Konstitutsiya va saylovlar Yettinchi oʻzgartirish: 2019-yil 4-sentyabrda Konstitutsiyaning 2 ta moddasiga oʻzgartirishlar kiritildi. Shunga muvofiq, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, shuningdek, ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etmaydi. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi. Maʼlumki, oʻtgan uch-toʻrt yil davomida hayotimizning barcha sohalari qatori sud-huquq tizimida ham shiddatli islohotlar amalga oshirildi. Keyingi davrda Oʻzbekiston sud-huquq tizimiga xalqaro standartlarni joriy qilish orqali sudya va advokatlarning mustaqilligini taʼminlash Harakatlar strategiyasining asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan. Bu borada muayyan natijalarga erishilgani xalqaro ekspertlar tomonidan eʼtirof etilmoqda. BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining Sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari boʻyicha maxsus maʼruzachisi Diyego Garsiya-Sayanning taʼkidlashicha, ana shu tub yangilanishlarning mohiyati, jumladan, sudyalarning mustaqil qaror qabul qilishiga xalal beradigan siyosiy taʼsirlarni kamaytirishga qaratilganida yaqqol namoyon boʻlmoqda. Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiyamiz mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy hayotning barcha sohalarida izchil va bosqichma-bosqich, uzviy va tizimli ravishda amalga oshirilayotgan keng qamrovli demokratik islohotlarning mustahkam yuridik manbai hamda asosiy huquqiy kafolatidir.
Huquqiy davlatchilik sari intilgan har qanday demokratik jamiyatda Konstitutsiya ustuvor ahamiyat kasb etadi. Binobarin, Konstitutsiya insoniyatning ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish va tashkil etish borasida kashf etgan eng muhim yutuqlaridan biridir. Konstitutsiya oʻz-oʻzicha, yaʼni alohida, jamiyatdan ajralgan holda mavjud boʻlishi mumkin emas. Demakki, Konstitutsiyani qotib qolgan qoidalar yigʻindisi, deb boʻlmaydi. Konstitutsiya dinamik, yaʼni doimiy harakatdagi, oʻsish va rivojlanish jarayonidagi hujjatdir. U hayot joʻshqinligi va oʻzgarishlarini oʻzida aks ettiradi. Shu maʼnoda, Harakatlar strategiyasi yangi Oʻzbekistonning yangi konstitutsiyaviy qiyofasiga asos boʻlib xizmat qildi va xizmat qilmoqda.
Glassary: 1.Kanstitutsiya-(lotincha: constitutio — „tuzilish“, „tuzuk“) — bu davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. Konstitutsiya barcha joriy qonunlarning asosi hisoblanadi. 2. Oliy Majlis - (kirillcha Oliy Majlis, [ɑˈliː mæd͡ʒˈlis]) — Oʻzbekiston parlamenti. U 1995-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining oʻrnini egalladi va 2005-yil yanvar oyida amalga oshirilgan islohot natijasida ikkinchi palata tashkil etilgunga qadar bir palatali edi. 3. Strategiya - (qadimgi yunoncha starēgía - qo'mondonlik san'ati) uzoq vaqtni o'z ichiga olgan umumiy, batafsil bo'lmagan reja, murakkab maqsadga erishish yo'li, harbiy ishlarda, keyinchalik umuman insonning har qanday faoliyatini. 4. Mustaqillik deklaratsiyasi (1990-yil 20-iyun) — Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 2-sessiyasida qabul qilingan. U Oʻzbekistonning mustaqillikka erishishida muhim qadam boʻldi. M.D.da "Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi oʻzbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy anʼanalari, har bir millatning oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqini taʼminlashdan iborat oliy maqsad haqi, 5.Deklaratsiya (lot. declaratio — maʼlum qilaman, eʼlon qilaman) — 1) bir yoki bir necha xukumatlar, siyosiy partiyalar, xalqaro yoki jamoat tashkilotlarining dasturiy hujjat, muhim xalqaro voqea, qonun va h.k.ni umum eʼtiboriga yetkazuvchi bayonoti; umumsiyosiy prinsiplarni tantanali ravishda eʼlon etish (mas, Inson huquklari umumjahon deklaratsiyasi, Oʻzbekistan Respublikasi Mustaqillik deklaratsiyasi); 6. Qizil imperiya- mustabid Sovet ittifoqining tashkil topishi va o‘tmish tarixdagi imperiyasi.
7. Qaramlik- bu O’zbekistonni 1917-1991-yillar oralig’idagimavjud bo’lgan holati.
8. Agressor-bu yunonchadan tajavvuskor deyiladi.Bu asosan SSSR ni shunday deb nomlangan.
9. Qayta qurilish jarayoni- 1985-yilda hokimiyatga kelgan M.S.Gorbachev hukumati mamlakat iqtisodiy jihatdan tang ahvolda ekanligini tushunib yetdi va mamlakatni mqirozdan olib chiqishga qaratilgan dastur. 10. Ittifoq Respublika-bu asosan SSSR davrida 15 ta davlat bitta bo’lgan va ularni ittifoq respublikalar deb atalgan.
Test:1. Konstitutsiya - bu: a) davlalning asosiy qonunlaridan biridir
b) davlatning boshqa qonunlari ustidan oliy kuchga ega bo'lgan oliy qonunidir c) davlat tuzilishining huquqiy negizidir d) davlat qonunlari to'plamidir e) to'g'ri javoblar a va c 2. Konstitutsiyaga muvofiq davlatimizning nomi: a) O'zbekiston Demokratik Respublikasi b) Mustaqil demokratik respublikasi c) O'zbekiston Respublikasi d) O'zbekiston e) to'g'ri javoblar c va d 3. "Konstitutsiya" so'zi grekchadan tarjima qilganda quyidagi ma'noni anglatadi:a) qonun b) davlat qonuni c) davlatning doimiy qonuni d) nizom, qoidalar e) to'g'ri javoblar b va c 4. Hozirgi konstitutsiyaning bosh maqsadi nima? a) ko'pchilik hukmronligini mustahkamlab qo'yish b) barcha ijtimoiy guruhlar irodasi ifodalovchisi bo'lish c) umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlab qo'yish d) mamlakat tub aholisi irodasi ifodalovchisi bo'lish e) to'g'ri javoblar b va c 5. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?a) 1992-yil 8-dekabr b) 1992-yil 17-oktabr c) 1993-yil 7-yanvar d) 1991-yil 1-sentabr e) 1991-yil 31-avgust 6. O'zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati tizimi qaysi prinsipga asoslanadi? a) xalq deputatlari Kengashlarining yalpi hukmronligi b) hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo'linishi c) qonun chiqaruvchi hokimiyatning ustunligi d) to'g'ri javob a e) hamma javoblar to'g'ri 7. Hozirgi konstitutsiya qancha bo'lim, bob va moddadan iborat?a) muqaddima. 7 bo'lim. 26 bob. 128 modda b) muqaddima. 6 bo'lim. 26 bob. 128 modda c) muqaddima. 5 bo'lim. 24 hob, 128 modda d) muqaddima, 9 bo'lim, 126 modda e) muqaddima. 9 bo'lim, 128 modda 8. Yangi Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari qanday? a) davlat suvercniteti b) mustaqillik c) xalq hokimiyatchiligi d) konstitutsiya va qonunlarning ustunligi e) hamma javoblar to'g'ri 9. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tamal g'oyasini ayting:a) xalq — hokimiyatning yagona manbayi b) davlat — inson huquq va crkinliklari kafili c) umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik d) inson shaxsiy huquq va erkinliklarining daxlsizligi e) hamma javoblar to'g'ri
10. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq davlat, uning organlari va man-sabdor shaxslar quyidagiga muvofiq ish ko'rishlari lozim: a) O'zbekiston Respublikasi qonunlariga b) maqsadga muvofiqlikdan kelib chiqqan holda c) xalqaro huquqqa muvofiq d) to'g'ri javob yo'q e) hamma javoblar to'g'ri