g. Soxta o’smali (psevdotumorozli) pankreatit-5-10 foiz holatlarda, aksariyat alkogoliklarda uchraydi. Mazkur xastalik turining asosiy klinik ko’rinishi-turg’un, og’ishmay ko’payib boradigan va uzoqqa cho’ziladigan xarakterdagi jarayon me’da osti bezining bosh sohasiga joylashadi va uni anchagina kattalashtiradi. Sarg’ayishdan tashqari barvaqt bezning funksional yetishmovchiligi belgilari (oriqlash, dispepsiya o’zgarishlari) ham paydo bo’ladi.
d. Sklerozlovchi pankreatit. Xastalikning bu turida jigar ostidagi umumiy o’t yo’lining zichlanib qattiqlashgan bez to’qimasi bilan ezilishi natijasida mexanik sariqlik kuzatiladi.
Asoratlari: -bezning absessga uchrashi.
-taloq venasida tromboz paydo bo’lishi.
Tashxisi. Epigastriya sohasida yoki chap qovurg’a ostida joylashgan, qamrab oluvchi xarakterdagi og’riq, uning ovqatlanish tartibi buzilishi bilan bog’liqligi, qusish va qayt qilganda bemor ahvolining yengillashmasligi, beqaror yog’li najas, laboratoriya tekshirishlari ma’lumotlari, (qonda va siydikda amilaza, qonda lipaza faolligining ortishi) rentgen va ultratovush ko’rsatkichlari tashxisni asoslaydi.
Qiyosiy tashxisi. -Me’da osti bezi saratoni tashxisini aniqlashda asbob-uskunalar yordamida o’rkaziladigan zamonaviy tekshirish usullari-pankreatoangiorentgengrafiya, pankreatoduktorentgenografiya (virsungografiya) muhim ahamiyat kashf etadi. Bular duadenofibroskop, exografiya, radioizotop skanirlash va kontrast moddani me’da osti bezi shira chiqarish yo’liga yuborish orqali o’tkaziladi.
-Surunkali enteret, surunkali ichburug’, ichak silikasalliklaridan surunkali pankreatit me’da osti bezining funksional tetishmovchiligi belgilarining aniqlanishi bilan farqlanadi.
-Surunkali xolesistit, diskineziyasi, o’t tosh kasalligida anamnez ma’lumotlari ahamiyatli. Mazkur kasalliklarda og’riq odatda o’ng qovurg’a ostida joylashadi, o’ng kurakka va yelkaga tarqaladi, surunkali pankreatitda esa og’riq ko’pincha epigatriya sohasida yoki chap qovurg’a ostida aniqlanadi va o’rab oluvchi xarakterda bo’ladi. Duodenum suyuqligida xolesistetda-ko’p miqdorda leykositlar, epiteley hujayralari, xolesestein kristallari aniqlanadi; o’t pufagi bitib yoki burishib qolishi natijasida o’tning “V” ulushi ajralmaydi; surunkali pankreatitda esa-asosiy o’zgarishlar oshqozon osti bezi fermentlari miqdorida kuzatiladi. Rentgent va ultratovush tekshirishlari surunkali xolesistetda o’t pufagi shakli va qisqarish qobiliyatining buzilganligi, devori holatini va unda ko’p krementlar borligini, surunkali pankreatitda esa-me’da osti bezi ohaklanishini, hajmining kattalashganligini aniqlaydi. Lekin o’t yo’llari va me’da osti bezi yallig’lanish holatlarini birlikda uchrashishini ham doimo yodda saqlash lozim.