Organik moddalarning tashilishi ksilema tо‘qimalari bо‘ylab sodir bо‘lishi
ham mumkin. Ksilemada tо‘qimalari shirasida kо‘proq aminokislotalar va organik
kislotalar uchraydi. Bu moddalar ildiz metabolizmining va birlamchi sintez uchun
zarur birikmalardir. Masalan, aminokislotalar novdalardagi oqsil sinteziga, organik
kislotalar esa nafas olish va qayta aminlanishga sarf bо‘ladi. Ildiz sistemalari
tо‘qimalarida glikoliz va uch karbon kislotalari sikli orqali uglevodlardan uglevodli
aktseptorlar hosil bо‘ladi.
Uglevodli
aktseptorlar
mineral
elementlarni
ildizlarga
birlamchi
assimilyatsiyasi va tashilishida ishtirok etadi. Shuni aytib о‘tish lozimki, mineral
moddalarning tashilishi ularni qayta ishlatilishi floema tо‘qimalari orqali bо‘lishi
nishonlangan atomlar xususan kaliy va fosfor (
40
K,
32
P) elementlari misolida
isbotlangan.
Floemali tashish mexanizmi nemis olimi Myunx tomonidan taklif qilingan
bо‘lib, uning asosida oqimni bosim ostidagi harakatlanishi nazariyasi yotadi. Bu
nazariya о‘simliklarda moddalarning harakatlanishi haqidagi ta’limotning
rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bо‘ldi.
Myunx nazariyasiga asosan floemada tashiluvchi moddalarning
harakatlantiruvchi kuchning kattaligi о‘tkazuvchi tо‘qimalarning qarama-qarshi
tomonlarining uchlaridagi osmotik va turgor bosimlarining farqi bilan о‘lchanadi.
Myunx fikriga kо‘ra, qandlar va boshqa harakatlanuvchi moddalarning eritmasi
elaksimon naychalar bо‘ylab tashiladi va plazmodesmadan о‘tib, simplastning
plazmodesma kanallarini tо‘ldiruvchi sitoplazma orqali filtrlanadi.
Fandagi keyingi izlanishlar shuni kо‘rsatadiki, о‘simliklarda fotosintez
jarayonida hosil bо‘lgan qandlar, mayda barg tomirlarining elaksimon naylariga
faol beriladi. Ushbu
jarayonni floemani tо‘ldirish deb ataladi va u
konsentratsiyalar gradientiga qarama qarshi ravishda sodir bо‘ladi. Floema
bо‘yicha saxarozaning tashilishi hujayraning faol metabolizmi bilan bog‘langan.
Chunki, saxaroza bilan birga vodorod ionlari ham harakatlanadi. Ularning
harakatlanishi elaksimon naylarning plazmolemmasidagi maxsus ferment orqali,
hamda pH gradienti va elektrokimyoviy gradient bо‘yicha bо‘ladi.
Plazmodesmalarning soni tо‘rlicha bо‘lishi mumkin. Masalan, bug‘doyning
1 sm
2
barg plastinkasida mezoflll hujayralari bilan floema о‘rtasida 2-10
8
dona
atrofida plazmodesmalar bо‘ladi va barglardagi assimilyatlarning tashilishi
plazmodesmalar orqali diffuziya yо‘li bilan sodir bо‘ladi.
Plastik moddalarining floemaning о‘tkazuvchi tо‘qimalarida harakatlanishi,
sitoplazmada, molekulalarning tashilishi natijasida amalga oshiriladi va ular
plazmodesmalar orqali uzluksiz oqimni hosil qiladi.
Akademik A.L. Kursanovning nazariyasiga kо‘ra, floemada organik
moddalarning harakatlanishi nafas olish energiyasining (ATF) sarflanishi bilan
bog‘liq. Bunda isbotlanganki, elaksimon naychalar orqali organik moddalarning
tez tashilishi jadal nafas olish bilan kuzatiladi. Masalan, qand lavlagining qand
moddasi, bargning mezofill hujayralaridan apoplastning erkin bо‘shlig‘iga
harakatlanadi va undan keyin fosforirlanish energiyasi hisobiga о‘tkazuvchi
tutamlar uchiga о‘tadi.
Erigan
moddalarning
konsentratsiyasi
past,
tashqi
eritmadan
konsentratsiyasi yuqori bо‘lgan hujayra shirasiga tashish uchun zarur bо‘lgan erkin
energiyaning miqdorini quyidagi formula bо‘yicha hisoblash mumkin.
∆
G=RTinC
Dostları ilə paylaş: