va kо‘ndalangiga joylashgan aktinsimon F-oqsillarining fibrillari bilan tо‘lgan
bо‘ladi. Elaksimon naylar yо‘ldosh hujayralar bilan bir qancha plazmodesmalar
tufayli bog‘langan bо‘ladi.
Kuzatuvchi hujayralar. Yо‘ldosh hujayralar yoki kuzatuvchi hujayralar
elaksimon naylar bо‘ylab joylashgan yirik yadroli parenxima hujayralaridan
iboratdir. Bu hujayralar kо‘p miqdorda ribosomalar va mitoxondriyalar tutishi
bilan ham xarakterlanadi. Ayrim hollarda ushbu mitoxondriyalar tо‘plamini
mitoxondriyalar retikulumi ham deb ataladi. Ushbu hujayralaming devorlarini kо‘p
sonli plazmodesmalar bilan teshib о‘tgandir.
Shuning uchun ham floemaning kuzatuvchi hujayralarini teshib о‘tgan
plazmodesmalaning soni, barg mezofili hujayralarinikiga nisbatan 3-10 marotaba
kо‘pdir.
Masalan,
yasen
barglari
barcha
mezofil
hujayralaridagi
plazmodesmalaming umumiy soni 800-3000 dona bо‘lsa, yо‘ldosh-hujayralar
uchun bu kо‘rsatkich 8-30 baravar kо‘pdir. Yо‘ldosh-hujayralar hujayra devorining
boshqa bir о‘ziga xos tomoni bu ularda plazmalemma hisobiga juda kо‘p labirintlar
hosil qilganligidir. Bu esa о‘z navbatida ular yuzasining keng bо‘lishiga olib
keladi.
Dostları ilə paylaş: