Otning ma’nosi va grammatik belgilari



Yüklə 170 Kb.
səhifə4/15
tarix28.11.2023
ölçüsü170 Kb.
#167874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2-ma\'ruza

Son kategoriyasi
Otlarga xos bo‘lgan morfologik belgilardan biri grammatik son kategoriyasi hisoblanadi. O‘zbek tilida son kategoriyasini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgan birlik va ko‘plik shakllari tashkil etadi. Birlik shaklidagi otlar bir jinsdagi predmetlardan bittasini anglatadi: daftar, kitob, uy, bola. Ko‘plik shaklida esa bir jinsdagi predmetlarning ikki va undan ortiq, lekin konkret bo‘lmagan miqdori ifodalanadi: daftarlar, maktablar, uylar, bolalar. Ko‘plik shakli -lar affiksi bilan yasaladi. Birlikning esa maxsus affiksi yo‘q; birlik -lar affiksining yo‘qligiga ko‘ra belgilanadi. Demak, bir narsani va ularning aniq bo‘lmagan ko‘pligini ifodalash son kategoriyasining mazmunini tashkil qiladi.
Otning birlik shakli yakka, bir predmetnigina anglatib qolmay, umuman shu turdagi predmetlarni (Hali yetilmagan, endi qizargan jiydani barg aralash yula boshladi; Quvnaydi havasdan ko‘z bilan ko‘ngil. Yigitning qanoti ot.) ham ifodalaydi. Bu ma’nolar esa matn ichida aniqlanadi.
O‘zbek tilida ham birlik, ham ko‘plik shakliga ega bo‘lgan otlardan tashqari, faqat birlik shaklida qo‘llanadigan otlar ham mavjud. Bunday otlardagi son shakli birlik va ko‘plikka ega bo‘lgan otlar anglatgan ma’noni bera olmaydi. Masalan, predmetlarning jamlanganligini, butunligini, yig‘indisini, umumiyligini anglatgan otlar (o‘rtoqlik, bolalik, sut, bug‘doy, suv, un, yog‘) birlik shaklida bir jinsdagi bir predmetni anglatmaydi, balki bir butun sifatida qaraladigan ko‘p predmetni bildiradi. Bunday otlar ko‘plik shaklida kelganda, shu predmetlarning miqdorini emas, balki uning turini, navini va jinsini anglatadi. Shuning uchun faqat birlik son shakliga ega bo‘lgan otlar umuman grammatik son bildirish xususiyatiga ega emas. Bu otlar sanalishi mumkin bo‘lmagan predmetlarni bildiradi (temir, asal, kerosin).
Son shakllarida kelishi jihatidan otlar ikki turga bo‘linadi:

  1. birlik va ko‘plik shakliga ega bo‘lgan otlar;

  2. faqat birlik shakliga ega bo‘lgan otlar.


Yüklə 170 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin