Ovqat hazm qilish sistemasi kasalliklari gastrit, surunkali pankreatit Reja



Yüklə 91,5 Kb.
səhifə7/11
tarix02.05.2023
ölçüsü91,5 Kb.
#105752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ovqat-hazm-qilish-sistemasi-kasalliklari-gastrit-surunkali-pankreatitarxiv.uz

Profilaktikasi.

  1. Surunkali pankreatitning vujudga kelishida etiologik rol o’ynaydigan kasalliklarni (oshqozon, ichak, o’t yo’llari kasalliklari) o’z vaqtida to’la-to’kis davolash.

  2. Surunkli zaharlanishga (alkogolizm, saturnizm) barham berish.

v. Tartibli ovqatlanish
g. Semirishni oldini olish
Surunkali gastrit-me’daning surunkali distrofik yallig’lanishi bo’lib, unda me’daning shira ajratish va marom bilan harakat qilishi buziladi. Surunkali gastrit ovqat hazm qilish organlari kasalliklari orasida yetakchi o’rin egallaydi.
Etiologiyasi. Rivojlanish sabablari ko’p, aksariyat hollarda bir necha sabablardan rivojlanishi mumkin.

  1. Egzogen sabablar.

  2. Endogen sabablar

Egzogen sabablarga: surunkali gastritning kelib chiqishida 1982 yilda Avstraliyalik olimlar Varren, Matchel, spiralga o’xshagagan bakteriyaning rolini ta’kidlaydilar. Uning nomini Kampil piloriy bakteriyasi deb atagan. Oshqozon shililq qavati biopsiya qilib tekshirilganda shu mikrob 100% hollarda topilgan. Ovqatlanishning buzilishi. (ovqatlanish me’yorining buzilishi, o’ta to’yib ovqatlanish, to’liq chaynamasdan yutish, qattiq, achchiq, issiq ovqatlar iste’mol qilish). Chekish va spirtli ichimliklar ichish. Asabiy zo’riqish. Kasbga oid zararli moddalar. (metal, paxta changlari, kislota va ishqorlar). Dorivor moddalarni uzoq vaqt iste’mol qilish.
Endogen sabablarga: surunkali yallig’lanish (og’iz bo’shlig’i va xalqumning, nafas olish organlarning yallig’lanish kasalliklari, o’pka sili, surunkali xolesistit, enteropolit) kiradi. Endokrin bezlar kasalliklari (Addisson kasalligi, gipotireoz, bo’qoq, Isenko Kushing kasalligi, qandli diabet). Kasallangan organlardan reflektor ta’sir etishi (xoletsistit, gipotet). Modda almashinuvining buzilishi (o’ta semizlik organizmda temir moddasining yetishmasligi, podagra). To’qima gepoksiyasiga olib keluvchi kasalliklar (yurak tomir yetishmovchiligi, jigar va buyrak yetishmovchiligi). Allergiya natijasidagi surunkali gastrit. O’tkir gastrit o’z vaqtida davolanmasligi.

Yüklə 91,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin