Otning ma’nosi va grammatik belgilari



Yüklə 170 Kb.
səhifə6/15
tarix28.11.2023
ölçüsü170 Kb.
#167874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2-ma\'ruza

Semantik usul bilan ko‘plik hosil qilinganda otlar birlik formada bo‘lsa-da, mazmunan ko‘plik ifodalaydi: olomon, to‘da, jamoa, guruh, poda.
Otlarning faqat birlik shaklida qo‘llanishi asosan donalab sanash mumkin bo‘lmagan narsalarni ataydigan otlarga va umuman ko‘plik bildirmaydigan otlarga xos xususiyatdir. Bular asosan quyidagilar:
Mavhum otlar ko‘plik affiksini olmaydi: muhabbat, bolalik, rassomlik, mardlik, vatanparvarlik, elektrlashtirish kabi.
Sanalmaydigan, faqat o‘lchanadigan jism va narsalarni anglatadigan otlar, odatda, birlikda ishlatiladi: tuz, yog‘, kerosin, asal, temir, suv, uzum, choy, bug‘doy, qum, un.
Jism bildiruvchi otlarga -lar affiksi qo‘shilsa, aniq jismning ko‘pligini bildirmaydi, balki tur, nav, mo‘llik ma’nolari anglashiladi: mineral suvlar, choylar, tuzlar, uzumlar.
3.Organizmdagi juft a’zolarni, shuningdek, juft narsalarni bildiruvchi otlar asosan birlikda ishlatiladi: qo‘l, ko‘z, qosh, lab, barmoq, etik, kalish. Bu otlar -lar affiksi bilan qo‘llanganda, bo‘linadigan juftlikni bildiradi: qo‘llar (o‘ng va so‘l), lablar (yuqori va pastki), ko‘zlar (o‘ng va chap). Bu ko‘zlarda tuyg‘unlik, olijanoblik, ko‘ngilning bahoriy tozaligi, iliqligi jilvalanar edi.
4.Asli o‘zi bittadan ortiq bo‘lmaydigan narsalarning nomi har vaqt birlikda ishlatiladi. Bunday otlarga -lar affiksi qo‘shilganda kuchaytirish, mubolag‘a, ta’kid ma’nolari ifodalanadi: Tillarimda titroq soz emas, sevinch to‘ladir. YAna dillarimda nash’alar o‘ynar. Mening boshlarimga tegib o‘tdilar.
5.Atoqli otlar, asosan, birlikda ishlatiladi. Ular umumlashtirish, birgalik kabi ma’nolarni bildirsa, -lar affiksini oladi:
Hamzaobodlarda, sahnalarda yashnar,
Sening orzularing, sening o‘ylaring.
Tursunali akalar uyidagi ochiqlik, samimiylik, bir-biriga bo‘lgan sodda munosabat uni o‘ziga tortib olgan edi.

Yüklə 170 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin