Tarbiyaviy: Bilimli, har tomonlama komil farzand bo’lishlari uchun zamin yaratish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda umumjismoniy mashqlarni bajarish, erkin mashqlarni bajarish usullari, turnikda bajariladigan mashqlar, brusda bajariladigan mashqlarni bilish malakasini rivojlantirish
Kompetensiyaviy yondashuv: Jismoniy sifatlarini namoyon qila olish kompetensiyasi
Dars jixozi: Mavzuga oid ko’rsatmali vositalari, rangli rasmlar, 10-sinf darsligi
Foydalanilgan qo’shimcha adabiyotlar: “Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik” darsligi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma. Toshkent 2009 yil. Dars turi: Yangi bilimlar beruvchi va malakalarni shakllantiruvchi.
Dars usuli: A’nanaviy
I.Darsni tashkil etish:a) salomlashish b) davomatni aniqlash. s) o’quvchilarni darsga jalb qilish d) siyosiy daqiqa Siyosiy daqiqada o’quvchilar bilan bugungi kun yangiliklari savol-javob orqali so’raladi. II. O’tgan dars mavzusini mustahkamlash. Uyga topshiriq nazorati. O’tgan mavzuni so’rash.
O’tgan mavzu bo’yicha konspekt
O’tgan mavzuni takrorlash uchun o’quvchilar bilan og’zaki savol javob
o’tkaziladi.
III. Yangi mavzu bayoni. Reja: 1) Umumjismoniy mashqlarni bajarish. 2) Erkin mashqlarni bajarish usullari. 3) Turnikda bajariladigan mashqlar. 4) Brusda bajariladigan mashqlar Umumjismoniy mashqlarni bajarish Muddatli harbiy xizmatchilar xizmat davomida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha 1997-yilda ishlab chiqilgan qo‘llanma asosida qabul qilingan mashqlarni egallaydilar. Jismoniy tayyorgarlikdagi vazifalarni qo‘llashda, ularni tegishli harbiy-amaliy harakatlantiruvchi ko‘nik-malarni, jismoniy sifatlarini unumli yechishga yo‘naltirilgan.
Jismoniy sifat — harbiy xizmatchilarning organizm xususiyatlarini, amaliy faoliyatini ta’minlash.
Chidamlilik — harbiy xizmatchining harbiy kasbiy faoliyati jarayonida toliqmasligi, bardosh berishligi bilan belgilanadi. Bu esa, umumiy tezlik, kuchlilik va jadallikka bo‘linadi. Umumiy chidamlilik mahoratini oshirishning asosiy vositalari quyidagilar: harakat chog‘ida tezlik, suzish, to‘siqlardan o‘tish va sport o‘yinlari.
Majmuiy mashg‘ulotlar ertalabki badantarbiya mobaynida o‘tkazilib, bunda shaxsiy tarkibning jismoniy tayyorgarligi quyidagi mashqlar bo‘yicha tekshiriladi: turnikda tortilish; 100 metrga yugurish; 1(3) kilometrga yugurish.
Ertalabki badantarbiya — harbiy xizmatchilar jismoniy tayyorgarligining muhim omillaridan biri hisoblanib, inson organizmini uyqudan so‘ng tez tetiklashtirish maqsadlariga yo‘naltirilgan.
Badantarbiya guruh yoki vzvod tarkibida, uyqudan turgach, 10 daqiqadan so‘ng 50 daqiqa
davomida o‘tkaziladi. Dam olish va bayram kunlari ertalabki badantarbiya o‘tkazilmaydi.