O’simliklar geografiyasi fanidan o’quv – uslubiy majmua


A) O’simliklarning o’simliklarga ta'siri



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə14/119
tarix07.01.2024
ölçüsü0,61 Mb.
#205479
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   119
O’simliklar geografiyasi fanidan o’quv – uslubiy majmua

A) O’simliklarning o’simliklarga ta'siri. Bunda bir o`simlik guruhi ikkinchisiga ta'sir ko`rsatadi. Masalan, tuban va yuksak o`simliklar orasida uchraydigan parazit o`simlikdar va ularning xo`jayinlari. Parazit o`simliklar tabiiy holda o’sayotgan o`simliklar va madaniy o`simliklar hayotiga zarar keltiradi.
Madaniy ekinlar orasida begona o`tlarning o`sishi tufayli xalq xo`jaligi juda katta jiyon ko`radi. Muayyan bir maydonda bir necha turga ta’alluqli o`simliklar orasida doimo, ya'ni hayotining boshidan oxirigacha suv, oziq moddalar, yoruglik uchun kurash ketadi. Bunday kurashda g`olib chiqqan o`simlik turlari boshqalariga pisbatan tez o`sadi va rivojlanadi. Bunday jarayon tabiatning hamma burchagida (tundra, o`rmon, dasht, cho`l, subtropik, tropik o`simliklar, suv o`simliklary va tog` o`simliklari) ko`zga yaqqol tashlanib turadi.
O’simliklarning o`simliklarga ta'siri doimo antagonistik (bir-biriga qarshi qaratilgan) holda o`tmasdan, balki ba'zi gruppa o`simliklar hayoti uchun zarur va foydali bo`ladi. Bu o`zaro hamjihat bo`lib yashovchi, bir-biriga ko`maklashuvchi (simbioz) o`simliklar misolida yaqqol ko`rinadi. Masalan, lishayniklar deb atalgan maxsus bir tip vakillari suvo`tlar (ko`k va yashil suvo`tlar) bilan zamburug`larning birgalikda yashashi asosida bunyodga kelgan. Bunday yashashda suvo`tlar fotosintez protsessini o`tab organik moddalar hosil qilsa, zamburug`lar suvo`tlarning namlikka (suvga) bo`lgan talabini qondiryb turadi. Demak, ikkala gruppa bir-biriga borliq holda yashaydi. Baktyeriyalar tipidagi tugunakli baktyeriyalar deb atalgan gruppa vakillarining gulli 'o`simliklardan dukkakdoshlar oilasi vakillarining ildizida, ko`pgina zamburug`larning daraxtlar ildizidasimbioz holida yashashi kabi hollarni ham o`oshliklarning o`simliklarga ta'siri misolida tushuptirish kyerak. Ba'zi o`simliklarning hayvonlar hayoti uchun qanchalik xavfli ekanligini zaharli o`simliklar gruppasi misolida ko`rish mumkin. Masalan, uchma, zaharli ayiqtovon, kampirchopon, dala qirqbo`g`imi, kakra va shunga o`xshash o`simliklarning tanasida turli xil zaxirali moddalar mavjud bo`lib, ular bilan hayvonlar ovqatlanganda zaharlanishi yoki halok bo`lishi mumkin. Ba'zi bir hasharotxo`r (rosyanka, aldrovanda, venyerin muxolovka) pashsha qo`nmas puzirchatka, nepentes o`simliklariing yashayotgan joylari botqoqlik bo`lganligi va u yyerda azotli moddalar yetarli miqdorda bo`lmasligidan ular hasharotlar bilan ovqatlanishga o`tgan, bu o`simliklar bargida maxsus tuklar bo`lib, ular hasharotlar uchun yoqimli hidga ega bo`lgan shiralar chiqarib turadi. Hasharotlar shira so`rayotganda barglari tezda yopiladi va u o`simlik uchun o`lja bo`ladi. O`simlikdan ajralib chiqqan shira nepsin moddasiga o`xshash ferment bo`lib, asta-sekin o`ljani parchalaydi. Parchalangan, ya'pi minyerallashgan bu ozuqa hisobiga hasharotxo`r o`simliklar hayot kechiradi.
Hayvonlarning o`simliklarga ko`rsatadigan ta'sirini barcha o`txo`r hayvonlarning o`simliklar bilan ovqatlanishida, hasharotlarning o`simliklar gulini changlatishida, ba'zi hayvonlar (chumolilar, qushlar) ning o`simlik urug’mevalarini tarqatishda, ayrim o`simliklarning ururmevalari hayvonlarga ilashib tarqalishi va shupga o`xshash xollarda ko`rish mumkin.
Hasharotlar yordamida ko`pchilik o`simliklar guli changlanadi va ularda urug`mevalar hosil bo`ladi. Masalan, MDH territoriyasida uchraydigan gulli o`simliklarning 80 foizini hasharotlar yordamida changlanadi.
O`simliklarning I tur o`simlikda hosil bo`ladigan spora yoki urug soni
1. Po`kak zamburug` 11 000000000
2. Yerxina (bovista) zamburugi 7000000000000
3. Machin o`simligi 1 671 600
4. Sho`ra 1 369 167
5. Ituzum 214 200
6. Shumtol 100000-150000
7. Qurtena 60000
Bedana, chumchuq, zog`cha, chug`urchuq va shunga o`xshash parrandalar ituzum, kurmak, itqo`yaoq kabi begona o`tlarning urug`mevalari bilan ovqatlanadi, Ammo ularning. oshqozonida ko`pincha bu urug’lar hazm bo`lmay, najas bilan tashqariga chiqadi. Bunday urug’lar qulay vaziyatda tezroq va osonroq unib chiqib, kelgusi yili dalalarni o`t bosishiga sababchi bo`ladi.
Yirik shoxli mollarni har yili bir joyda boqilishi natijasida shu yyerdagi bir necha o`simlik turlarini yo`qotishiga, boshqalarini kamayishiga va uchinchi bir (qo`lansa hidli yoki zaharli) o`tlarni ko`payib ketishiga sababchi bo`lishi mumkin. Qoramollar yegan o`simliklarning urug’lari hazm bo`lmay, tezak orqali yangi-yangi dalalarga o`tishi mumkin. O`simliklar urug’ini xayvonlar tomonidan tarqalishi zooxoriya hodisasi deyiladi. Chumolilar yordamida tarqalgan o`simliklar mirmekoxor o`simliklar deyiladi, umuman hayvonlar yordamida ururmevalari tarqaluvchi o`simliklar zooxor o`simliklar deyiladi. Qo`ytikan, temirtikan, qariqiz kabi o`simliklarnipg urug`mevalari hayvonlar tanasidagi junlarga yopishib tarqaladi.
Bulardan tashqari ba'zi bir kemiruvchilar (yumronqoziq, krot, surur), chuvalchanglarnnng ham o`simliklarga ta'siri katta. Aksariyat kemiruvchilar o`simliklar bilak ovqatlanyb, o`simlik ildizlarini kemiradi va ularni nobud qiladi.
Yuqorida bayon etilganlardan ma'lum bo`ladiki, o`simliklar hayotiga hayvonlarning ta'siri turlitumakdir.
Tundra zonasidagi kislotali tuproqlarda baktyeriyalar va miksomitsetlar, cho`l zonasidagi qo`ngir va bo`z tuproqlarda esa zamburug`lar juda kam miqdorda uchraydi. O`simliklar hayotiga biotik faktor elementlarining ta'siri kompleks ravishda olib qaralganda uning roli yanada yaqqol ko`rinadi. Tabiatda har kunda, har minut kuzatilib turiladigan moddalarning biologik almashinib turishi ana shunday biotik faktorning kompleks ta'siridandir, ya'ni o`simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning doimiy va uzviy bog`liq holdagi faoliyati natijasida tabiatda mavjud bo`lgan moddiy borliqlar va rivojlanish jarayoni bir turdan ikkinchi turga o`tib, doimo o`zgarib turadi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin