Otning ma’nosi va grammatik belgilari



Yüklə 170 Kb.
səhifə15/15
tarix28.11.2023
ölçüsü170 Kb.
#167874
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
2-ma\'ruza

O‘rin-payt kelishigi
O‘rin-payt kelishigining shakli -da affiksi bo‘lib, bu kelishikdagi so‘z kimda?, nimada?, qayerda? (qayoqda?), qachon? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi.
O‘rin-payt kelishigidagi so‘zlar quyidagi ma’nolarni anglatadi:
Shaxs va narsaning o‘rnini bildiradi: Hali tunning barqut etagi yerda.
Harakat va holatning bajarilish o‘rnini bildiradi: Tomirlarda kezgan qaynoq qon. Mehnatda yaralgan saodat ko‘rkin, Yurakda jaranglar kuyi, ohangi.
Harakat va holatning bajarilish paytini bildiradi: Tongda chiqib ketdi. Ba’zan -da affiksi qatnashmasligi ham mumkin: Sahar ketar cho‘pon tog‘iga. Yer haydasang kuz hayda.
Harakatning bajarilish holatini yoki harakat va holatning obyekti bo‘lgan predmetni bildiradi: Ular musiqani chuqur sukutda tinglar edi.
Harakatning bajarilishida sabab, vosita bo‘lgan narsani bildiradi: Biz pahlavonmiz, suyagimiz mehnatda qotgan.
Shaxs, predmetlarning bir ish bilan shug‘ullanishini, harakat va holatning nima to‘g‘risida, nima jihatdan bo‘lishi kabi ma’nolarni anglatadi: Yigitlar hunar o‘rganishda, po‘lat quyishda Ma’rufdek usta kishilarga yaqinlashmoqda.
O‘rin-payt kelishigidagi so‘z kimda?, nimada? so‘roqlariga javob bo‘lib, predmet ma’nosiga ega bo‘lsa, gapda to‘ldiruvchi vazifasida keladi.
Bu kelishikdagi so‘z holat, payt, sabab, vosita ma’nolarini anglatib, qanday?, qayerda?, qachon? kabi so‘roqlarga javob bo‘lsa, gapda o‘rin, payt, ravish, sabab holi vazifasida keladi: Biz ularni bog‘da kutib olamiz. Yozda qilingan mehnat, kuzda ko‘rsatar himmat.
O‘rin-payt kelishigida kelgan so‘z sodda gapning kesimi vazifasida ham keladi: Maktab uch qavatli binoda edi.
Savol va topshiriqlar:

  1. Kelishik qanday kategoriya sanaladi?

  2. Faqat bir turkumga bog‘lovchi kelishik qo‘shimchalari qaysilar?

  3. Qaysi kelishiklar belgisiz ishlatilishi mumkin?

  4. Kelishiklardan qaysilari qisqargan shaklda ishlatiladi?

  5. Qaysi kelishik barcha sintaktik vazifada kela oladi?

  6. Grammatik ko‘p ma’nolilik qaysi kelishiklarda mavjud?

  7. Grammatik omonimlik qaysi kelishikda uchraydi?

  8. Qaysi kelishiklar o‘zaro sinonim sifatida ishlatiladi?

  9. Qaysi kelishiklar o‘zaro sinonim sifatida ishlatiladi?

  10. Qaysi kelishik affikslari ko‘makchilar bilan sinonimlik hosil qiladi?

  11. Qaysi kelishiklar ko‘makchilar bilan ishlatiladi?

  12. Qaysi kelishikdagi otlar barcha sintaktik vazifada kela oladi?

  13. Eng kam gap bo‘lagi bo‘lib keladigan kelishik shakli qaysi?

  14. Qaysi kelishik shaklidagi otlar sintaktik aloqa ifodalamay sintaktik munosabat bildira oladi?




1 Ўзбек тили грамматикаси. – Тошкент: Фан, 1975. – Б.190.

Yüklə 170 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin