O’simliklar geografiyasi fanidan o’quv – uslubiy majmua



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə3/119
tarix07.01.2024
ölçüsü0,61 Mb.
#205479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
O’simliklar geografiyasi fanidan o’quv – uslubiy majmua

A. A. Korchagin taklifiga ko‘ra o‘simliklar jamoasida yuz beradigan o‘zaro munosabatlar quyidagi toifalarga bo‘linadi. 1. To‘g‘ridan to‘g‘ri va bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi munosabatlar. Bunga parazitlik, epifitlik, simbiozlik, fiziologik, biokimiyoviy va maxanik munosabatlar kiradi. 2. Vositali munosabatlar. Bunga muhit hosil qiluvchi va raqobatlik qiluvchi munosabatlar kiradi. 3. Fitosenozlarni taqqoslashda har bir jamoaning turlar tarkibi, yarusligi, davriyligi, yashash joyi kabi xususiyatlari hisobga olinadi. Turlar tarkibi o‘rganilganda har bir to‘rning va hukmron (daminant) to‘rning yer yuzini qoplash darajasiga alohida e’tibor beriladi. Bunda ma’lum kattalikdagi (1,10 yoki 100 m2) maydonda uchraydigan o‘simliklar o‘rganilganda ular soni aniqlanadi va ro‘yxatga olinadi. Ma’lum maydondagi har bir tur soni va barcha turga mansub o‘simlikning biomassasi aniqlanadi. Eng ko‘p biomassaga ega bo‘lgan tur dominant, (edifikator) qolgan turlar subdominant turlar hisoblanadi.
Professor V. V. Alexin fikricha Kursk viloyatidagi dasht zonasida 1m2 maydonda 1939 ta o‘simlik bo‘lib, ular 77 turga mansubligi aniqlangan. O‘simlik jamoasida-fitosenozlarda uchraydigan turlar bir biriga nisbatan turli baland pastlikda joylashadi, bunday joylashishga yaruslik yoki qavatlilik deyiladi. Yaruslar uni hosil qiluvchi o‘simliklarga bog‘liq ravishda bir necha qavatda joylashishi mumkin. Masalan o‘rmon zonasida o‘suvchi o‘simliklar quyidagi 5 ta yarusni hosil qiladi. 1- yarus daraxt, 2 –yarus bo‘ta, 3- yarus o‘t o‘simliklari, 4 -yarus moxlar, 5- yarus lishayniklar, suv o‘tlari zamburug‘lar bakteriyalar. Yarusni hosil bo‘lishi tuproq sharoitiga bog‘liq, nam yetarli bo‘lgan yerlarda ko‘proq yarus hosil bo‘ladi. Eng ko‘p yaruslik tropik zonada uchraydi. Yaruslik yer usti va yer osti yarusligini hosil qiladi. O‘tloq zonasining yer osti yaruslarida yer yuziga yaqin joylarda bir yillik o‘t o‘simliklar, 2 - yarusda o‘q ildiz hosil qiluvchi dukkakli, murakkabgulli, labguldoshlar ildizi joylashsa 3 - yarusda g‘alla guldoshlar oilasi vakillari ildizi joylashadi. O‘simliklarni yarus hosil qilib joylanishi muhim biologik ahamiyatga ega. Natijada yer usti yaruslari quyosh energiyasidan muntazam foydalanishga sabab bo‘lsa, yer osti yaruslarda tuproqdan olinadigan mineral moddalarni me’yorida olishga imkon beradi.Tabiatdagi fitosenozlarning bir biriga taqqoslasak o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ko‘ramiz. Fitosenozlar farqini ko‘rsatib ularni ma’lum klassifikatsiyaga solinadi.
4. Hozirgi vaqtda o‘simliklar jamoalarida quyidagi geobotanik birliklar qo‘llaniladi. 1. Assotsiatsiya. 2. Assotsiatsiya guruhi. 3. Formatsiya. 4. Formatsiya guruhi. 5. Formatsiya sinfi. 6. O‘simliklar tipi. O‘simliklar jamoasidagi ma’lum bir maydondagi o‘simliklar guruhi assotsiatsiya deyiladi. Bu nom 1910 yili Bryuselda o‘tkazilgan xalqaro botaniklar kongressida qabul qilingan. Akademik V. N. Sukachyov fikricha assotsiatsiya deb bir xil tarkibga, bir xil tuzilishga bir xil yashash sharoitiga va tashqi ko‘rinishga ega bo‘lgan turlarning birgalashib yashashiga aytiladi. Geobotanikada assoasiasiyalar ikki xil usulda nomlanadi.

1- usulda assoasiasiya nomi ikkita o‘simlik nomi bilan nomlanadi. Masalan: sfagnum o‘tli qarag‘ayzor assoasiasiyasi.

2- usulda hukmron o‘simlik turlarini ko‘rsatish bilan. Masalan: yaltirbosh qo‘ng‘irbosh assotsiatsiyasi, qo‘ng‘irbosh - rang assotsiatsiyasi.
O‘zaro o‘xshash assoasiasiyalar. Assotsiatsiyalar guruhini bir necha assotsiatsiyalar birlashib formatsiyalarni, bir necha formatsiyalar birlashib formatsiya sinfini va ular eng yirik geobotanik birlik o‘simlik tiplarini hosil qiladi. yer sharidagi o‘simlik tiplari juda xilma xil bo‘lib, (o‘romn, dasht, botqoq, o‘tloq, savanna va hokazo) ularning yig‘indisi o‘simlik qoplami tushunchasini beradi. Bu o‘simlik qoplami doimo dinamik harakatda bo‘lib, rivojlanadi, o‘zgaradi va almashib turadi. Yilning ma’lum faslida, yil davomida umumiy iqlim va tuproq sharoitining o‘zgarishi natijasida o‘simlik jamoasida ham o‘zgarish sodir bo‘ladi. Bunday o‘zgarish xususiy va umumiy harakterga ega bo‘lib, jamoa taraqqiyotiga yoki inqirozga uchrashiga olib kelishi mumkin. Xususiy o‘zgarishlar muayan bir yerda bir xil o‘simlik qoplamini ikkinchisi bilan almashinishida namoyon bo‘ladi. Umumiy o‘zgarishlar katta hududda (zonada) sodir bo‘ladi va fitosenozni o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. P. D. Yaroshenko fikricha bunday o‘zgarishlar quyidagi II guruhga bo‘linadi. 1. Tabiat ta’siridagi o‘zgarish. 2. Insonlar ta’siridagi o‘zgarishlar. Tabiat ta’siridagi o‘zgarishlar doimiy va tasodifiy o‘zgarishlarga bo‘linadi.


Areal- Areal muayyan tur uchraydigan quruqlikdaning yoki suv havzasining qismidir. Maqsadga ko'ra tur, turkum, oila va boshqa sistematik birliklardagi o simliklaming areallarini o'rganish mumkin. Har qanday botanika-geografik ilmiy tadqiqotning asosida o'rganiladigan turlaming areallarini aniqlash, ularning kelib chiqishi, faoliyati va rivojlanishini areal ichida o'rganilayotgan tuming tarqalishi qonuniyatlarini o'rganish yotadi. Arealni o'rganish qulay bo' lishi uchun geografik xaritada ifodalaniladi. Xaritada o'rganilayotgan tuming uchragan maydoni belgilanib chiqiladi. www.ziyouz.com kutubxonasi Ayniqsa, eng chekka joylariga e’tibor berilib, keyinchalik ular yaxlit chiziqlar bilan birlashtiriladi. Shunday qilib, ma’lum tuming tarqalish maydoni, ya’ni areali aks ettiriladi. Har bir o simlik turi ma’lum xududda kelib chiqqan bo lib, uni kelib chiqish markazi deb ataladi. Ana shu markazdan u boshqa joylarga tarqaladi. Ayrim turlaming areallarini o'lchami bir xil emas, aksincha ular har xil o'lchamlarda bo'Iadi. Kosmopolit o'simliklaming areallari Yer yuzasining barcha qifalarini egallaydi. Kosmopolit turlar ko'pincha suvda yashovchi turlar (qamish, rdest, bulduruq o't) hisoblanib, buning sababi suv muhitining o'ziga xosligi bilan tushuntirilishi mumkin. Shuningdek, begona o'tlar (zubturum, oq sho'ra, qoqi o't, yulduz o't) insonning xo'jalik faoliyati natijasida keng tarqalgan. Aksincha ba’zi bir turlar quruqlikdaning ayrim qismlarida uchratilib boshqa joylarda takror uchramaydi. Ulami endem turlar deyiladi. Bularga misol kilib Piskom piyozi, Omonqo ton lolasi, Chimyon shashiri va boshqalami ko'rsatish mumkin. Areal odatda ikki turga ajratiladi: uzluksiz va uzilgan (diz 'yunkt) areallar. Uzluksiz areal ma’lum bir yaxlit hududni egallagan bo'lib, uzilgan areal esa urug' yoki sporalari bilan almashinish imkoniyatiga ega bo'Imagan bir-biridan ajralgan, ya’ni bir necha hududda tarqalgan tur arealidir. Masalan, sharq chinori Xisor tizmasida Sangardak, To'polon, Qashqadaryo, Obizarang daryolarining havzalarida tarqalish bilan birga 0'rtaer dengizida - Bolqon yarim orolidan Ximolaygacha tarqalgan. Sharq chinori areali uzilgan areal deb qaraladi. Kayindoshlar oilasining vakillari butun Ovrupo va Shimoliy Amerikada uchraydi. Ushbu misolda biz uzluksiz arealni ko'ramiz. Uzilgan areallar odatda mahalliy individlaming kirilishi natijasida yaxlit areallami o'zgarishidan kelib chiqadi. Shuningdek, uzilgan areallami kelib chiqishida tarixiy omil ham muhim rol o'ynaydi. Areal chegarasida individlar bir tekis tarqalmaydi. Ular ba*zi joylarda to'da-to'da bo lib uchrasa, ikkinchi bir joyda siyrak va uchinchi joyda mutlaqo uchramasligi mumkin. Ushbu areal ichida individlaming tarqalishi tuming topograjiyasi deb yuritiladi. 0'rganilayotgan tur egallagan qulay yashash joylari arealning maydonchalari deyiladi. Arealning har xil maydonchalari ba’zan muayyan tuming tur shakllari, ekotiplari, xemorasalar va hokazolarga ajratiladi. Areallami o'rganish o simliklami yer sharida geografik tarqalishni bilib olishga yordam beradi. Ba’zi oilalar fakat tropiklarda, ikkinchi bir oilalar esa tropikdan tashqarida, ba’zilari esa fakat Amerika yoki Avstraliyada uchraydi.
Savollar:
1. Geobotanika fani nimani o‘rganadi?
2. Fitotsenoz deganda nimani tushunasiz?
3. Agrofitotsenoz degandachi?
4. Dominant tur deganda nimani tushunasiz?
5. Yarus (qavatlilik) degandachi?
6. Geobotanikada qanday taksonomik birliklar qo‘llaniladi?



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin