Otning ma’nosi va grammatik belgilari



Yüklə 170 Kb.
səhifə7/15
tarix28.11.2023
ölçüsü170 Kb.
#167874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
2-ma\'ruza

Egalik kategoriyasi
Predmetning uch shaxsdan biriga taalluqli ekanligini anglatuvchi umumiy ma’nolar va ularni ifoda qiluvchi shakllar tizimi egalik kategoriyasidir. Predmetning uch shaxsdan biriga mansubligini ko‘rsatuvchi morfema egalik affiksi deyiladi.
Egalik affikslari shaxs ma’nosi bilan birga uning (shaxsning) sonini (birlik yoki ko‘pligini) ham ko‘rsatadi: savolim savolimiz, kitobing – kitobingiz kabi. Egalik kategoriyasining asosiy affikslari quyidagicha:



Shaxs

Birlik

Ko‘plik

I

-m

-miz

II

-ng

-ngiz

III

-i

-i

Egalik affikslaridan I va II shaxs ko‘rsatkichlari unli tovush bilan tugagan so‘zlarga, III shaxs ko‘rsatkichi undosh tovush bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda, fonetik variant hosil qilmaydi: onam, akang, kitobi. Boshqa holatlarda esa fonetik variantlarga ega bo‘ladi: birinchi va ikkinchi shaxs affikslari undosh bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda i tovushi, uchinchi shaxs egalik affiksi unli bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda s tovushi orttiriladi: kitobim, kitobing, kitobimiz, kitobingiz, onasi. Bunda i va s tovushlari fonetik talabga ko‘ra orttirilgan bo‘lib, tutashtirish vazifasini bajaradi. Bu o‘rinda singil tipidagi so‘zlarning III shaxs formasi diqqatni o‘ziga tortadi. Gap shundaki, bu so‘z III shaxsda singlisi shaklida bo‘ladi. Bunda o‘zak bilan -si orasidagi i ni og‘iz kabi so‘zlarning III shaxs formasidagi i affiksi hisoblab, singlisi so‘zida egalik affiksi ikki marta qo‘shilgan deb qarash mumkin, lekin aslida esa bunday emas. Singlisi so‘zidagi i fonemasi asli I va II shaxslarda tutashtiruvchi funksiyani bajaruvchi i tovushining o‘zidir. Hozirgi tilimizda esa so‘z material strukturasining qayta bo‘linish qonuniyati asosida i tovushi o‘zak tarkibiga o‘tgan. Natijada singil o‘zagining ikkinchi varianti (singli) shakllangan. Bunga egalik affiksi qo‘shilganda, s undosh tovushi orttirilgan. Shunga o‘xshash hodisa otlashgan bir sonida ham yuz bergan. Bir so‘zining III shaxs formasi hozirgi tilimizda ikki variantga ega: talabalarning biri talabalarning birisi. Ikkinchi variantda i fonemasi morfologik mohiyatini yo‘qotib, o‘zak va affiksni tutashtiruvchi vazifani bajarayotir.

Yüklə 170 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin