O’tkir Hoshimov daftar hoshiyasidagi bitiklar



Yüklə 419,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/20
tarix04.02.2023
ölçüsü419,84 Kb.
#82852
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
daftar hoshiyasidagi bitiklar

 
O’rtadagi odam 
O’rtadagi odamga havas qilmang. Ham bolg’adan zarba yeydi, ham sandodndan. 
Teskari haqiqat 
Odam qancha ko’p qiziqsa, shuncha ko’p o’qiydi. Qancha ko’p o’qisa, shuncha ko’p biladi. 
Qancha ko’p bilsa, yashashi shuncha qiyin bo’ladi. 
 
Savob va gunoh 
Odamzotning tabiati qiziq: o’zining tariqdek savobi-tarvuzdek, tarvuzdek gunohi-tariqdek 
tuyuladi... 
Aldov 
Biz hammamiz-yolg’onchilarmiz. Ayting, qaysi biringiz aqalli biron marta go’dakka yolg’on 
gapirmaganman, deya olasiz? Go’dakni aldash eng katta yolg’ondir! 
Hamma ona - bir ona 
Amerika bilan O’zbekiston orasi o’n besh ming chaqirim. Avstraliya bilan Kanada orasi yigirma 
ming chaqirim. Ammo amerikalik senatorning xotini o’z farzandini o’zbekistonlik dehqonning 
xotinidan kamroq yaxshi ko’rmaydi. Avstraliyalik aborigen ayol o’z farzandini kanadalik 
millioner ayoldan ko’proq yaxshi ko’rmaydi. 
Buzilgan nikoh 
Uyni qonuniy bo’lishdingiz... Mol-mulkni qonuniy bo’lishdingiz... Muhabbat bo’laklandi... 
Sadoqat bo’laklandi... 
Bola-chi? Bolani qaysi qonun bilan bo’lashasiz? Onasi bilan bo’lsa, otasiz qolsa. Otasi bilan 
bo’lsa, onasiz qolsa... Yaxshisi, uniyam ikkiga bo’ling! Bir nimtasi-erga! Bir nimtasi-xotinga! 
Qani ko’taring boltani, bolaning uvoli tutgurlar! 
 
Eng sayroqi qush 
Bulbulning erkagi sayraydi. Odamning-ayoli. 
Notavon 


U xo’-o’-o’p o’qimishli, xo’-o’-o’p bilmdon, xo’-o’-o’p olim odam. Faqat bitta “juz’iy” 
kamchiligi bor: chin dildan kulolmaydi, chin dildan yig’lolmaydi... 
Tomsuvoq 
Qishloqda kuz pallasi tomsuvoq qilish udumi bo’lardi. Uning yozilmagan qoidasi bor. 
Birinchidan, hech kim tomini yolg’iz o’zi suvamaydi:hamma hasharga keladi. Ikkinchidan: 
beva-bechora, qo’li qisqa xonadonning uyi eng avval tomsuvoq qilinadi.keyin, navbatma-navbat 
davom etaveradi… 
O’qituvchimizning hashariga ayniqsa ko’p odam yig’ildi. Uyi katta yo’l yoqasida edi. Shundoq 
ko’cha chetidan loyhandaq qazilgan ekan. Somon, katta yo’lning ko’pchib yotgan tuprog’iga 
qovushib, obdon yumshabdi. O’qituvchimizning Azim aka degan qo’shnisiishboshi bo’ldi. Birov 
handaqqa tushib loy soberib turdi, birov paqirlab loy tashiydi, yana birov tomda turib, ilgak bilan 
tortib oladi, boshqasi hafsala bilan suvaydi… Erta peshindayoq hamma ishni qoyil qilib 
tashladik. Hovli o’rtasidagi tut tagida ovqatlanib o’tirsak, o’qituvchimning keksa onasi kelib 
qoldi. (Keyin eshitsak, bir hafta avval ko’zi yorigan qizinikiga ketgan ekan). Kampir hassasini 
do’qqillatib, to’ppa-to’g’ri o’qituvchimizning oldiga bordi. 
Nima qilding?- dedi o’g’lining salomiga alik ham olmay.- Nima ish qilib qo’yding?! Hammamiz 
hayron bo’lib qoldik. Muallim o’quvchilarining oldida ayniqsa mulzam bo’ldi, shekilli, qizarib 
ketdi. 
Nima qipman, oyi?-dedi ko’zlarini pirpiratib. 
-Dard!-kampir hassasi bilan yerninuqidi.- Sanga qachon aql kiradi, nodon bola!- Keyin azim 
akaga yuzlandi.- Bu-ku ahmoqlik qilishga qipti, siz qayoqda edingiz? Nega ko’chadan loy 
qildilaring?! Ko’chaning tuprog’iga tegib bo’ladimi, nobakor! Ko’pchilikning haqi-ku bu!- Bir 
zum harsillab turdi-da, to’satdan yig’lab yubordi.- Man yurtning haqiga suvalgan tom tagida 
turmayman!- Shunday dedi-yu, supa labiga borib, ters o’tirib oldi… … Hammamiz qaytadan 
tomga chiqdik… Suvoq qilishdan ko’ra loyni ko’chirish qiyin bo’larkan. Bitta qoldirmay, 
qirtishlab, tomdan tushirdik. Paqirlab tashib, ko’chadagi loyhandaqni to’ldirib qo’ydik… 
… Oradan yillar o’tib, kampir ko’z yumganida tumonat odam uni o’sha ko’chadan so’nggi 
manziliga ko’tarib bordi… Ko’cha tuprog’i iliq edi… Mayin edi… 
Qarz 
Bolam bemehr chiqdi, deb, ko’p ham o’kinmang. Balki, sizga adolatsizlik bo’lib tuyulayotgan 
narsaning o’zi adolatdir… Siz ota-onangizdan olgan qarzni bolangizga berasiz. Bolangiz 
o’zining bolasiga… Hayot zanjiri uzulmasligi kerak-ku… 

Yüklə 419,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin