O’simliklar geografiyasi fanidan o’quv – uslubiy majmua


Chalabutalar va chalabutachalar



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə6/119
tarix07.01.2024
ölçüsü0,61 Mb.
#205479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
O’simliklar geografiyasi fanidan o’quv – uslubiy majmua

Chalabutalar va chalabutachalar-poyasining faqat pastki qismi yog’ochlanib, qolgan qismlari har yili qishda qurib qoladi, faqat ko’p yillik bazal qismi saqlanib qolinadigan o’simliklar hisoblanadi. Monokarp novdalarning rivojlanish jarayoni 3-5 yildan oshmaydi. O’simlikning umumiy balandligi odatda 50-80 sm bshlib, ba’zan 1,5-2 m gacha yoki undan ham baland bo’lishi mumkin. Asosan quruq mintaqalarda tarqalgan.

O’tsimon polikarplar- ko’p marta gullab, meva beruvchi ko’p yillik o’tlar hisoblanadi. Yer ustki tikka o’suvchi novdalari vegetatsiya davrining birinchi yili oxirida nobud bo’ladi. Yoniga o’suvchi novdalari esa bir necha yil davomida saqlanishi mumkin. Bu hayot shakllari yer yuzida juda keng tarqalgan.

O’tsimon monokarplar- hayot jarayoni 1,2 yoki bir qancha yil davom etishi hamda bir marta gullab meva berishi, undan keyin esa vegetativ qismining qayta tiklanish qobiliyati yo’qolishi hisobiga hosil bo’ladigan o’simliklardir. Ko’pgina madaniy va begona o’tlar kiradi. Shimoliy yarim shar mo’’tadil xududlarning adir va subarid mintaqalarida keng tarqalgan.

3-MAVZU: O’simliklaning rivojlanishi va tarqalishiga ta'sir etuvchi abiotik omillar

Reja:


  1. Abiotik, Biotik va Antropogen faktor haqida tushuncha



  1. O’simliklaning rivojlanishi va tarqalishiga ta'sir etuvchi iqlim omillari.


  2. O’simliklaning rivojlanishi va tarqalishiga ta'sir etuvchi ekologik omillar.


Tayanch so’z va iboralar: O’simliklarning yer yuzida tarqalishiga abiotik omillarning ta’siri . Iqlim, Havo, Harorat, Suv

O`simliklarning yer yuzasida tarqalishiga ta'sir etuvchi faktorlar (omillar) Yerda hayot bundan 1 milliard 700 million yil ilgari paydo bo`lgan deb taxmin qilinadi. Shu davr ichida dastlabki hujayragacha bo`lgan nihoyatda sodda organizmlar - bir hujayrali getyerotrof va avtotrof organizmlar, taraqqiyotning so`nggi va eng yuksak bosqichida turgan gulli o`simliklar tashi muhitning ta'siri hamda aksincha shu organizmlarnipg tashqi muhitga ko`rsatadigan ta'siri asosida rivojlanib kelgan. Ya'ni tashqi muhitning o`zgarishiga moslasha olgan o`simlik saqlanib qoladi.
Demak, tashqi muhitning ta'sirisiz Yer yuzidagi tirik organizmlarning (shu jumladan o`simliklar) hayotini tasavvur etish mumkin emas. Tashqi muhit o`simliklarga uch xil - minimal, optimal va maksimal darajada ta'sir etadi. Optimal darajada ta'sir etuvchi tashqi ta'sir o`simlik hayotini normal o`tishini ta'minlaydi. Tashqi muhit odatda ekologik faktor deb yuritiladi. O`simliklarning Yer sharida tarqalishiga va rivojlanishiga ta'sir ko`rsatuvchi har bir tashqi muhit elementi ekologik faktordir. Ekologik faktor 3 gruppaga bo`lib o`rganiladi:
1. Abiotik faktorlar. Bunga iqlim (issiqlik, yoruglik, havo oqimi yoki shamol, suv), tuproq va relef kabi faktorlar kiradi.
2. Biotik faktorlar. Bupga o`simliklarpshgg o`zaro ta'siri, shuningdek, o`simliklarning hayvoplarga va hayvonlarning esa o`simliklarga ta'siri kiradi.
3. Antropogen faktor. Bunga o`simliklarga kishilarining ta'siri kiradi. Ba'zan tarixiy faktor ham alohida faktor sifatida ko`rsatiladi.
Shuni ta'kidlash kyerakki, birinchidan barcha ekologik faktorlar o`simliklar hayotiga doimo birgalikda (kompleks ravishda) ta'sir ko`rsatadi: ikkinchidan ularning ba'zilari bevosita, ba’zilari bilvosita (vositali) ta'sir etadi. Masalan, yorug`lik, issiqlik, suv, tuproqning kimiyoviy tarkibi, havo, o’simliklarning o`rilishi, mol boqilishi va yong’in kabilar bevosita ta'sir etuvchi faktorlardir.
Bilvosita ta’sir etuvchi faktorlarga esa muayyan hududda umumiy iqlim sharoitining o`zgarishi, relef, tor jinslari va tuproq sharoitining o’zgarishi, boshqa o’simliklar guruhiining ta’siri va hokazolar kiradi.
Har bir ekologik faktorning rolini aniq tasavvur etish uchun biz quyida ular haqida alohida to’xtalib o’tamiz.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin