Ayol go’dak isini birinchi farzandi tug’ilganidayoq his etadi. Erkak esa go’dak
isi nimaligini
nevarali bo’lganidan keyin anglaydi!... Biz-erkaklar doim kechikib yuramiz…
Otalar va bolalar
U oddiy odam edi. Hammolchilik qilardi. To’rt qiz, uch o’g’ilni oyoqqa turg’azdi. O’g’illarini
uylantirdi. Qizlarini chiqardi. Hammasini uyli-joyli qildi. Ko’z yumayotganida “hammalaringdan
mingdan-ming roziman”, dedi... Qarashsa, kafanligi yo’q ekan…
Gumroh bandalar
Odamlarga hayronsan. Ota-onasi tirikligida ikki og’iz shirin so’zni
tekinga aytmaydi-da, ular
o’lganidan keyin ming-ming pul sarflab, o’sha so’zlarni qabrtoshga yozdirib qo’yadi...
Kulgi va yig’i
Kulishni bilmaydigan odam-baxtsiz odam. Yig’lashni bilmaydigan odam esa ikki hissa baxtsiz!
Asl aynimas
Sopol tovog’ing sinsa, dod sol: kesakka aylanadi.
Tilla idishing sinsa, parvo qilma: bahosi
tushmaydi!
Yuk ko’targan...
“Yuk ko’targan odam yuzaga chiqadi”, deydilar... Chiqadi. Albatta chiqadi!
Faqat yuk
ko’targanni ko’tarib yuboradigan Qo’l bo’lsa bas!
Dostları ilə paylaş: