Kechishi.–uzoq cho’zladigan bo’lib, vaqti-vaqti bilan bosilib va zo’rayib turadi. Me’da osti bezi faoliyati sezilarli darajada o’zgarmasa, xastalik oqibati yaxshi, agar qandli diabet rivojlansa, oqibati yomonlashadi.
Davosi. Konservativ (terapevtik) va jarrohlik usllari bilan bajariladi. Surunkali pankreatitning asoratsiz turida konservativ davolash qo’llaniladi.
Xastalikning zo’rayish davrida bezning tashqi sekretor faoliyatini pasytiruvchi muolajalar buyuriladi.
-Och qolish, ma’danli suvlarni iste’mol qilish.
-Infuzion terapiya-venaga tomchilab reopoliglyukin, gemodez, fiziologik eritma, agar qandli diabet bo’lmasa 5 foizli glyokoza eritmasi yuboriladi.
-Antiferment moddalar-gordoks, kontrikal yoki trasilol, selol yoki pantripin venaga tomchilab yuboriladi.
-Xolinolitiklar (metasin, atroppon, platifillin), spazmolitiklar (papaverin, noshpa), ganglioblokatorlar (benzogeksoniy, kvateron, serukal, baralgin) yallig’lanish jarayonni rivojlanishida bakteriyalar ishtiroki aniqlansa, antibiotiklar (levamitsitin, tetrasiklin, morfosiklin, siparin), lepotrop moddalar (lipokain, metionin) qo’llaniladi.
-Pankreatit fermentlar-(pankreatit, panzinorm, festal) o’rinbosar davo maqsadida steatoriyani davolash va og’riqni kamaytirish uchun beriladi.
-Paranefral yoki paravertebral novokainli blokada-og’riqni bosish uchun tavsiya qilinadi.
Xastalikni renissiya davrida:
-Parhez ovqatqaynatilgan, bug’da dimlangan bo’lib, oz-ozdan iliq holda kuniga 5-6 marta beriladi. Taom tarkibida ko’p miqdori oqsil (130-150g), uning yarmidan ko’pi hayvon oqsili (yog’iz go’sht, baliq, tvorog, pishloq), yog’ (80-70g gacha) va korbon suvlar (200-250g gacha) kamaytiriladi. Parhez taomni yetarli miqdorda vitaminlar, ka’liy, kalsiy, fosfor tuzlari, temir tutuvchi mahsulotlar, lipotrop moddalar bilan boyitiladi. Parhezning umumiy kaloriyasi 3500-4000 kkal bo’lishi kerak. Ovqatlanishda ham sabzavot va mevalar, qora non, sut, xamir ovqatlar, konservalar, spirtli ichimliklar iste’moli man etildi.
-Pankereatit fermentlar, vitaminlar, lipotrop, moddalar qabuli davom ettiriladi.
-Metabolik ta’sir ko’rsatuvchi moddalar-pentoksil 0,2-0,4g gacha 4 mahal yoki metirulasil 1g dan kuniga 3-4 marta 3-4 hafta davomida qabul qilinadi.
-Hamroh kasalliklarini davolash.