Mineral elementlarning fiziologik ahamiyati. Azot. Azot o’simliklar hayoti uchun eng kerakli elementdir. U hayotiy muhim birikmalar - oqsillar, fermentlar, nuklein kislotalar va boshqa bir qator birikmalar tarkibiga kiradi.
Azot o’simliklar quruq og’irligining 1-3% ni tashkil etadi. Tabiatdagi asosiy azot manbasi atmosfera tarkibida bo’lib, uning umumiy miqdori 75,6% tashkil etadi. Bir kvadrat metr yer o’stida 8 tonnagacha azot bor. Lekin yashil o’simliklar atmosfera tarkibidagi molekulyar azotni bevosita o’zlashtirolmaydi. Chunki molekulyar azot o’ta turg’un bo’lib, uni faol holga o’tkazish uchun juda katta energiya sarflash kerak.
N = N - N – N -
turgun holat faol holati
Turg’un holatdagi atmosfera azotni asosan ikki yo’l bilan faol holatga o’tkazish mumkin: 1) ximiyaviy, 2) biologik. Kimyoviy yo’l juda yuqori harorat (500) va bosim (35mPa) ostida boradi.
Dostları ilə paylaş: |