O’simliklar geografiyasi fanidan o’quv – uslubiy majmua



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə5/119
tarix07.01.2024
ölçüsü0,61 Mb.
#205479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
O’simliklar geografiyasi fanidan o’quv – uslubiy majmua

4. Kriptofitlar (K) “kriptos”- yashirin degan ma’noni bildiradi. Ko’p yillik o’t o’simliklari bo’lib, yer ustki organlari qishda butunlay qurib qoladi. Yangilovchi kurtaklari yer ostida, har xil chuqurlikda, yer ostki organlarida, ya’ni tuganaklar, ildizpoyalar, piyozboshlarida saqlanib qoladi ( lola, boychechak, chuchmoma, gulsafsar, narsiss. Yer noki-topinambur).

5.Terofitlar (Th)-“tero”-yoz degan ma’noni bildiradi. Bir yillik o’simliklar bo’lib, ularning yer ostki va ustki organlari qishda qurib qoladi, faqat urug’larigina qishlab chiqadi. Urug’i yordamida ko’payadi. Urug’larigina qish va qurg’oqchilikka chiday oladi (bug’doy, arpa, mosh).
I.G.Serebryakovning tasnifi esa eko-morfologik asosga ega bo’lib, bunda quyidagi tasniflash birliklari qabul qilingan: bo’lim, tip, sinf, sinfcha, guruh, guruhcha, hayot shakllari sektsiyalari va hayot shakllarining o’zi. Shulardan 6 ta tipni izohlab o’tamiz.


Daraxtlar- doimo ko’p yoki kam rivojlangan ko’p yillik, har xil darajada yog’ochlangan tanadan iborat bo’ladi. Hayotning davom etishi 10 va100 yillar bilan o’lchanadi; balandligi 3-5 m dan 150 m gacha yetadi. Daraxtlar ekvatordan to mo’’tadil- sovuq poyaslarning nam va qisman quruq mintaqalarida tarqalgan.

Butalar- asosan tanasi o’simlik hayotining boshidagina kuzatiladi, keyinchalik esa bir necha tartibdan iborat kuchli shoxlanadi. Yoshi kattalashgan sari asosiy tana to’liq yo’q bo’lib ketadi. Daraxtlardan farq qilgan holda yer ustki qismining davomiyligi ko’p hollarda 10-20 yildan yoki 2-3 yildan toki 30-40 yilgacha davom etishi mumkin. Butalarning balandligi 0,8-1,0 m dan 5-6 m; yer ustki qismi diametri esa 1-2 sm dan 5-8 sm gacha. Kontinental, subalp va subarktika chegaralaridagi o’rmon o’simliklari qoplamining kamdan-kam edifikatorlari sifatida tarqalgan.

Butachalar- yog’ochlashgan o’simliklar bo’lib, ularning asosiy poyasi ontogenezning boshlanishida kuzatiladi, keyin esa halok bo’ladi va yer ustki yon poyasi bilan almashadi. Butalardan farq qilib, tik o’suvchi yer ustki poyasi odatda 5-10 yil yashaydi, balandligi esa 5-7 sm dan 50-60 sm atrofida bo’ladi. Asosan mo’’tadil-sovuq va sovuq zonalarning baland tog’ mintaqalarida tarqalgan.


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin