Agar ular Sevgining qo’lidan mahkam tutishganida bu to’siqdan o’tishlari mushkul
emasdi. Ammo bunday bo’lmadi. Ular sinov oldida chekindilar.
O’rtada Shubha, Rashk degan sharpalar o’rmalab qoldi. Shunda ular o’zlarini
topishtirgan Sevgiga ilk bor ta’na toshi otdilar.
Sevgi shunda ham ularni kechirdi. Sabot, Mehr degan kuchlarga oshno qilishga urindi.
Ammo ular Sabotni ham, Mehrni ham unutdilar. O’zlarini topishtirgan Sevgi degan
“yovuz kuch” ga la’nat aytdilar!
Shunda… Ularning qismatiga Xiyonat kirib keldi! Ular Sevgini ayblay-ayblay, oxiri…
ajrashdilar…
Qismat chorahasida esa uchta begunoh go’dak chirqillab qoldi. Besh yashar o’g’il, uch yashar
qizaloq va… yetim qolgan Sevgi…
Dostları ilə paylaş: