Yovvoyilar
Mo’g’ullar
Movarounnahrni bosib, qirg’in qilganida bir ayol tirik qolishning yo’lini topibdi.
Bosqinchiga aytibdi:
- Men bahosi yarim jahonga teng bir gavharni yutib yuborganman. Meni o’ldirmay, uch-to’rt kun
sabr qilsang...
Shunda mo’g’ullar o’sha qishloqdagi hamma xotinlarning qornini yorib, gavhar izlagan ekan...
Sho’rlik yurtim! Ne balolar kechmadi boshingdan!
Mehr
Quyosh buloq
suviga ham, mag’zavaga ham baravar nur sochaveradi.
Yer chuchmomani ham,
chaqirtikanakni ham baravar o’stiraveradi. ... Ota-onaga bolaning yaxshi-yomoni yo’q...
Ilon
Ko’p yillar avval Missisipi sohillarida dunyodagi eng katta ilon-anakondani tutib o’ldiribdilar.
Uzunligini o’lchayman, deb harchand urinsa ham eplay olmabdilar.
Ilonning jasadi,
nuqul
buklanib qolarmish...
Odamlar ham qiziq. Muttasil egri yurgan mahluq o’lganidan keyin to’g’ri bo’ldi nima-yu,
bo’lmadi nima?
Dostları ilə paylaş: