Harorat ekologik omili. Harorat asosiy iqlim omillaridan biri bo’lib, bu hayotiy jarayonlar unga bog’liq. Harorat organizmlarga bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatadi. U, o’simliklar va hayvonlar ta’sirida o’zrapib turadi. Masalan, o’rmonlar ta’sirida muhit harorati pasayadi. Asalarilar o’z uyasida harorat 13°S gacha pasayganda, muskullari harakati kuchayishi natijasida uya haroratini 20 —30°S gacha ko’taradi. Hayvonlar o’z inlarida ham ma’lum haroratni saqlaydilar.
Harorat hayvon va o’simliklar hayotida bu ekologik omil modda almashinish tezligi, fotosintez, transpiratsiya va boshqa bioximik va fiziologik jarayonlar hamda ekologik hulqatvor reaktsiyalariga ta’sir qiladi.
Sayyoramizda organizmlar katta harorat diapazonida yashaydi. Ko’p turlar uchun 20 —30°S ekologik optimum hisoblanadi. Ko’pchilik gidrobiontlar esa 35°S dan baland haroratda yashay olmaydi. quruqlikda yashovchi issiqsevar organizmlar 50°S haroratga ham chidamlidirlar.
Qisqichbaqalarning bir turi 45—48°S da yashaydi va suv harorati 30°S ga tushganda esa o’lib qoladi. Mollyuskalarning ayrim turlari 60°S gacha haroratga chiday oladi. Bakteriyalarning ayrim turlari 70—90°S haroratli manbalarda uchraydi, sporalari esa 120— 140°S gacha chidaydi. Bu hayotning eng baland harorat chegarasi hisoblanadi.
Organizmlarning past temperaturaga chidamliligi quyidagicha. Ko’pchilik hayvonlar 5°S harorat tushgunicha chidaydi, eng tuban harorat 0°S hisoblanadi. Dengizdagi sovuqqa chidamli hayvonlar esa — 3,3°S ga, hasharotlar — 20 — 45 °S ga chidaydi.
Yoqutiston sharoitida o’simliklar — 68°S ga ham chidaydi Urug’ va sporalar esa — 190 —273°S chidaydi. Keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki organizmlar turli harorat diapazoniga ega va ular turli yo’llar bilan tuban haroratga moslashadi.
Yer yuzida 5 ta issiqlik zonalari bor. Ular ekvator, tropik, subtropik, o’rta va qutbiy iqlimlardir.
Ekologiyada atrof muhitning issiqlik holati harorat orqali ifodalanadi, buning uchun 100°S shkalasi ishlatiladi. Geografik rayonlarning issiqlik bilan ta’minlanishi, umumiy iqlim ko’rsatkichlari bilan belgilanadi. Ular joyning o’rtacha yillik harorati, absolyut maksimum va absolyut minimum, eng issiq va eng sovuq oylarning o’rtacha temperaturalaridir.
Temperaturaning keng diapozoniga chidamli turlar — evriterm turlar, temperaturaning tor diapazoniga chidamli turlar stenoterm turlar deyiladi.
Harorat o’simlik va hayvonotning zonal tarqalishni belgilovchi omil bo’lib xizmat qiladi. Xarakterli tabiat zonlari biom deyiladi. Biomlarning tarqalishi geografik va vertikal zonalar bo’yicha tarqalish printsipiga bo’ysinadi. Geografik zonalar: tundra, o’rmon, dasht, yarim cho’l, cho’l. Vertikal zonalar: cho’l, adir, tog’, yaylov.
Harorat — organizmlar hayotining turli tomonlariga ta’sir qiluvchi omil. U organizmlar tomonidan qabul qilinayotgan ovqat miqdori, ovqatlanish vaqti, organizmlarning hosildorligi — yetilish darajasiga ta’sir etadi, tez rivojlanishiga yordam beradi yoki halaqit beradi, past haroratda esa buning aksi bo’lganida.
Rivojlanish tezligini aniqlashda musbat temperaturalar yig’indisi muhim omil hisoblanadi, O’rtacha temperatura ma’lum bo’lgan holda organizmlarning yetilish vaqtining ko’payishini va hayotning uzoqligini aniqlashga imkon beradi. Noqulay harorat organizmlarda rivojlanishning to’xtab qolishiga —diapauzga olib kelishi mumkin. O’zgarib turuvchi harorat o’sishni tezlashtiradi, yarovizatsiya, tun va kun haroratlari buning isbotidir.
Effektiv temperaturani aniqlash qishloq xo’jalik amaliyotida, zarakunandalar bilan kurash olib borilganida, yangi turlarning introduktsiyasida katta ahamiyatga ega.
O’simliklarda issiqlikdan saqlanishi uchun, quyidagi moslashuvlar bor: issiqlikni qaytarish uchun anatom — morfologik moslashuv, bu shundan iboratki o’simliklarning tukchalar bilan qoplanishi ularga oqish rang berib, issiqlik taftini qaytarish rolini o’ynaydi.
Barglarning yaltirashi, ularning vertikal va meridional shaklda joylashishi. g’allasimon o’simliklarda barglarning o’ralishi, barglar sathining qisqarishi. Bu moslashishlarning hammasi, ham issiqlikka, ham suv bug’latishni qisqartirishga qaratilgan kompleks moslashishdir.
Fiziologik moslashuv. Bargning isib ketishiga qarshi fiziologik moslashuv bu —kuchli transpiratsiya, organik kislotalar hosil qilish. Aleksandrov (1975) bo’yicha, issiqlikka chidamlilik bu oqsil molekulalarining chidamliligidir.
Fiziologik moslashuvlardan yana biri bu tuban o’simliklardagi anabioz holatiga o’tishdir.
O’simliklar jamoasida salqin joylarni egallash.
Bahorda, salqin fasldan foydalanib issiqda uyquga ketish — efemerlar, efemeroidlar.