O‘z navbatida suv va unda erigan moddalarning harakati to‘qimalarda
apoplast bo‘yicha, ya’ni hujayra devorlari orqali hamda simplast bo‘yicha, ya’ni
plazmodesmalar bilan bog‘langan hujayralar sitoplazmalari orqali bo‘lishi
mumkin. Shuningdek moddalarning tashilishi plazmodesmalar ishtirokida
endoplazmatik retikulum bo‘yicha ham sodir bo‘lishi mumkin.
Shuni aytib o‘tish lozimki, simplast tashiluv bo‘yicha mineral va organik
moddalarning harakati, apoplast tashilishda esa suv va anorganik ionlar tashiluvi
ustunlik qiladi. Vakuolalar sistemasida faqatgina suv tashilishi ro‘y beradi.
Simplast bo‘yicha moddalarning tashilishi diffuziyaga nisbatan jadalroq
bo‘ladi va uning tezligi 1-6 sm/soat atrofida bo‘ladi. Moddalarning tashilishining
ushbu tipi energiya sarflanishini talab qilmaydi.
O‘simliklarda moddalarning tashiluvini ikkita asosiy jarayon taminlaydi.
Bulardan birinchisi transpiratsion oqim, ya’ni suv va unda erigan moddalarning
ildizdan o‘simlikning yer ustki qismlariga tashilishi. Ikkinchisi esa assimilyatlar
oqimi bo‘lib bu fotosintez jarayonida barglarda hosil bo‘lgan moddalarning
o‘simlikning yer ostki va yer usti vegetativ hamda generativ organlariga
tashilishidir.
Suv va unda erigan moddalarning о‘tkazuvchi naychalar tutamlari orqali
tashiluvi ham ikki tipda ya’ni
ksilema tо‘qimalari bо‘ylab (ildizlardan poya
organlarigacha bо‘lgan «yuqoriga kо‘tariluvchi oqim») va floema tо‘qimalari
bо‘ylab tashiluv (barglarda BIOSintez bо‘lgan organik birikmalarning
о‘simlikning geterotrof oziqlanuvchi boshqa organlariga yoki zahiralovchi qismiga
tashiluvi «pastga harakatlanuvchi oqim») kо‘rinishida bо‘ladi. Shuningdek floema
bо‘ylab zahira moddalar metabolitlari ham tashilishi mumkin.
Kо‘p hujayrali suv о‘tlarida metabolitlarning harakati simplast orqali rо‘y
beradi. Faqatgina qо‘ng‘ir suv о‘tlaridan bо‘lgan laminariyalarda ularning
tallomlari tо‘qimalarga ajralganligi sababli suv о‘tkazuvchi naychalar tutamlari
poya’ning о‘rtasida shakllangandir.
Suv va unda erigan moddalarning butun о‘simlik tanasi bо‘ylab harakati
moxlarga ham xosdir. Ammo qolgan barcha yer ustki yuksak о‘simliklarida
trexeidlardan yoki ksilema naychalaridan tashkil topgan о‘tqazuvchi tо‘qimalar
hamda elaksimon tо‘qimalar va yо‘ldosh hujayra floemalari mavjud. Shuningdek
suv va unda erigan moddalarni о‘tkazishga moslashgan parenxima va boshqa
maxsus hujayralar mavjud. О‘tkazuvchi nay tutamlari suv va unda erigan
moddalarni bir necha ditsemetrdan bir necha о‘n metrgacha tashishi tufayli
о‘simlikning barcha organlarini tutashtirib turadi.
Yuksak о‘simliklarda о‘tkazuvchi tо‘qimalar mavjudligi sababli
moddalarning hujayra devorlari va sitoplazma bо‘ylab tashiluvi bir necha millimetr
atrofida bо‘ladi xolos. Ildizlar va poyadagi moddalarning radial tashiluvi va barg
mezofili bо‘ylab moddalarning harakati bunga yaqqol misoldir.
Moddalarning o‘simlik tanasi bo‘ylab tashilishi ikki bo‘limga bo‘lib qaraladi
ya’ni yaqinga va uzoqqa tashish.
Dostları ilə paylaş: