi. Jumladan,


1 9 3
Amerikaning eng yirik kompaniyalaridan biri — «Prudenshial»


22 mingga yaqin agentlarning xizmatidan foydalanadi.
Yuqorida qayd etganimizdek, Amerika Qo‘shma Shtatlarida
sug‘urta biznesi rivojlanishining asosiy yo‘nalishlaridan biri, uning
yanada baynalmilallashuvidir. Chet eldagi bo‘lim va vakolatxonalar
soni bo‘yicha AQSH bugungi kunda dunyoda ikkinchi o‘rinni
egallab turibdi. Amerika sug‘urta kompaniyalarining xalqaro
miqyosda faol ishtirok etishlarining asosiy sababi shundaki,
Amerika transnatsional korporatsiyalari jahon bozorida tobora
kuchli pozitsiyalarni egallashmoqda. Bu korporatsiyalarga qarashli
mol-mulklar va boshqa manfaatlarni sug‘urtaviy himoya qilish
shubhasiz, uning tarkibiga kiruvchi sug‘urta kompaniyalari to-
monidan amalga oshiriladi. Amerikaning mashhur «ITT» kon-
serni, o‘z sug‘urta operatsiyalarini jahonning 80 mamlakatida
amalga oshirayotgan 25 sug‘urta kompaniyalarini nazorat qiladi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari sug‘urta tarmog‘idagi eng yirik
kompaniyalardan biri — bu «SIGNA» sug‘urta korporatsiyasidir.
Bu korporatsiya 1982-yilda «Konnektiut djeneral korp» va «INA
korp» kompaniyalari negizida tashkil etilgan bo‘lib, uning shtab-
kvartirasi Filadelfiyada joylashgan. U amalga oshiradigan asosiy
sug‘urta operatsiyalari mol-mulkni va javobgarlikni sug‘urtalashdir.
«SIGNA» sug‘urta korporatsiyasining vakolatxonalari jahonning
160 dan ortiq mamlakatida faoliyat ko‘rsatyapti. Uning chet el-
dagi filiallari, asosan, shaxsiy sug‘urta va mol-mulk sug‘urtasi
bilan shug‘ullanadi. 1995-yilda korporatsiya bo‘yicha kelib tushgan
sug‘urta mukofotlarining sal kam 10,0 foizi chet eldagi filiallar
hisobiga to‘g‘ri kelgan.
Qo‘shma Shtatlarning eng yetakchi kompaniyalari haqida
to‘xtalar ekanmiz, «Amerikan International Group (AIG)»
sug‘urta guruhining ichki va tashqi bozordagi faoliyati alohida
tahsinga sazovordir. Guruh asosan savdo va sanoat tarmoqlari
tavakkalchiliklarini sug‘urtalashga ixtisoslashgan. «AIG» o‘zining
dastlabki operatsiyalarini 1919-yilda Shanxayda boshlagan bo‘lib,
keyinchalik shtab-kvartirasi Nyu-Yorkka ko‘chirilgan. Bugungi
kunda guruhning vakolatxonalari va filiallari yer yuzining 140
mamlakatida mavjud. «AIG»ning bir yillik sug‘urta operatsiyalari
hajmi qariyb 10,0 mlrd dollardan ortiq.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, 1990-yil boshida sohada
raqobatning keskinlashuvi 1993-yilga kelib hayotni sug‘urta
13 — Sug‘urta ishi


1 9 4
qilishga ixtisoslashgan 105 ta va umumiy sug‘urta operatsiyalarini


amalga oshiruvchi 74 kompaniyaning bankrot bo‘lishiga olib keldi.
Sug‘urta faoliyatini nazorat qiluvchi hukumat organlari buning
oldini olish maqsadida sug‘urta kompaniyalarining mavjud
kapitallariga bo‘lgan eng kam talabni yanada kuchaytirdi. 1993-
yildan boshlab, bu talab 2—3 mln dollar atrofida belgilandi.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin