O’tkir Hoshimov daftar hoshiyasidagi bitiklar



Yüklə 419,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/20
tarix04.02.2023
ölçüsü419,84 Kb.
#82852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
daftar hoshiyasidagi bitiklar

Baxtli va baxtsiz 
Baxtli odam xudbin bo’ladi: baxtsizlarga achinmaydi. Baxtsiz odam ham xudbin bo’ladi: 
baxtlilarga g’ayirligi keladi. 
Da’vo 
Donolik bilan nodonlik shu qadar yaqinki, odam donolikni qancha ko’p da’vo qilsa, shuncha 
nodon bo’ladi! 
“Bilimdon” 
“Ayol qavmini ipidan ignasigacha bilaman”, deysizmi? O-o-o, siz daho ekansiz! Aytingchi, 
sharqdan sekundiga besh-yetti metr tezlikda esayotgan shamol o’n daqiqadan keyin shimolga 
buriladimi, janubgami? Yarim soatdan keyin izg’iringa aylanadimi, bo’rongami?... 
Xudoning qudrati 
Tabiat shunaqangi qudratliki, hohlasa, gulshanning qoq o’rtasida sassiq alaf o’stiradi. Hohlasa, 
botqoqning qoq o’rtasida nilufarni gullatib qo’yadi... 
 
Laylak 
Ona yosh edi. Ona navjuvon edi. Bola g’or edi, bola go’dak edi... Kunlarning birida ona-bola 
qishloqqa –uzoq qarindoshlarinikiga boradigan bo’lishdi. Ona qaddini g’oz tutib, tez-tez yurib 
borar, bola esa alang-jalang qilib atrofdagi manzaralarni tomosha qilar edi. Qishloq guzarida 
yarmini yashin uchirib ketgan bahaybat chinor bor ekan. Bola daraxtni ko’rib angrayibqoldi: 
chinorning tarvaqaylab o’sgan shoxida supradek kattakon uya qorayib ko’rinar, uyada esa 
oyog’i, tumshug’i uzun bir qush turar edi. Bola mo’jiza ko’rgandek taqqa to’xtab qoldi. 
- Anavi nima, oyi?- dedi o’sha tomondan ko’z uzmay. 
- Laylak, o’g’lim, laylak!- ona o’g’lining boshini silab qo’ydi. - Yura qol, jonim. Bola hech 
qachon bunaqa qushni ko’rmagan edi. Qush negadir bir oyoqlab turardi. U yana to’xtab qoldi. 
- Nima u, oyi? –dedi tag’in chinor uchiga ko’z tikib. -Laylak, o’g’lim, laylak. 
Nimaga bir oyoqda turibdi? Ona kuldi: 


Bir oyog’i charchagandir-da. Yura qol, jonim. 
Bola hech qachon bunaqa qushni ko’rmagan edi. Qush negadir bo’ynini cho’zib tumshug’ini 
osmonga qaratib silkitar, shunda “tarak-tarak” degan ovoz eshitilardi. Bola tag’in to’xtab qoldi. 
- Nima o’zi u, oyi? 
Uning ko’zlarida quvonch bor edi. Hayrat bor edi. Ona shoshib turardi. Mingta yumushi bor edi. 
Hali shaharga qaytishi kerak. 
- Laylak dedim-ku, jinnivoy,- deb ohista egilib, o’g’lining yuzidan o’pdi. – senga salom 
beryapti-da. 
Ona yosh edi. Ona navjuvon edi. ... Oradan o’ttiz besh yil o’tdi. Bola yigit bo’ldi. Ona keksayib 
qoldi. Oyog’idan mador, ko’zidan nur ketdi. 
Kunlardan birida ona-bola ittifoqo yana o’sha qishloqqa borib qoldilar. Yigit qaddini g’oz tutib 
tez-tez yurib borar, ona esa toliqqan oyoqlarini, og’ir-og’ir ko’tarib bosgancha harsillab kelardi. 
Guzardagi yarmini yashin uchirib ketgan chinor hali ham bor ekan. Buni qarangki, chinorning 
tarvaqaylab o’sgan shoxida hamon supradek kattakon uya qorayib ko’rinar, uyada esa oyog’i, 
tumshug’i uzun laylak turardi. Yigit laylakka bir qarab qo’ydi-yu qadamini tezlatdi. 
Orqada kelayotgan ona nursizlanib qolgan ko’zlarini chinorga, chinor shoxida qorayib turgan 
uyaga tikdi. Shoxda osilib turgan narsa ko’ziga g’alati ko’rindi. 
- Anavi nima, o’g’lim? – dedi to’xtab. 
-Laylak, oyi, laylak! 
Ona yaxshi eshitmadi. Uch-to’rt qadam yurib yana to’xtab qoldi. Savatdek narsa ichida bir nima 
oqarib ko’rinyapti. Qiziq... 
- Nima, o’g’lim? – dedi ko’zlarini pirpiratib. O’gil taqqa to’xtadi. G’ashi keldi. O’zi shoshib 
turibdi: mingta ishi bor! Odam qariganidan keyin ezma bo’lib qolarkan-da! -Laylak! –dedi 
jerkib. –Laylak deyapman-ku, karmisiz! 
Shunday dedi-yu, jahl bilan tez-tez yurib ketdi. Nachora, yigit yosh, yigit navqiron. Uning 
yumushi ko’p. hali shaharga qaytishi kerak… Uning yumushi ko’p. hali shaharga qaytishi 
kerak… Uning g’or, go’dak bolalari bor… 

Yüklə 419,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin