O‘simliklarda moddalar tashiluvi режа


Floemali tashiluvning boshqariluvi



Yüklə 61,74 Kb.
səhifə13/13
tarix24.12.2023
ölçüsü61,74 Kb.
#192730
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
O‘simliklarda moddalar tashiluvi режа-fayllar.org

Floemali tashiluvning boshqariluvi. Assimilyatlarning mezofill hujayralari
sitoplazmasidan (donor) aktseptor-organlar hujayralariga tashiluvi, masalan
ildizga tashiluvi о‘z mexanizmlariga ega bо‘lgan bir qancha tashiluv tizimlarini о‘z
ichiga oladi. Masalan donor darajasida bu xloroplastlarda fotosintez jadalligini
boshqarish, triozofosfatlarning sitoplazmaga kirishi va ularning saxaroza sintezi
uchun ishlatilishidir. Fotosintez shuningdek assimilyatlarning membranalar orqali
faol tashiluvi uchun energiya manbai bо‘lib ham xizmat qiladi.
Floemali tashilish mexanizmida asosiy о‘rinni floemaning boshlang‘ich
qismlarining bо‘shalishi tutadi. Ushbu floema hujayralarining bо‘shalishi asosida
fitogormonlar, xususan auksin tufayli faollanuvchi N
+
-pompalarining ishi yotadi.
Abstsizat kislotasi esa N
+
G‘K
+
almashinuvni tо‘xtatadi. Avval aytib о‘tganimizdek
hujayralardagi ABK miqdori noqulay muhit omillari ta’sirida masalan suv
yetishmasligida ortadi.
Floemali
tashiluvning
boshqarilishida
yana
bir
asosiy
hol
bu
assimilyatlarning foydalanilishi zonasidagi floemaning bо‘shalishi jadalligidir.
ABK gormonining atroflicha ta’siri bо‘shalish zonasidagi assimilyatlarning
berilishini yengillashtiradi.
Floemali tashiluvning boshqariluvi saxarozaning membrana tashuvchilari
tufayli ham bо‘lishi mumkin. Masalan, xloroplastlardagi jadal fotosintez
jarayonining borishi tufayli tо‘rsimon naylarda assimilyatlarning miqdori ortadi.
Ushbu assimilyatlardan foydalanuvchi organlar tursimon naylarida esa turgor
bosimi ortadi va bu ikki hol qandlar tashuvchilari ishini ingibirlaydi.
Floema bо‘ylab assimilyatlar tashiluvining faollashishi о‘tqazuvchi tutamlar
orqali elektrik impulsning о‘tishi tufayli ham bо‘lishi mumkin. Shuningdek ,
floemali tashiluv о‘simlik organizmining yetarli miqdorda kaliy bilan
ta’minlanganligi, hamda haroratga ham bog‘liqdir. Chunki, assimilyatlar
harakatlanishining mexanizmi fermentlar va ion nasoslari ishiga tubdan bog‘liqdir.
Shuningdek, membranalar tashiluvida qatnashuvchi nasoslarlarning energiya bilan
taminlanishi uchun kislorod ham zarurdir.
О‘simlik bо‘ylab moddalarning uzoq masofaga tashiluvi о‘tqazuvchi
tо‘qimalar bo ‘ylab amalga oshiriladi, Ksilema traxeidlari va naylar bо‘ylab suv va
unda erigan moddalar ildizdan poya’ning yuqorigi uchiga tashiladi.
Ksilema tashiluvida harakatlantiruvchi kuch bо‘lib ildiz bosimi va
transpiratsiya
xizmat
qiladi.
Barglardan
va
zahiralovchi
organlardan
assimilyatlarning chiqishi floemaning tо‘rsimon naylari orqali amalgam oshadi.
Ksilema (ildizlarda) va floema (barglarda) tо‘qimalarining tо‘lishi N
+
-
pompalarining ya’ni membrana nasoslarining faol faoliyati tufayli rо‘y beradi.
Ushbu nasoslar tо‘rsimon naylar va tutamlar atrofidagi tirik hujayralar
plazmalemmasida faoliyat kо‘rsatadi. Tо‘rsimon naylar va tutamlarga osmotik faol
moddalarning kirishi bilan osmos qonuni asosida suv ham kiradi va moddalarning
tо‘qimalar bо‘ylab keyingi harakati gidrostatik bosimning ortib borishi natijasida
bо‘ladi.




Topshiriqlar: 
1. A.L.Kursanovning organik moddalarning harakatlanish bosqichlarini
ta’riflang.
2. Yaqinga va uzoqqa tashishni tushuntirib bering.
3. Kuzatuvchi hujayralar joylashuvi va vazifasini tushuntiring.

Biologik diktant 
Barglarda sintezlangan assimilyatlar .......... о‘tadi. ............ tuzilishi va
metabolik jihatidan maxsuslashgan bir necha qavat hujayralardan iboratdir.
О‘simliklarning kelib chiqishiga qarab .......... tashiluv jarayonlarida qatnashuvchi
hujayralar ham har xil bо‘ladi.




http://fayllar.org



Yüklə 61,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin