PZR hamda Real time PCR ob’ektlarini tayyorlash xududida reksion probalarni tayyorlash jarayoni o‘tkaziladi. Buning uchun:
PZR hamda Real time PCR ob’ektlarini tayyorlash jarayonida tutash kirlanishni oldini olish maqsadida bir martalik maxsus kiyim, tibbiy niqob, rezina qo‘lqop, qo‘zoynak, oyoq kiyimga baxil kiyish, laminar shkaf ichini va samplerlarni maxsus reagentlar bilan artish, filtrli nakonechniklardan ishlatish. Kirlanish yuzaga kelganda ularni chiqindiga tashlab yuborish;
Reaksion eritma kompanentlarini sentrifugalab probirka tubiga tushirib olish va mikroprobirkalarga taqsimlab chiqish jarayonida samplerlardan eritmani purkab ketishini oldini olish;
Manfiy probali mikroprobirkani tayrlab olib uni markirovkalash;
Master miksli probirkalarni markirovkash, o‘chirilib ketishini oldini olish va oxirgi etapda DNK probalarini kiritish;
PZR uchun tayyor mikroprobirkalarni sentrifugalab, so‘ng amplifikatorga terib chiqish.
PZR o‘tkazish (toza) xududida amplifikatsiya jarayoni o‘tkaziladi.
PZR mahsulotlari xavoda uchuvchan bo‘lganligi sababli, ularni jarayon tugagandan so‘ng ochmasdan turib keyingi jarayon o‘tkaziladigan xududga o‘tkazilishi lozim.
Fragment va sikvens taxlil o‘tkazish xududida maxsus laminar shkaflarda genetik taxlil uchun PZR maxsulotlari plashkalarga taqsimlab chiqilib, amplifikatorda DNK denaturatsiya jarayoni o‘tkaziladi.Buning uchun:
Fragment va sikvens taxlil ob’ektlarini tayyorlash jarayonida tutash kirlanishni oldini olish maqsadida bir martalik maxsus kiyim, tibbiy niqob, rezina qo‘lqop, oyoq kiyimga baxil kiyish, laminar shkaf ichini va samplerlarni maxsus reagentlar bilan artish, filtrli nakonechniklardan ishlatish. Kirlanish yuzaga kelganda ularni chiqindiga tashlab yuborish;
Genotipni aniqlash to‘plami tashqi standarti “ledder” eritmasini jarayon so‘ngida plashkaga tomizish.
Yuqoridagilarga qo‘shimcha qilib, DNK laboratoriyasida tashkil etish masalalari bilan birgalikda “tozalikni ta’minlash bo‘yicha jaryoni”ni puxta ishlab chiqish lozim bo‘ladi. Tozalikni ta’minlashda laboratoriya ekspertlari, laboranti va tozalikka javob beruvchi xodimlar o‘rtasida ish taqsimlangan bo‘lib, kundalik, xaftalik va oylik tozalikni nazorat etish rejasini tuzilib, maxsus jurnalda qayd etib yurish kerak bo‘ladi.