Reja: 1.O’simliklarning hayot shakllariga ajratishdagi tamoyillar
2.Hayot shakllari tushunchasi
3.Raunker va Serebryakovlarning o’simliklar hayot shakllari tasniflari
Tayanch so’z va iboralar: Fanerofitlar Xamefitlar Kriptofitlar Terofitlar Daraxtlar Butalar Chalabutalar va chalabutachalar O’tsimon polikarplar O’tsimon monokarplar
Uzoq taraqqiyot bosqichi davomida o’simliklar hayotiga ta’sir qilgan bir necha ekologik faktorlar ta’sirida hozirgi kenda mavjud bo’lgan o’simliklar shu faktorlarga moslashib borgan. Bunday moslanishlar A.Gumbold, Krasnov, Raunker, Pachoskiy. Braun-Blanke, Lyundergard, Keller, Serebryakov kabi olimlar tomonidan o’rganilgan.
I.G.Serebryakov gulli o’simliklarning hayot formalariga doir quyidagi klassifikatsiyani tavsiya qilgan va bu klassifikatsiyaga o’simliklarning yashash muddati va tashqi ko’rinishini asos qilib olgan:
Hayot formasi tushunchasi ko’pincha o’simliklar shakllarining umumiy ekologik sharoitlar ta’sirida o’zgarishi bilan bog’liq holda o’rganiladi.
Daniyalik botanik Raunker barcha o’simliklarni quyidagi 5 ta guruhga bo’lib ko’rsatadi
1.Fanerofitlar (Ph)- “faneros” yunoncha yaqqol ko’rinib turuvchi degan ma’noni bildiradi. Asosan, daraxt va butalardan tashkil topgan bo’lib, ularning kurtaklari yerdan ancha baland (yuqori) da joylashgan. Yilning ob-havo sharoiti noqulay bo’lgan paytlarida barglari to’kiladi, shox-shabbalari esa tinim davrini o’taydi.
2. Xamefitlar (Ch)- “xame”-past, yer bag’irlovchi ma’nosini beradi. Kurtaklari yerdan uncha yuqorida joylashmagan chala buta va butachalarni o’z ichiga oladi. Qishda bunday kurtaklar qor ustida va ostida qishlaydi. Masalan, chernika, brusnika va shunga o’xshash shimolda o’sadigan ko’pchilik o’simliklar shu guruhga kiradi.
3. Gemikriptofitlar (HK)- “gemi”- yarim, “Kriptos”-yashirin degan ma’noni bildiradi. Bular ko’p yillik o’tsimon o’simliklar hisoblanadi. Kurtaklari yer satxi bilan baravar joylashadi. To’kilgan barg va qurigan novdalar bilan himoyalangan bo’ladi. Yer ustki massasi qishda qurib qoladi (beda, yantoq, qo’ng’irbosh).