Mevali daraxt
Mevali daraxt o’ziga ishongani uchun yonida yangi nihol o’sib chiqsa, quvonadi. To’nka o’ziga
ishonmagani uchun niholga g’ashlik qiladi. Biroq u xohlaydimi-yo’qmi, nihol o’saveradi!
Erk
Inson tabiati shu: hamma erkni orzu qiladi. Hamma ozodlikka intiladi. Shunaqa-ku… … Hech
o’ylab ko’rganmisiz? Nima uchun Yer kurrasi o’z o’qi atrofida
nuqul bir tomonga qarab
aylanadi? Bugun bir tomonga, ertaga boshqa tomonga aylansa, nima bo’lardi? Nima uchun Yer
o’z o’qi atrofida 24 soatda bir aylanadi? Bugun 24 soatda, ertaga 30 soatda aylansa nima
bo’lardi?
Nima uchun Zamin Quyosh atrofini
uch yuz oltmish besh kun-u, olti soatda,
ikkinchi yili ikki
yuz kunda aylansa nima bo’lardi?
Nima uchun Yer kurrasi har yili 22-dekabrda Quyoshga yaqin masofaga boradi, 22-iyunda
Quyoshdan eng uzoq masofaga ketadi. Shundayam keragidan
ortiq yaqin ham bormaydi,
keragidan ortiq uzoq ham ketmaydi? Bu qonunlarni, aniqrog’i, qonuniyatlarni kim yaratgan?
Olloh emasmi?
Inson esa Ollohning bandasi emasmi? Mutloq erkin orzu qilish Tangriga ham xush kelmaydi...
Dostları ilə paylaş: