Profilaktikasi. Avvalo o’tkir gastrit profilaktikasidan iborat bo’lib, bu ovqatdan zaharlanish, sanoat va maishiy zaharlardan zaharlanishning oldini olishni o’z ichiga oladi. Oziq-ovqat mahsulotlariga yaxshi pazandalik ishlovi berishga, ayniqsa yirik umumiy ovqatlanish korxonalarida tayyorlash jarayoni ustidan sanitariya nazorati olib borish ovqatdan zaharlanishdan saqlab qoladi. Surunkali gastritning oldini olish uchun qorin bo’shlig’i a’zolarining ham o’tkir, ham surunkali yallig’lanish kasalliklari: kolit (yo’g’on ichak yallig’lanishi), xolesistet (o’t qopchasi yallig’lanishi), appendiset (chuvalchangsimon o’siq yallig’lanishi) ga qunt bilan o’z vaqtida davo qilish zarur. Bundan tahqari, otit, gaymorit, kabilarni o’z vaqtida davolashning ahamiyati ham katta.
Spirtli ichimlikni, ayniqsa qo’lda tayyorlangan alkogolli ichimliklarni suiste’mol qilishga qarshi uzil-kesil kurash olib borish zarur. Samogonda juda ko’p zararli birikmalar (sivush moyi) bo’ladi, ular me’da shilliq pardasi avvaliga birmuncha qalin tortadi, so’ngra atrofiyaga uchraydi. Buzilib qolgan oziq-ovqat mahsulotlarini, pazandalik jihatidan yetarlicha ishlov berilmagan ovqatni yeyish mumkin emas, o’tkir ziravorlarga ruju ruju qilmaslik kerak.
Birlamchi va ikkilamchi profilaktika degan tushuncha mavjud. Agar gastrit kasalligi (o’tkir va surunkali) profilaktikasi birlamchi bo’lsa, surunkali gastrit asoratlarining profilaktikasi ikkilamchi hisoblanadi. Surunkali gastrit profilaktikasining uning zo’rayishining oldini olishdir. Agar davo tadbirlari bilan potologik jarayonni to’xtatishga va hatto me’daning normal faoliyatlarini amalga tiklashga muvaffaq bo’linsa, remissiya bosqichi (baqaror yaxshilanish) yuz beradi. Bu davrda gastrit zo’rayishining oldini olish uchun, bemor kuntartibiga ayniqsa qattiq rioya qilishi kerak. Bu avvalo me’yorli ovqatlanish tartibi, mehnat va dam olish davrlarini to’g’ri alishtirib turishdan iborat.
Surunkali gastritli bemorning ovqatlanish ritmi buzilishi va ichakni o’z vaqtida bo’shatib, bo’lmasligi bilan bog’liq ishni bajarishi tavsiya etilmaydi, bu ham hazm apparatining har qanday kasalligida ayniqsa zararli. Bundan tashqari, bemor juda issiq ovqat, o’tkir taomlar, sho’r va dudlangan mahsulotlar yeyish mumkin emas. Gastritda ovqat hazm qilish jarayoni buzilgan, shuning uchun ovqat me’daga mexanik jihatdan yaxshi ishlov berilib turilishi kerak. Buning uchun go’sht qiyma qilinadi, sabzavotlar qirg’ichda maydalanadi va hokazo. Biroq og’iz bo’shlig’ida ovqatga mexanik ishlov berishda to’la qimmatli chaynov apparati muhim rol o’ynaydi, shuning uchun tishlarni o’z vaqtida davolatish va kerak bo’lsa suniy tish qo’ydirish me’da kasalliklari, shu jumladan gastrit profilaktikasining chorasi hisoblanadi.
Adabiyotlar: Ichki kasalliklar F.I.Kamarov, V.G.Kukes., A.S. Smetnyov., Tibbiyot nashriyoti, Moskva 1981 yil 4-85 betlar.
Ichki kasalliklar O’.B. Sharopov. Abu Ali Ibn Sino nashriyoti Toshkent 1994 yil.
3. Ichki kasalliklar S.N.Bobojonov, Abu Ali Ibn Sino Toshkent 2003 yil. 4. Tibbiyot hamshiralari o’quv qo’llanmasi Ramazonova R.A. Syomina Yu. G. Toshkent O’qituvchi nashriyoti 224-232 betlar.