Osiyo — azim daryolar oʻlkasi. Ob (Irtish bilan), Yenisey (Angara bilan), Lena (Aldan, Vilyuy bilan), Yana, Indigirka, Kolima Shimoliy Muz okeaniga, Anadir, Amur (Sungari, Ussuri bilan), Xuanxe, Yanszi, Sits-zyan, Mekong, Menam Tinch okeanga, Saluin, Iravadi, Brahmaputra, Gang, Hind, Shatt ul-Arab Hind okeaniga quyiladi. Osiyoda kichikroq daryolar Azov, Qora, Oʻrtadengizlargaquyiladi. Kura, Amudaryo, Sirdaryo, Ili daryolari Kaspiy, Orol dengizlari va Balxash koʻliga quyiladi. Berk havza daryolarining bir qismi koʻllarga quyiladi, bir qismi qum yoki shoʻrxoklarga singib ketadi yoki butunlay sugʻorishga sarf boʻladi (Tarim, Chuy, Hilmand).
Osiyoning eng yirik koʻllari Kaspiy va Orol dengizlaridir. Hozir Orol qurib, juda kichrayib qolgan. Baykal, Issiqkoʻl, Xubsugul koʻllari, Ulik dengiz, Van, Urmiya, Telets koʻllari tektonik botiqlardadir. Bir qancha koʻllar togʻlarning qulashidan (Sarez koʻli), karst nati-jasida (Gʻarbiy Tavr koʻllari) pay-do boʻlgan, shuningdek, shoʻr koʻl koʻp (Kukunor, Tuz va boshqalar). Daryolarga GESlar qurilishi na-tijasida yirik suv omborlari vujudga kelgan: Bratsk (Angara), Krasnoyarsk (Yenisey), Novosibirsk (Ob), Buxtarma (Irtish), Farhod, Qayroqqum, Chordara (Sirdaryo) suv omborlari va h.k. Qurgʻoqchil oʻlkalarda yer osti suvlari katta ahamiyatga ega. Oʻrta, Markaziy va Gʻarbiy Osiyodagi vohalarda buloq, quduq va artezian suvlaridan keng foydalaniladi.
Osiyoning daryo va koʻllari muhim transport yoʻllaridir. Koʻpgina daryolar katta gidroenergiya zaxirasiga ega. Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Yaponiya, Koreya va Xitoyda energiyadan, ayniqsa, koʻp foydalaniladi.
Osiyo mintaqasi o`zining tabiati va iqlimi bilan ajralib turadi. Osiyo maydonining ¾ qismi tog`lar va yassitog`lardir. Eng baland tog`lar Markaziy va O`rta Osiyodadir. Tibet Tyanshan Pomir Himolay Hindikush Qoraqum va boshqa baland tog` tizimlari mavjud.