O’simliklar geografiyasi fanidan o’quv – uslubiy majmua


Reja: 1. O’simliklarning o’simliklarga ta'siri



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə12/119
tarix07.01.2024
ölçüsü0,61 Mb.
#205479
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   119
O’simliklar geografiyasi fanidan o’quv – uslubiy majmua

Reja:

1. O’simliklarning o’simliklarga ta'siri.

2. Xayvonlarnig o’simliklarga ta'siri.

3. Mikroorganizmlarning o’simliklarga ta'siri.

Tayanch so’z va iboralar: O’simliklarning yer yuzida tarqalishiga biotik omillarning ta’siri . O’simliklarning o’simliklarga ta'siri.Xayvonlarnig o’simliklarga ta'siri.Mikroorganizmlarning o’simliklarga ta'siri.
Yashash muhiti deb tabiatning bir —biriga ta’sir qiluvchi tirik mavjudotlar bilan qoplangan qismiga aytiladi.
Yashash sharoiti hayot uchun kerakli omillar yig’indisidan iborat bo’lib, bularsiz organizmlar yashay olmaydi. Muhit elementlarining turlar moslashish reaktsiyasini chaqiruvchi faktorlari ekologik omillar deyiladi.
Organizmlar murakkab va o’zgaruvchan dunyoda yashab, ular o’z hayotini asta — sekin shunga moslashtirib boradi.
Evolyutsion taraqqiyot davomida organizmlar to’rtta asosiy hayot muhitini o’zlashtirgan. Ulardan birinchisi — suv muhiti. Hayot suvda paydo bo’lgan va tarqala boshlagan. Keyinchalik tirik organizmlar yer-havo muhitini egallagan. Tuproq alohida hayot muhiti hisoblanadi. Hayotning o’ziga xos to’rtinchi muhiti bu tirik organizm tanasidir.
Organizmlarning muhitga moslashuvi adaptatsiya deyiladi (lotincha "adaptatsio" — moslashuv).
Moslashuv tiriklikning asosiy xususiyatlaridan biri bo’lib, mavjudotlarning yashab qolishi va ko’payishini ta’minlaydi.
Sharoitga moslashuv hujayradan tortib har xil ekologik sistema faoliyatigacha bo’lgan darajada vujudga keladi.
Ekologik omillarning quyidagi guruhlari ajratiladi:
  1. Abiotik omillar.


a) iqlim omillari- yorug’lik, harorat, namlik;


b) edafik omillar- tuproqning mexanik va kimyoviy tarkibi, uning fizik xususiyatlari;
v) orografik omillar —relef sharoitlari
2. Biotik omillar-organizmlarning o’zaro ta’sirlari
Har bir mavjudotga boshqa tirik organizmlarning ta’siri bor, o’simlik, hayvonlar va mikroorganizmlar bilan o’zaro aloqada bo’ladi. Biotik omillar quyidagilarga bo’linadi: fitogen — jamoadagi o’simliklarning bir—biriga ta’siri. Bunga o’simliklarning bevosita mexanik, simbiozlik, parazitlik, epifitlik ta’siri kiradi. Bulardan tashqari, o’simliklarning bilvosita ta’siri (yashash muhitini o’zgartirish yo’li bilan) ham amalga oshib turadi, masalan: daraxtlarning o’tlarga soya tushirishi va boshqalar
Zoogen — hayvonlarning oziqlanishi, payhon qilishi va boshqa mexanik ta’sirlar, changlatish, meva va urug’larning tarqatilishi, muhitga ta’sir etishi kabi ta’sirlar.
Mikrobogen va mikogen — mikroorganizmlar va zamburug’larning ta’siri.
3. Antropogen omillar — inson faoliyati ta’siridir. Bunday omillar salbiy yoki ijobiy bo’lishi mumkin. Tirik organizmlar yashash muhitining antropogen omillar ta’sirida o’zgarishi, o’z navbatida ekosistemalardagi bog’lanishlarning inqirozga uchrashiga olib keladi. Bunga o’rmonlarning ko’plab kesilishi, cho’llarning o’zlashtirish, yaylovlarda nazoratsiz mol boqilishi va boshqalar misol bo’ladi. Tuproq, suv va havoning, sanoat chiqindilari va zaharli moddalar bilan zaharlanishi, ba’zi hollarda antropogen omillar ta’sirida butun biotsenozlar yo’qolib ketishi ham mumkin. Organizmga har bir omil ta’sir etishining quyi va yuqori chegaralari bo’ladi. Omilning qulay ta’sir etuvchi kuchi optimum zona deb ataladi. Har qanday ekologik omil ta’sirining optimum, minimum va maksimum ko’rsatkichlari bo’ladi. Minimum va maksimum chegaralari kritik nuqta deb qaraladi.
Muhitning biror omiliga keng doirada moslashgan tur nomiga «evri» old qo’shimchasini, tor doirada moslashganlariga esa «steno» old qo’shimchasi qo’shib nomlanadi. Organizmlarning temperaturaga moslashuvi evriterm, stenoterm, namlikka nisbatan evrigidrid, stenogidrid, sho’rlanishga nisbatan evrigalin, stenogalin, bosimga nisbatan evribat, stenobat ekologik guruhlari ajratiladi.
Ekologik omillar organizmning turli funktsiyalariga turlicha ta’sir etadi. Sovuqqonli hayvonlar uchun havo temperaturasining 40—45°S bo’lishi modda almashinuvi jarayonini tezlashtiradi, ammo ularning faolligi, ya’ni harakatchanligi susayadi. Bunday hayvonlar tinim holatiga o’tadi.
Muhitning ekologik omillari organizmga bir vaqtda ta’sir etadi. Bir omilning ta’siri boshqa omillarining intensivligiga bog’liq bo’ladi. Buni omillarning o’zaro ta’sir etish qonuniyati deyiladi.
Organizmlarning normal hayoti uchun ma’lum bir darajadagi sharoit talab etiladi. Agar barcha shart — sharoitlar qulay bo’lib, ulardan biri yetarli miqdorda bo’lmasa, cheklovchi omil deb ataladi. Cheklovchi omil organizmni ushbu sharoitda yashashi va yashay olmasligini belgilaydi.
Turlarning shimol tomon siljishiga musbat temperatura omilining yetishmasligi ta’sir etsa, qurg’oqchilik rayonlarida esa namlik yoki yuqori temperaturaning ta’siri cheklovchi omil hisoblanadi. Cheklovchi omillar, bu faqat abiotik omillar bo’lib qolmay, biotik omillar ham bo’lishi mumkin. Gulli o’simlik turlarinining tarqalishida ularni changlatuvchi hasharotlar cheklovchi omil bo’ladi. Cheklovchi omillarni aniqlash amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega.
O rganizmlarning moslashuvi turlichi bo’lishi mumkin. Morfologik moslashishlarga suv muhitida gidrobiontlarning suv qarshiligini kesib yurishiga mos tana tuzulishi, shuningdek, plankton organizmlarning suvda moslashgan holda yashashi kabilarni o’simliklar dunyosida esa cho’l sharoitida minimum suv sarflashga moslashish sifatida barglarning reduktsiyalanishi yoki butunlay bo’lmasligi, ildizlarining chuqur kirib borishi(2-rasm) kabilarni ko’rsatish mumkin.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin