Otning ma’nosi va grammatik belgilari



Yüklə 170 Kb.
səhifə11/15
tarix28.11.2023
ölçüsü170 Kb.
#167874
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
2-ma\'ruza

Qaratqich kelishigi
Qaratqich kelishigidagi ot boshqa bir so‘zni o‘ziga qaratib keladi, qaratuvchi deb ataladi. Qaratilgan so‘z qaralmish bo‘lib, egalik affiksini olgan bo‘ladi. Guruchning kurmagi bor, yomonning to‘g‘mog‘i bor. (Maqol) Bunda ikki ot yoki otlashgan so‘zning o‘zaro munosabati ifodalanib, qaralmish turli kelishik shaklida kelib, har xil gap bo‘lagi vazifasini bajaradi: Muqaddas bu oilaning eng katta farzandi edi.
Qaralmishga egalik affiksi qaratqich kelishigidagi so‘z qaysi shaxsni ko‘rsatishiga muvofiq qo‘shiladi. Qaratqich kelishigining affiksi -ning, bu kelishikdagi so‘z kimning?, nimaning?, qayerning? so‘roqlariga javob bo‘ladi.
Qaratqich kelishigining bu morfologik varianti nutqda -ni shaklida talaffuz qilinadi, bir necha fonetik variantlariga ega: onani, choyyi, bahorri, terakki, tishshi, shikoyatti, kitoppi, ovvi. Bu holat jonli nutqda tushum kelishik shakli bilan omonimlashganlikni ko‘rsatadi.
Ba’zan (she’riy asarlarda) qaratqich kelishigi uchun uchinchi shaxs egalik affiksidan keyin -n shakli ishlatilib, tushum kelishigi bilan omonimlashadi.
Men, sen olmoshlari qaratqich kelishigi bilan turlanganda, bu kelishikning affiksi -ing shaklida bo‘lab, egalik bilan omonimlashadi: Sening yuraging.
Qaratqich kelishigidagi so‘z mustaqil so‘zga bog‘lanmay, ko‘makchi olib ham ishlatiladi: Sening bilan yashnasin bahor.
She’riyatda -im shaklida ham ishlatiladi: O‘zbekiston – Vatanim manim.
Qaratqich kelishigi ikki shaklda: belgili yoki belgisiz qo‘llanadi.
Belgili qaratqich ko‘plikdagi birinchi va ikkinchi shaxs kishilik olmoshlaridan bo‘lsa, ba’zan qaralmishdagi egalik tushib qoladi: Hammasi bizning qo‘l bilan yuzaga kelgan. Sizning ayvon, bizning ayvon emasmi?
Qaratqich kelishigining belgisiz qo‘llanishini bosh kelishik bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Kelishikning affiksga umuman ega emasligi boshqa-yu, affiks bo‘la turib belgisiz ishlatilishi boshqa hodisadir. Qaratqich kelishigining belgisiz qo‘llanishini belgili ko‘llash mumkin: jamoa majlisi jamoaning majlisi kabi. Bosh kelishikda, umuman, affiks yo‘q, bu kelishikni qaratqich kelishigining belgisiz ishlatilishi bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Belgili qaratqich anglatgan ma’no belgisiz karatqich anglatgan ma’nodan farq qiladi. Belgili qaratqichda «xususiy xoslik» aniq qarashlilik bo‘lsa, belgisiz qaratqichda umumiy xoslik bo‘ladi.
Belgili qaratqichda asosan quyidagi ma’no munosabatlari ifodalanadi:
1.Qaralmishda ifodalangan predmetning ma’lum shaxsga, narsaga tegishli ekani, aniqligi ta’kidlanadi: U bilan mashinasozlik zavodining katta sexida uchrashdim.
2.Qaralmishda ifodalangan otning biror jamoa yoki ilmiy, siyosiy tashkilotga tegishli, qarashli ekanini bildiradi: Masalan: Alisherni rektorning yordamchisi chaqirtirdi.
3.Qaratuvchi bo‘lib kelgan ot qaralmishda ifodalangan belgi yo xususiyatning tashuvchisi, egasi ekanligini bildiradi: Ota-onaning bahosi bo‘lmas.
4.Qaratuvchi bo‘lib kelgan ot qaralmishda ifodalangan harakat-holatning bajaruvchi ekanini bildiradi: Bu kishining ketmon urishi qorni to‘qning non tepishiga o‘xshaydi.
Qaratqich kelishigi quyidagi holatlarda belgili ishlatiladi:
1. Olmoshlar qaratqich kelishigida kelganda: Uning yuziga qon yugurdi. (Ammo o‘zlik olmoshida qaratqich kelishigi belgisiz ishlatilishi mumkin: O‘z uyim – o‘lan to‘shagim.)
2. Otlashgan so‘zlar qaratqich kelishigida kelganda: Ishlab topganning noni shirindir.
3. Qaralmish otlashgan so‘zdan bo‘lganda: Har bir narsaning yangisi, do‘stning eskisi yaxshi.
4. Qaratqich kelishigidagi so‘z kelishikkacha egalik affiksini olgan bo‘lsa: She’rimning mazmuni, fikrim, ijodimdasiz.
5. Qaratuvchi va qaralmish orasida biror so‘z kelsa: Uning shahlo ko‘zlari shodlikka to‘la.
6. Qaratuvchi maxsus aniqlovchiga ega bo‘lsa: Xursand, shod odamlarning g‘uvuridan o‘zimga keldim.
7. Qaratqich kelishigi qisqargan holda ishlatilsa, albatta, belgili ishlatiladi: Vatan tuprog‘in hidini sog‘indilar.
Qaratqich kelishigidagi otlar gapda asosan qaratuvchi vazifasida keladi. Qaratqich kelishigidagi so‘z (ko‘pincha kishilik olmoshlari) ko‘makchi bilan ishlatilib, analitik shakl hosil qiladi, gapda vositali to‘ldiruvchi vazifasida keladi: U mening bilan xo‘p og‘ayni.
Qaratqich shaklidagi ot so‘z birikmasining moslashuv aloqasida faol bo‘lib, ergash so‘zni to‘liq shakllantirgan holda ba’zan moslashuv va bitishuv aloqasining bosh so‘zi tarkibida ham qatnashishi mumkin. Boshqaruv aloqasida qatnasha olmaydi.

Yüklə 170 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin