Tush
Boshimga tashvish tushsa,
bir narsadan qattiq siqilsam, onam tushimga kiradi. Quvonchli
damlarda esa,
xohlasam ham na onamni, na otamni tushimda ko’rolaman... Qiziq...
Halol va harom
Ba’zilar “halol va harom” deganda “ yeb-ichish mumkin bo’lgan
va yeb-ichish mumkin
bo’lmagan” narsani anglaydilar... yuzaki tushuncha! Aslida bu- “qilish mumkin bo’lgan va qilish
mumkin bo’lmagan” amallar degani hamdir…
Bilasiz: non eng tabarruk ne’mat. Biroq nopok yo’l bilan topilgan non ham harom! “Noningni
halollab ye”, degan gap bejiz aytilmagan.
Odat
Ishdan nega kech kelganingizni surishtirsa, hayron bo’lmang.
Bo’yinbog’ingizni yechishga ko’maklashish bahonasida yoqangizni hidlab ko’rsa,
hayron
bo’lmang.
Majlisda nima masala ko’rilganini so’rasa, hayron bo’lmang.
Majlisda necha kishi qatnashganligini so’rasa, hayron bo’lmang.
Kimning yonida o’tirganingizni so’rasa, hayron bo’lmang.
Telefoningizning rangi qanaqaligini so’rasa, hayron bo’lmang.
Necha kishi qo’ng’iroq qilganini so’rasa, hayron bo’lmang.
Qayerda tushlik qilganingizni so’rasa, hayron bo’lmang.
Bufet nechanchi qavatdaligini so’rasa, hayron bo’lmang.
Nima ovqat yeganingizni so’rasa, hayron bo’lmang.
Bufetchining yoshi nechadaligini so’rasa, hayron bo’lmang.
Sizga choyni qaysi qo’li bilan uzatganini so’rasa, hayron bo’lmang!
Boringki, oftob qaysi tomondan chiqqanini so’rasayam hayron bo’lmang.
Qiziquvchanlik-ayolning tabiiy odati!
Dostları ilə paylaş: