O’simliklar geografiyasi fanidan o’quv – uslubiy majmua


Edafik omilning o’simlik hayotidagi roli



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə10/119
tarix07.01.2024
ölçüsü0,61 Mb.
#205479
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   119
O’simliklar geografiyasi fanidan o’quv – uslubiy majmua

Edafik omilning o’simlik hayotidagi roli
O’simliklar hayotida har xil iqlim omillari bilan bir qatorda tuproq sharoiti ham muhim rol o’ynaydi. Edafik omil "Edafos" — grekcha tuproq omilini bildiradi.
Tuproq organizmlarining suv muhitidan quruqlikka chiqishida normal sharoit yaratib bergan muhit hisoblanadi. Edafik omil boshqa ekologik omillardan o’zining xarakterli tomonlari bilan ajralib turadi. Birinchidan, iqlim omillaridan farq qilib, u organizmlarga faqat ta’sir qilib qolmasdan, ko’pgina mikroblar, o’simliklar va hayvonlar uchun yashash muhiti yaratuvchi omil bo’lib xizmat qiladi. Ikkinchidan, u tog’ jinslari, iqlim, organik dunyo bilan kishilik jamiyati orasida bir —biriga ta’sir qiluvchi dinamik mahsulot hamdir.
Uchinchidan, edafik omilning o’ziga xos xarakteri shundaki, u abiotik va biotik omillar chegarasida turadi. Shuning uchun uni tuproqshunoslar biokos modda deyishadi.
Tuproq omili turli joylarda turlicha bo’lib, u doimo o’zgarib turadi. U V. Dokuchaev aniqlagan qonuniyatlar asosida keng geografik masshtabda mintaqalar o’zgarishiga xos o’zgaradi.
Tuproqlar 3 fazali tuzilishi bilan o’zaro farqlanadi, chunki u qattiq, jinslar, suv va havo fazalaridan iborat. Ekologik nuqtai nazardan, unda quyidagi elementlarni ajartish kerak—uning mineral va organik qismi, suvli eritmasi, tuproq havosi, mikroorganizmlar, o’simliklar va hayvonlar.
Uning organik qismi — o’simlik va hayvonlar qoldiqlaridan hosil bo’ladi. Organik moddalarning miqdori uning hosildorligini belgilaydi. Tuproqda juda ko’p miqdorda mikroorganizmlar mavjud. Masalan, 1 g hosildor tuproqda 2 milliardga yaqin bakteriya, bir necha million aktinomitsetlar va zamburug’lar, yuzlab boshqa mikroorganizmlar, hamda yashil suv o’tlari bor.
Tuproqdagi xlorofilsiz organizmlarning roli ham katta, ular organik va anorganik moddalarni o’simliklar uchun o’zlashtiraldigan holatga keltiradi.
Tuproq ba’zi umurtqali hayvonlar uchun yashash muhiti bo’lib xizmat qiladi. Unda suv va qurg’oqda yashovchi, sudralib yuruvchilar, hamda ko’pgina qushlar yashaydi.
Tuproq ekologik omili o’simliklar uchun ham muhimdir.
Birinchidan, u tayanch vositasi hisoblanadi, ikkinchidan o’simliklar tuproqdan suv va unda erigan mineral tuzlarni o’zlashtiradi. O’simlikka tuproqning mexanik va kimyoviy tarkibi, hamda mikroflorasi juda katta ta’sir ko’rsatadi.
Tuproqning mexanik tarkibi har xil bo’lib, u qumlik tuproq, loy tuproq, qumloq, tuproq va hokazolarga bo’linadi.
Tuproqdagi o’simlik uchun muhim bo’lgan kimyoviy elementlarga quyidagilar kiradi: azot, fosfor, kaliy, magniy, oltingugurt, temir hamda bir qator mikroelementlar- mis, bor, sink, molibden va boshqalar. Bu elementlarning modda almashinuvida roli katta va biri ikkinchisining o’rnini bosa olmaydi. Ozuqa zapasiga boy bo’lgan tuproqlarda eutrof o’simliklar uchraydi. Ozuqaga kam bo’lgan tuproqlarda oligatrof o’simliklar uchraydi. O’rtacha ozuqali tuproqlarda mezotrof turlar uchraydi.
Sayyoramizning 25% yerlari har xil miqdorda sho’rlangan. O’simlik uchun eng zararlisi bu oson eriydigan tuzlar — osh tuzi, magniy xlorid. CaSO4, MgSO4, CaCO3 bular nisbatan zararsizroq, chunki ular qiyin eruvchi tuzlar.
Tuproq tarkibida ko’p miqdorda tuzlar uchrasa, o’simlikning osmotik bosimi ko’tarilib uning suv bilan ta’minlanishi buziladi va u zaxarlanadi.
Kuchli sho’rlanish oqsil moddalari sintezlanishini sekinlashtiradi, o’sish jarayonini susaytiradi, tuproq mikroorganizmlarining o’lishiga ham olib keladi, Nam havoli iqlim sharoitidagi tuproqlarning doimo yomg’ir suvlari bilan yuvilishi natijasida ularda tuzlar to’planmaydi. Ularning suv va tuz rejimi boshqacha bo’ladi.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin