Patologik antomiyasi. Morfologik o’zgarishlar bezning shishishi, hol-hol qon qo’yilishi, nekroz bo’lishi, biriktiruvchi to’qima o’sib ketishi va bez hujayra elementlarining asta-sekin atrofiyaga uchrab borishi bilan ifodalanadi. Bezning ayrim bo’lakchalari orasi ham, ularning ichida ham sklerotik jarayon avj olib boradi. Kasllikning dastlabki davrida bez bir qadar kattalashadi, keyinchalik chandiqli o’zgarishlar ham ohaklanish vujudga kelib, zichlashadi va kichrayadi.
Kilinik ko’rinishi.Xastalik turiga, kechishiga, a’zolar shikastlanish darajasiga bog’liq bo’lib, qo’yidagi belgilar bilan ifodalanadi.
-Qorinning ustki yarmida simillab turadigan va sanchiqsimon og’riqlar bezovta qiladi. Agar potologik jarayon asosan me’da osti bezi boshini zararlasa-og’riq epigastriya sohasining o’ng tomonida, aksariyat va tanasi shikastlansa-og’riq epigastriya sohasining chap tomonida, jarayon bez dumida rivojlansa-og’riq chap qobirg’a ostida joylashadi. Og’riq ko’pincha belga beriladi va qamrab oluvchi xarakterda bo’lib, epigastriya sohasidan qobirg’a yoyi bo’ylab umurtqa pog’onasiga tarqaladi. Og’riq gohida stenokardiyaga o’xshab chap kurakka, chap yelkaga yo’nalishi mumkin. Og’riq aksari, ko’p miqdorda yog’li ovqat yoki ichkilikdan keyin paydo bo’ladi. og’riq davomiyligi-bir necha soatda bir necha kungacha.
-Despepsiya o’zgarishlari–ishtaha pasayishi yoki yo’qolishi, yog’li ovqatga nefrat, ko’ngil aynishi va qusish, so’lak oqishi, qorinning dam bo’lib turishi va quldirashi, kekirish surunkali panreatitda doimo kuzatiladi.
-Najasning xastalikka xos o’zgarishi-pankteatogen ich ketishi. Surunkali pankreatitning yengil holatida naja deyarli o’zgarmaydi, ich surishining ich qotishi bilan almashinib turishi kuzatiladi. Najas qo’llansa hidli, kulrang bo’tqasimon bo’lib, unda bir talay yog’ (steatoriya-“yog’li najas”) va hazm bo’lmagan mushak tolalari (kreatoriya) bo’ladi.
-Me’da osti bezining tashqi sektori, faoliyati yetishmovchiligi, hazm qilish ichakda so’rilishi jarayonining buzilishi natijasida oriqlash rivojlanadi. Bunga yana ishtahaning yo’qolishi ko’maklashadi.
-Ko’p hollarda me’da osti bezi endokren apparatining buzilishlari kuzatiladi. Aksariyat karbon suv modda almashinuvi buzilishi birlamchi pankreatitda vujudga keladi. Pankretit diabetida o’ziga xos xususiyatlar mavjud: og’ir darajadagi holat juda kam uchraydi, ketonuriya kuzatilmaydi, diabet komasi rivojlanmaydi. Bunda diabet odatda pankreatit belgilari paydo bo’lgandan 1-3 yil o’tgach vujudga keladi. Qonda va siydikda qand miqdorining ko’payishi patologik jarayon zo’rayishi bilan bog’liqdir.
-Ko’rishda shishib kattalashgan me’da osti bezi bosh bilan umumiy o’t yo’lining bosilishi natijasida ba’zan badan terisi va ko’zning oqi (sklerasi) sarg’ayibroq turgani, qorin terisi ostida qon qo’yilib, qolgani aniqlanadi.
-Qorining chuqur paypaslaganda me’da osti bezi sohasida og’riq seziladi. Qorin devori yupqalashgan oriq bemorlarda gohida me’da osti bezi yo’g’on qayish ko’rinishida qo’lga ushlanishi mumkin.