O’tkir Hoshimov daftar hoshiyasidagi bitiklar



Yüklə 419,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/20
tarix04.02.2023
ölçüsü419,84 Kb.
#82852
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
daftar hoshiyasidagi bitiklar

 
Ilk muhabbat 
Ilk muhabbat bahor osmonidagi bulutga o’xshaydi. Oppoq. Pokiza. Shaffof... Na qo’lingiz bilan 
tutasiz. Na ortidan yugurib yetasiz... Shamol uni qayoqqa olib ketishini ham bilmaysiz... 
Birinchi muhabbat ko’pincha natijasiz tugashi balki shundandir... 
Sinov 
Bir narsani ko’p kuzatdim. Ona ovqatga o’tirgan zamon chaqaloq yig’layveradi. Keksalar
bunaqa paytda bolani shayton chimchilaydi, deydilar. Bilmadim... Xudoning o’zi kechirsin-ku, 
menimcha gap shaytonda emas. Bu- tangrining ona mehrini sinash usullaridan biri bo’lsa 
ajabmas... 
Sham yonmasa.. 
Erkak bilan ayol munosabatida aybni nuqul erkakdan izlash insofdan emas. Sham yonmasa
parvona yaqin kelmaydi. 
 
Qirq jon 
Xotin kishining joni qirqta bo’ladi, desalar ajablanmang. Negaki u bitta jonni o’ziga olib qolib, 
o’ttiz to’qqiuztasini farzandlariga beradi... 
 
Sodda va buyuk 
Qadimgi musavvirlar farishtani g’odak qiyofasida tasvirlagani bejiz emas. Bola shu qadar 
soddaki, biz uning darajasiga tusha olmaymiz. Bola shu qadar buyukki, biz uning darajasiga 
yetolmaymiz! 
 
Qo’g’irchoq 
Bu odam loydan yasalgan qo’g’irchoqqa o’xshaydi. Zamon sal o’zgarsa, boshidan jinday suv 
quyadi-da, loyini iylab-iylab, o’zini qaytadan yasab, boshqa qiyofaga kirib oladi… Qattiqroq 
yomg’ir yog’sa, balchiqqa aylanib ketadi-yov! 
Aql va mansab 
Aql bilan mansabga erishishish mumkin. Mansab bilan aqlga erishib bo’lmaydi. 
Yeb to’ymagan-yalab to’ymas 


Qadim zamonda ko’zi ojiz odam bo’lgan ekan. Albatta, ko’zi ojizlik ayb emas… Xullas o’sha 
odam tirikchiligi tang ahvolda qolgach o’ziga o’xshash so’qir bir tilanchiga shogird tushibdi. 
Gadoylik hunarining sirini o’rgatishni so’rabdi. 
- Bu hunarning uchta qoidasibor,-debdi ustozi.- Qayerda bo’lsa ham, qancha bo’lsa ham, kimdan 
bo’lsa ham olaverasan! 
Oradan ko’p yillar o’tibdi. Ustoz tilanchi hammomning issiq xonasida mudrab o’tirsa, yonbosh 
tomondan ovoz kepti: 
- Xayr qili-i-ing! 
- Esing joyidami?-debdi ustoz tilanchi. –Hammomda ham sadaqa so’raydimi? -Qayerda bo’lsa 
ham!-debdi boyagi ovoz. Ustoz tilanchining achchig’i chiqibdi. -Qanaqa betamizsan, yalang’och 
odamda pul nima qilsin? 
Qancha bo’lsa ham! Ustoz tilanchi shogirdining ovozidan tanib qolibdi. 
Hoy, badbaxt! Kelib-kelib o’z ustozingniham shilasanmi? 
Kimdan bo’lsa ham!-debdi shogird tilanchi... 
Albatta, poraxo’r tilanchi emas. Poraxo’r avvaliga o’zini tiyib yuradi. “Insof” bilan oladi. Ammo 
bora-bora qayerda bo’lsa ham, qancha bo’lsa ham, kimdan bo’lsa ham olishga o’rganadi. Va... 
oxiri hammomga yalang’och kiradi... tag’in kim bilsin... Qarib-churuguncha umrguzaronlik 
qiladiganlari ham oz emas shekilli. 

Yüklə 419,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin