GRAND O‘QUV MARKAZI
OVQAT HAZM QILISH SISTEMASI
Ovqat hazm qilishning ahamiyati
Ovqat hazm qilish murakkab fiziologik jarayon bo'lib, bunda ovqat fizik va kimyoviy o'zgarishlar natijasida mayda zanrachalarga parchalanib, oshqozon va ichak bo`shlig`idan qon hamda limfa tomirlariga so'riladi.
Ovqat og'iz bo'shlig'ida tishlar yordamida, oshqozonda va ichakJarning mayatniksimon hamda peristaltik harakati natijasida maydalanishi fizik o'zgarish deb ataladi. Ovqat tarkibidagi oqsil, yog', uglevodlaming fermentlar ta'sirida parchalanishi kimyoviy o'zgarish deb ataladi. Ovqatni parchalovchi fermentlar uch guruhga bo'linadi:
I. Proteazalar - oqsillarni parchalovchi fermentlar.
2. Lipaza - yog'lami parchalovchi ferment.
3. Karbogidrazalar - uglevodorodlarni parchalovchi fermentlar.
Bu fermentlar til osti, ichaklarning shilliq qavati ostida joylashgan bezlardan hamda oshqozon osti bezidan ishlab chiqariladi.
Fizik va kimyoviy o'zgarishlar natijasida ovqat tarkibidagi oqsillarning parchalanishidan aminokislotalar, yog'larning par¬chalanishidan glitserin va yog' kislota, uglevodlarning parchalanishidan monosaxaridlar hosil bo'ladi. Ular oshqozon-ichakJar devoridagi qon va limfa tomirlariga so'riladi.
Ovqat hazm qilish a'zolarining tuzilishi va vazifasi
Ovqat hazm qilish sistemasi og'iz bo'shlig'i, halqum, qizilo'ngach, me'da, o'n ikki barmoq ichak, ingichka va yo'g'on ichaklar hamda oshqozon osti bezi va jigar kabi organlardan tashkil topgan (4-rasm).
Lablar. Yuqori va pastki lablar muskullardan iborat bo'lib, ular og'izning kirish qismini hosil qiladi. Lablar juftlashganda og'izning kirish qismi yopiladi.
Og'iz bo'shlig'i ovqat hazm qilish sist emasining boshlang'ich qismi bo'lib, unda tishlar, til va so'lak bezlarining kanalchalari joylashgan. Og'iz bo'shlig'ida oziq moddalar aksariyat fizik va qisman kimyoviy o'zgarishlarga uchraydi (5, 6-rasmlar).
Tishlar, ularning tuzilishi va gigiyenasi. Tishlar ikki xil bo'ladi: sut tishlari - 20 ta, doimiy tishlar - 32 ta. Sut tishlari bolaning
4-rasm. Ovqat hazm qilish a'zolari:
1- tomoq-halqum; 2- quloq oldi so'lak bezi; 3- qizilo'ngach; 4- me'da; 5- o'n ikki barmoq ichak; 6 - jigar va o't pufagi; 7-me'da osti bezi; 8 - ingichka ichak; 9¬ko'richak; to - ko'richakning chuval-simon o'simtasi; 11 - yo'g'on ichak; 12- to`g`ri ichak.
olti oyligidan ikki yoshigacha chiqadi. Sog'lom bola bir yoshga to'lganida uning 8 ta, ikki yoshga to'lganida - 20 ta sut tishi bo'ladi. Bola olti yoshligidan to o'n ikki yoshigacha sut tishlari tushib, ularning o'rniga doimiy tishlar chiqadi. Doimiy tishlar soni 32 ta bo'lib, yuqori va pastki jag'da 16 tadan, jag'larning o'ng va chap tomonida 8 tadan
5-rasm. Og'iz bo'shlig'i:
1- yuqorig'i jag' tishlar; 2- pastki jag' tishlar; 3- tomoqdagi bodomsimon bez; 4- til; 5- yumshoq tanglayning tilchasi; 6- umshoq tanglay; 7- qattiq tanglay.
6-rasm. Katta oziq tishning tuzilishi: 1- emal qavati; 2- dentin qavati; 3- sement qavati; 4- qon tomirla¬ri; 5- nerv tolalari.
7-rasm. Kasallangan tishlar:
1- sog' tish; 2- tishning kariyes kasalligi; 3- tishning pulpit kasalligi; 4- tishning nekraz kasalligi.
bo'ladi. Shulardan oldingi 2 tasi kesuvchi (kurak), bittasi qoziq, ikkitasi kichik oziq tish va uchtasi katta oziq tishlardir. Doimiy tishlarning 28 tasi 12-14 yoshgacha chiqadi. 4 tasi, ya'ni yuqori va pastki jag'lardagi oxirgi katta oziq tishlar (aql fishlar) 18 yoshdan keyin chiqadi. Tish uch qismdan iborat; tish toji (koronka), bo'yni va ildizi. Tishning ko'rinib turgan tashqi qismi koronka deb atalib, u oq emal moddasi bilan qoplangan. Bu modda tishga qattiqlik xususiyatini beradi. Tishning milk bilan birikkan joyi uning bo 'yin qismi deb ataladi. Tishning ildiz qismi jag' suyaklariga birikkan bo'ladi. Tishning ichki qismida bo'shliq bo'lib, u yerda qon tomirlari va nerv tolalari joylashgan. Zararlangan tish o'z vaqtida davolanmasa, chirigan tishdagi mikroblar qonga o'tib, yurak, buyrak, jigar va miya kabi hayotiy muhim organlarda og'ir kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin (7-rasm). Tishlarning sog'lom bo'lishi ovqatni chaynash, yutish va hazm qilish, nutqning rayon bo'lishi, so'zlarni to'g'ri talaffuz qilishda ham muhim ahamiyatga ega. Tishni sog'lom saqlashda gigiyena qoidalariga amal qilish zamr. Tish sog'lom bo'lishi uchun eng avvalo uning emal qavatini ehtiyot qilish zarur. Buning uchun tishda danak, yong'oq kabilarni chaqmaslik, qattiq buyumlarni tishlamaslik kerak, unga kislotali moddalarni tekkizmaslik, issiq ovqat ketidan tezda sovuq ichimlik yoki ovqat iste'mol qilmaslikzarur. Tishni mustahkam saqlash uchun ovqat tarkibida yetarli miqdorda vitaminlar va mineral tuzlar bo'lishi lozim. Buning uchun ko'proq har xil ko'katlar (piyoz, sarimsoq, ukrop, shivit kabilar), sabzavot va mevalarni muntazam iste'mol qilib tmish lozim. Shirinliklarni ko'p iste'mol qilish tishlarning yemirilishiga sabab bo'ladi, chunki shirinlik ikroblarning ko'payishi uchun qui ay sharoit yaratadi. Tishni kasallanishdan saqlash uchun og'iz bo'shlig'ida, tishlar orasida ovqat qoldiqlari qolishiga yo'l o'ymaslik kerak, chunki ular mikroblar o'payishiga qulay sharoit yaratadi. Har kuni uxlash oldidan tishni tish pastasi yoki poroshogi bilan yuvish lozim. Shuningdek, ovqat iste'mol qilgandan keyin og'izni iliq suv bilan chayish zarur. Tishning salgina zararlanganligi ma'lum bo'lsa, albatta shifokorga murojaat qilish kerak. Til og'iz bo'shlig'ida joylashgan, muskuldan tashkil topgan a'zo bo'lib, u ovqatni aralashtirib, tomoq tomonga o'tkazish va uning ta'mini aniqlash vazifasini bajaradi. Tilning eng muhim vazifalaridan biri so'zlarning rayon talaffuz qilinishini ta'min¬lashdir. Til uch qismdan: ya'ni, uchi, tanasi va ildizdan iborat. Tilning ustini qoplagan shilliq qavatda sezuvchi nerv tolalarining uchlari bo'lib, uning uchida asosan shirin, ildiz qismida achchiq, yon tomonlarida sho'r va nordon ta'mlarni sezuvchi retseptorlar bo'ladi.
Og'iz bo'shlig'ida ovqat hazm bo'lishida so'lak bezlarining ahamiyati. Og'iz bo'shlig'iga uch juft: til osti, jag' osti, quloq oldi so'lak bezlarining kanalchalari ochiladi. Bu bezlardan ajralgan so'lak og'iz bo'shlig'iga quyilib, ovqatni ho'llab, uning yutilishini qulaylashtiradi. So'lak tarkibida uglevodlarni parchalovchi ptialin fermenti bo'ladi. Shuning uchun non og'izda ko'proq chaynalsa, shirin maza beradi. So'lak tarkibida lizotsim degan modda bo'lib, u og'iz bo'shlig'iga tushgan mikroblarni eritib yuborish xususiyatiga ega.
Halqum burun va og'iz bo'shlig'ining davomi bo'lib, u shilliq va muskul qavatlardan iborat. Uning uzunligi katta odamda o'rta¬cha 15 srn bo'lib, uch qismga - burun, og'iz va hiqildoqqa bo'linadi. Halqumning vazifasi ovqatni og'iz bo'shlig'idan qizilo'ngachga, havoni burun bo'shlig'idan hiqildoqqa o'tkazishdan iborat. Halqumning pastki qismi qizilo'ngachga tutashadi.
Qizilo'ngach o'rtacha 23-25 srn bo'lib, shilliq va muskul qavat¬dan iborat. U ko'krak qafasi to'sh suyagining orqa qismida joylashgan. Vazifasi ovqatni tomoqdan oshqozonga o'tkazishdan
iborat.
Me'da qorin bo'shlig'ining yuqori qismida, diafragma ostida joylashgan. U to'rt qismdan: kirish, tub, tana va pilorik (chiqish) qismlardan iborat. Katta odamda me'daning hajmi o'rtacha 2,5 L atrofida bo'ladi. Ko'p ovqat va suyuqlik iste'mol qiluvchilarda me'da devorining cho'zilishi natijasida uning hajmi ancha kattalashishi mumkin. Me'daning ichki shilliq pardasi ostida juda ko'p - 14 millionga yaqin mayda bezlar joylashgan bo'lib, ular pepsin, lipaza fermentlari va xlorid kislota ajratadi. Pepsin ovqat tarkibidagi oqsillarni, lipaza yog'larni parchalaydi. Xlorid kislota esa pepsin fermentining faollik kuchini oshiradi. Bu bezlardan bir kecha- kunduzda 3 L ga yaqin me'da shirasi ajraladi. Me'dada ovqat kislotali sharoitda hazm bo'ladi.
Me'dada ovqat fizik va kimyoviy o'zgarisharga uchraydi va may¬dalanib, parchalanib, hazm bo'lib o'n ikki barmoq ichakka o'tkaziladi. Aralash ovqatlar oshqozonda 3-4 soat, yog'li ovqatlar esa 5-6 soatgacha saqlanishi mumkin. Suv, sut, non va shirinliklar oshqozonda juda qisqa vaqt (2-3 soat) saqlanadi. Me'dada spirtli ichimliklar qonga tez so'riladi, shuning uchun ularning ta'siri tez seziladi.
Ovqatlanish tartibini tuzishda ovqatning me'dada hazm bo'lish vaqti hisobga olinadi. Aralash ovqatlar 3-4 soatda hazm bo'lganligi uchun har 4 soatda ovqatlanish kerak (uyqu vaqti bundan mustasno). Ovqatlanish tartibining buzilishi, ya'ni 5-7 soat och yurib, so'ngra birdaniga ko'p ovqat iste'mol qilish me'daning ichki shilliq pardasini yallig'lantirib, gastrit va me'da yarasi kasalliklarini keltirib chiqaradi. Bu kasalliklarda me'da shirasida avvalo xlorid kislota va fermentlar ko'payadi. Shuning uchun odam zarda bo'ladi, nordon kekirish, me'da sohasida achishish va og'riq seziladi.Kasallikning boshlanish davrida davolash chorasi ko'rilmasa, me'da shirasi tarkibidagi xlorid kislota va fermentlar kamayadi, me'dada ovqatning hazm bo'lishi buzilib, odamda yoqimsiz kekirish, qorin sohasida og'riq sezish belgilari yuzaga keladi. Fermentlar va xlorid kislota kam ajralganligi tufayli ovqatning parchalanishi qiyinlashib, u me'dada uzoq vaqt (6-8 soat) turib qoladi. Shuning uchun ham odamning ishtahasi pasayadi, ozadi, quvvatsizlanadi.
O'n ikki barmoq ichak. Bu ingichka ichakning boshlang'ich qismi bo'lib, uzunligi o'n ikkita barmoq eniga teng (25-30 srn) bo'ladi. Shuning uchun u o'n ikki barmoq ichak deb ataladi. Bu ichak bo'shlig'iga me'da osti bezining shirasi va jigarning o't suyuqligi quyilib turadi.
Me'da osti bezi suyuqligining tarkibida oqsilni parchalaydigan tripsin, yog'larni parchalaydigan lipaza va uglevodlarni parcha¬laydigan amilaza fermentlari bo'ladi. O'n ikki barmoq ichakka jigardan quyiladigan o't suyuqligi ovqat tarkibidagi yog'larni emulsiya holatiga keltiradi va lipaza fermentining faolligini oshiradi. Katta yoshli odamda bir kecha-kunduzda o'n ikki barmoq ichakka 500-800 ml me'da osti bezi suyuqligi, 700-1200 ml o't suyuqligi quyiladi. Shuning uchun ham bu ichakda ovqat hazm bo'lish jarayoni juda faol o'tadi.
Ingichka ichak o'n ikki barmoq ichakning davomi bo'lib, uning uzunligi katta odamda 5-6 m, kengligi 2-2,5 srn bo'ladi. Devori uzunasiga va aylanasiga joylashgan silliq muskullardan tashkil topgan. Bu muskullar ichakning mayatniksimon va pe¬ristaitik (to'lqinsimon) harakatini ta'minlaydi. Ichakning ma¬yatniksimon harakati natijasida ovqat moddalari ichak shirasi bilan aralashadi. Bu ovqatning parchalanib, hazm bo'lishini ta'¬minlaydi. Ichakning peristaitik, ya'ni to'lqinsimon harakati ovqat moddalari ichak bo'shlig'i bo'ylab yuqoridan pastga tomon siljishini ta'minlaydi. lngichka ichak shilliq qavati ostida juda ko'p mayda bezchalar joylashgan. Ulardan 'ajraladigan suyuqlik tarkibidagi enterokinaza, lipaza kabi fermentlar oshqozon osti bezi suyuqlig'idagi tripsin va boshqa fermentlar ta'sirini faollashtiradi. lchak shilliq qavati yuzasida mayda so'rg'ichlar - vorsinkalar bor. Ular juda murakkab tuzilishga ega bo'lib, qon va limfa tomirlari bilan yaxshi ta'minlangan. lchak shilliq qavatining 1- va 2 sathida 30-40 ta, ichakning blltun yuzasida esa 4 millionga yaqin vorsinka bo'ladi (8-rasm).
Vorsinkalar ovqat modda- 3 larini ichak devorida (membrana orqali) hazm bo'lishini ta' - 4 minlaydi. Buni akademik A. I. Ugolev aniqlagan. Bu jarayonda avval ichak bo'shlig'ida chala parchalangan ovqat moddalari ichak devoriga shimilgan oshqozon osti bezining fermentlari ta'sirida, so'ngra esa ichak shilliq qavati bezlaridan ajralgan y - amilaza, maltaza, ishqoriy fosfataza va boshqa fer¬mentlari ta'sirida juda mayda molekulyar holatgacha parchalanadi. Parchalangan ovqat moddalari vorsinkalar orqali qon va limfa tomirlariga so'riladi. lngichka ichakda ovqatning hazm bo'lishi 6-8 soat davom etadi. Bu jarayon kuchsiz ishqoriy (pHi 7,5-8,0) sharoitda kechadi.
Yo'g'on ichak ingichka ichakning davomi bo'lib, uning uzunligi katta odamda o'rtacha 1,5 m. U qorin bo'shlig'ida ingichka ichakning atrofini o'rab turadi. Yo'g'on ichak quyidagi qismlarga bo'linadi:
I) ko'richak va uning chuvalchangsimon o'simtasi (appendiks); 2) ko'tariluvchi chambar ichak; 3) ko'ndalang chambar ichak; 4) tushuvchi chambar ichak; 5) sigmasimon ichak; 6) to'g'ri ichak.
Ko'richak ingichka ichakning yo'g'on ichakka o'tish qismidajoylashgan bo'lib, uning pastki qismida chuvalchangsimon o'simta (appendiks) osilib turadi. Appendiksning eni 6-8 mm, uzunligi 3-9 srn, ba'zi odamlarda 18-24 srn gacha bo'lishi mumkin. Bu o'simta qorin bo'shJig'ining o'ng tomonida, kindikdan bir oz pastroqda joylashgan. Ko'richak o'simtasida qon va limfa tomirlari ko'p bo'ladi. Bu esa qonga tushgan mikroblarning o'simta to'qimasida ko'payishiga va uning yallig'lanishiga qulay sharoit yaratadi. Buning natijasida appenditsit kasalligi kelib chiqishi
8-rasm. Ingichka ichak vorsinkalarining mikroskopik tuzHishi:
1- vorsinkalarning tashqi ko'rinishi; 2- vorninkalarning ichki ko'rishi; 3¬vorsinka ichidagi limfa tomirlari; 4-vorsinka ichidagi arteriya va vena qontomirlari.
mumkin. Tish, tomoqning angina, quloqning yiringlash, ichaklarning yallig'lanish kabi kasalliklarida mikroblar qonga o'tib, appenditsit kasalligini yuzaga keltirishi mumkin. Buning belgilari quyidagicha: qorinning o'ng tomonida kuchli sanchiq va g'ijimlovchi og'riq paydo bo'ladi, ko'ngil ayniydi va bemor qay! qiladi. Bunday vaqtda tezlik bilan jarrohga murojaat qilish kerak. Qoringa issiq grelka qo'yish, si lash va og'riq qoldiruvchi dorilami iste'mol qilish yaramaydi, chunki bular kasallikni og'irlashtiradi.
Yo'g'on ichak ichki shilliq pardasi ostida joylashgan bez su¬yuqligida fermentlar kam, shilliq modda esa ko'p bo'ladi. Bu shilliq modda ovqat qoldig'i bilan aralashib, uni silliqlashtiradi va ichakning yuqori qismidan pastki qismiga o'tishini qulaylashtiradi. Yo'g'on ichak shilliq pardasida vorsinkalar bo'lmaydi. Shuning uchun ovqat moddalarining so'rilish jarayoni ham ingichka ichakdagiga nisbatan kam bo'ladi. Yo'g'on ichak devoridagi muskul qavatining harakati ingichka ichakdagiga nisbatan sekin bo'ladi. Shu sababli ovqat qoldig'i unda uzoq vaqt (18-20 soat) saqlanadi.
Yo'g'on ichakda asosan suv, mineral tuzlar so'riladi, oqsil¬laming faqat 3% i, uglevodlarning 2% i so'riladi. Bu yerda ovqat qoldig'i quyulib, axlat ko'rinishida to'g'ri ichak orqali tashqariga chiqariladi.
Jigar
Jigar odam organizmidagi eng katta bez bo'lib, massasi o'rtacha 1500 g. U qorin bo'shlig'i o'ng tomonining yuqori qismida, ya'ni o'ng qovurg'alar yoyi ostida joylashgan. U ikki bo'lakdan iborat: o'ng bo'lagi o'ng qovurg'a yoyi ostida, chap bo'lagi qorinning yuqori qismida, ya'ni to'sh suyagi o stida joylashgan. Jigar to'qimasi biriktiruvchi to'qima pardasi yordamida juda ko'p mayda bo'lakchalarga bo'lingan. Bu bo'lakchalarning soni 500 mingga yaqin. Har bir bo'lakcha tarkibida bir nechtadan jigar hujayralari bo'lib, ular gepalotsit deb ataladi. Jigar hujayralari o't suyuqligi ishlab chiqaradi, bu suyuqlik o't pufagida to'planib, maxsus kanalcha orqali o'n ikki barmoq ichakka quyilib, ovqat tarkibidagi yog'larning hazm bo'lishida ishtirok etadi. Jigarda bir kecha¬kunduzda 700-1200 ml o't suyuqligi ishlanadi. Jigarning muhimvazifalaridan yana biri qonni zaharli moddalardan tozalashdir. Me'da-ichaklardan so'rilgan ovqat tarkibidagi zaharli moddalar qopqa vena orqali jigarga boradi va uning hujayralarida zararsizlan¬tiriladi. Bundan tashqari, jigar oqsil va uglevodlar almashinuvida ham ishtirok etadi.
Jigarning yuqumli sariq kasalligida uning hujayralari yalliglanib, yemiriladi va undan ishlangan o't suyuqligi o'n ikki barmoq ichakka quyilmay, bevosita qonga o'tadi. Buning natijasi¬da odamning ko'zi, tomog'ining shilliq pardalari va terisi sar¬g'ayadi.
Me'da osti bezi
9-rasm. Jigar va me'da osti bezining joylashish sxemasi: 1- jigar; 2- me'da osti bezi.
Bu bez odam tanasidagi barcha bezlar orasida hajm jihatidan, jigardan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Uning massasi 70-80 ri, qalinJigi 3-4 srn, bo'yi 17 'sm. U uch qismdan: bosh, tana va dumdan iborat. Bu bez qorin bo'shlig'ining yuqori qismida, o'z nomiga muvofiq, me'da ostidajoylashgan (9-rasm).
Me'da osti bezi funksiyasiga ko'ra aralash bez. Uning Langergans orolchalari deb ataluvchi qismining hujayralari ir,sulin gor¬moni ishlab chiqaradi. Bu gormon bevosita qonga quyilib, organizmda qand almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi. Bezning ko'proq qismidagi hujayralardan ish lab chiqariladigan suyuqlik maxsus kanalcha orqali o'n ikki barmoq ichakka quyiladi. Bu suyuqlik tarkibidagi Iripsin fermenti ovqatdagi oqsillarni, lipaza fermenti yog'larni, amilaza fermenti uglevodlarni parchalab, oziq moddalarning ichakda hazm bo'lishida muhim ahamiyatga ega.
Ba'zi sabablarga ko'ra, ya'ni mikroblarning qon orqali ta'siri, ovqat rejimining buzilishi Guda ko'p yog'li ovqat iste'mol qilish), shamollash , tufayli me'da osti bezi yaUig'lanadi va o'tkir pankreatil kasalligi yuzaga keladi. Bu kasallik to'satdan qorinning
yuqori va o'rta qismida kuchli og'riq paydo bo'lishi, ko'ngil aynish, qusish kabi belgilar bilan xarakterlanadi. Bunday vaqtda tezlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.
Me'da osti bezining Langergans oro1chalaridagi hujayralarda ishlab chiqariladigan insulin gormoni kamaysa, qandli diabet kasalligi paydo bo'ladi. Bunda ovqat tarkibida qabul qilingan uglevodlarning, ya'ni qand moddalarning organizm ehtiyojidan ortiqcha qismi insulin gormoni ta'sirida glikogenga aylanishi buzilib, qonda qand miqdori normadan ortib ketadi va siydik bilan tashqariga ajrala boshlaydi. Shuning uchun odamda umumiy quvvatsizlik, bosh aylanishi, ko'z tinishi, ko'p suv ichish, tez qorin ochishi kabi belgilar yuzaga keladi.
Qand kasalligini yuzaga keltiruvchi asosiy sabablardan biri asabning buzilishi, qattiq ruhiy iztirob chekish, shirinlik, oq non, tort kabi uglevodlarga boy ovqatni ko'p iste'mol qilishdir. Ovqat tarkibidagi ko'p qand moddasi bezdan ko'p miqdorda insulin gormon ishlab chiqarilishini talab etadi. Bunday ovqatlanish'lzoq vaqt davom etaversa, bez hujayralari zaiflashadi va gormon kam ishlab chiqariladi. Natijada qandli diabet kasalligi yuzaga keladi. Ba'zilarda bu kasallik nasldan-naslga o'tadi. Kasallikning oldini olishda ovqatlanish tartibiga rioya qilish, asabni asrash, shirinliklarni me'yorida iste'mol qilish muhim ahamiyatga ega.
Ovqat hazm qilishning boshqarilishi
Ovqat hazm qilish organlarining funksiyasi nerv va gumoral yo'l bilan boshqariladi.
Ovqat hazm qilishning nerv sistemasi orqali boshqarilishi. Ovqat hazm qilishning nerv markazi uzunchoq miyada va oraliq miyaning ko'rish do'mbog'i ostida (gipotalamusda) joylashgan. Bu nerv markazi parasimpatik (adashgan) va simpatik nervlar orqali ovqat hazm qilish organlari ishini boshqaradi.
Og'iz bo'shlig'i shilliq pardasida va tilda joylashgan ta'm sezuvchi nerv tolalari (retseptorlar) og'iz bo'shlig'iga tushgan ovqat ta'sirida qo'zg'aladi. Bu qo'zg'alish sezuvchi nerv tolalari orqali uzunchoq va oraliq miyadagi ovqatlanish nerv markazlarini qo'zg'atadi. Ulaming qo'zg'alishi parasimpatik nerv tolalari orqali quloq oldi, til osti va jag' osti so'lak bezlarining ishini kuchaytiradi va so'lak ajralishi ko'payadi. Bu og'iz bo'shlig'ida ovqatning maydalanishi va yutilishini qulaylashtiradi. Yutilgan ovqat me'da shilliq pardasidagi retseptorlar orqali ovqatlanishning nerv markazlarini qo'zg'atadi. Natijada parasimpatik nerv tolalari oshqozon osti va ichak bezlaridan ajraladigan shira suyuqliklarini hamda jigardan ajraladigan o't suyuqligini ko'paytiradi. Bu esa me'da va ichakda ovqat hazm bo'lishini ta'minlaydi.
Ovqat hazm qilishning gumoral boshqarilishi. Gipofiz bezidan ajraladigan gormonlarning ba'zilari ovqat hazm qilish bezlari ishini kuchaytiradi, qalqonsimon bezning tiroksin gormoni esa bu bezlar ishini susaytiradi.
Bundan tashqari, ovqat hazm qilish shartli reflekslar orqali ham boshqariladi. Bu reflekslaming markazi bosh miya yarim sharlarining po'stloq qismida joylashgan. Ovqatlanishning shartli reflekslari odam tug'ilgan vaqtda, ya'ni chaqaloqlik davrida bo'lmaydi. TurIi ovqatlarning mazasi, hidi, tashqi ko'rinishiga nisbatan odamning hayot tajribasi ortishi natijasida shartli reflekslar paydo bo'la boshlaydi, ya'ni mazasini tatib ko'rgan ovqatga nisbatan shartli refleks hosH bo'ladi. Bunday ovqatni ko'rish, hidini sezish, hatto nomini eshitish, u haqda o'ylash oldin hosil bo'lgan shartli refleks markazini qo'zg'atadi va so'lak, me'da-ichaklarda shira
ajralishini kuchaytiradi. HayajonIanish, g'azablanish, qo'rqish, og'riq kabi tuyg'ular retlekslar orqali bosh miya po'stlog'idagi ovqatlanishning oliy nerv markazini tormozlaydi Bu vaqtda simpatik nerv qo'zg'aladi. Bu esa so'lak va shira ajralishini kamaytiradi, oshqozon-ichaklarning harakat funksiyasini pasaytiradi. Shuning uchun hayajonlanganda, ayniqsa salbiy tuyg'ularda odamning ishtahasi pasayadi.
Tashqi muhit harorati yuqori bo'lganda ovqat hazm bo 'lishining xususiyatlari
Tashqi muhitning yuqori harorati odam organizmining fiziologik jarayonlariga ma'lum darajada salbiy ta'sir ko'rsatadi. O'zbekistonda yoz faslining jazirama issiq kunlarida havo harorati soya joyda +40 +47 gacha ko'tariladi, havoning nisbiy namligi esa anchagina kamayadi. Bunday sharoitda nafas olish tezlashadi, ter ajralishi ko'payadi. Natijada odam organizmi ko'p suv yo'qotadi, qon quyuqlashadi. Hujayra ichidagi suyuqlikning bir qismi qon tomirlariga o'tishi tufayli hujayra va to'qimalarda suv kamayadi. Shuning uchun odam ko'p chanqaydi. Agar tez-tez yetarli miqdorda suv ichib turilmasa, og'iz shilliq pardalari, til quriydi, tana qiziydi, natijada tana harorati ko'tariladi va odam o'zini noxush sezadi, ish qobiliyati pasayadi, tez charchaydi.
Tashqi muhitning issiq harorati ovqat hazm qilish organlari faoliyatiga salbiy ta' sir ko'rsatadi. Yoz faslida so'lak bezlari, me'daichak shilliq pardasi ostida joylashgan mayda bezlar, me'da osti bezining ish faoliyati susayadi. Bu bezlardan so'lak va shira ajralishi kamayadi. Jigarda o't suyuqligining ishab chiqarilishi ham pasayadi. Me'da-ichaklarning peristaltik va mayatniksimon harakatlari sustlashadi.
Shuning uchun yozning issiq kunlarida odamning ishtahasi bo'g'iladi, ayniqsa yog'li, go'shtli, qovurilgan ovqatlarning hazm bo'lishi qiyinlashadi, qorin dam bo'ladi. Yoz kunlari odam orga¬
nizmi, asosan suv hamda suyuq ovqatlarni, meva va ko'katlarni ko'proq iste'mol qilishni talab qiladi. Kaloriyaga boy yog'liq ovqatlarni iste'mol qilish kamayganligi uchun odam yoz kunlari tez charchaydi, ish qobiliyati pasayadi.
Yoz kunlarida me'da-ichaklarda shira ajralishining kamayishi, ular harakat funksiyasining pasayishi ovqatning hazm bo'lishi va so'rilishini sekinlashtiradi. Buning natijasida ichaklarda mikroblarning ko'payishi uchun sharoit tug'iladi. Bundan tashqari, issiq sharoitda tayyorlangan taomlar tez buziladi, chunki ularga tushgan mikroblar tez ko'payadi va o'zidan zaharli moddalar ishlab chiqaradi. Bularning barchasi yoz faslida aholi o'rtasida yuqumli ichak kasalliklari ko'payishiga, qulay sharoit yaratadi.
Ovqat hazm qilish a'zolari gigiyenasi
Gigiyena qoidalariga rioya qilish ovqat hazm qilish a'zolari¬ning ish faoliyati normal bo'lishida va me'da-ichak kasalliklarining oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Hazm qilisit organlari gigiyenasi og'iz bo'shlig'i gigiyenasidan boshlanadi. Og'iz bo'shlig'ini parvarish qilish va toza tutish og'iz shilliq pardasini yallig'lanishdan, og'izda yara paydo bo'lishidan, tishlarni kasallanishdan va og'izda yoqimsiz hid paydo bo'lishidan saqlaydi. Tishlarning sadafdek yaltirab turishi, milk va lablarning tiniq qizg'ish rangda bo'lishi odamning sog'lig'idan dalolat beradi. Buning uchun har gal ovqatlangandan keyin og'izni iliq suv bilan chayish kerak. Kechki uyqu oldidan albatta tishni tish pastasi yoki poroshogi bilan yaxshilab yuvish lozim. Bunda cho'tkani tishning milk tomonidan uch tomoniga yuritish kerak. Ana shunda tishar orasidagi ovqat qoldiqlari chiqib ketadi va milk massaj qilinadi. Milkning massaj qilinishi tishlar ildizining qon bilan ta'minlanishini yaxshilaydi.
Og'iz bo'shlig'i va tishni parvarish qilishga e'tibor berilmasa, ular orasidagi ovqat qoldig'ida mikroblar ko'payadi. Tishlar yuzasida sarg'ish rangli dog' paydo bo'ladi, og'izdan yoqimsiz hid keladi, milk va tishlarga so'lak tarkibidagi mineral tuzlar o'tirib, tishda tosh hosil qiladi. Bundan tashqari, tishar orasida ko'paygan mikroblar milkni yallig'lantiradi, tishlarning kasallanishiga sabab bo'ladi.
Ovqat hazm qilish a'zolarini kasalliklardan saqlashda tozalikka rioya qilish muhim ahamiyatga ega. Afsuski, ba'zilar eshik dastasi, transport vositalari, pul va boshqa buyumlarni ushlagandan va boshqalar bilan qo'l berib so'rashgandan keyin qo'lini yuvmaydi, shuningdek, bozor va do'konlardan xarid qilingan mevalarni yuvmasdan iste'mol qilaveradi. Bu esa ichburug' (dizenteriya), yuqumli sariq kasalligi, salmonellyoz (ovqatdan zaharlanish), ich terlama (qorin tift) kabi kasalliklarning yuzaga kelishiga sabab bo'ladi.Ovqat hazm qilish a'zolarining faoliyati nonnal bo'lishida idish-tovoqning tozaligi, taomlarning sifatli tayyorlanishi, tashqi ko'rinishi, yoqimli hidi, ta'mi katta ahamiyatga ega. Did bilan tayyorlangan taomlar va dasturxonning bezatilishi ko'rish va hid bilish a'zolari orqali ovqatlanish shartli reflekslarini qo'zg'atadi. Bu esa og'izda so'lak va me'da-ichaklarda shira ajralishini kuchaytiradi hamda ishtahani ochadi.
Ovqat hazm qilish a'zolarining funksiyasi normal bo'lishida ovqatlanish gigiyenasiga e'tibor berish muhim ahamiyatga ega. Me'dada aralash ovqatlar o'rtacha to'rt soat davomida hazm bo'ladi. Shuning uchun har to'rt soatda ovqatlanish zarur. Agar ovqatlanish orasidagi vaqt to'rt soatdan kam bo'lsa, ovqat moddalari me'dadan o'n ikki barmoq ichakka o'tib ulgurmaydi.
Buning oqibatida eski ovqat bilan yangi ovqat aralashib, me'daning normal ish faoliyati buziladi va qorin dam bo'ladi. Aksincha ovqatlanish orasidagi vaqt 4 soatdan ko'p bo'lsa, me'da bo'shab qoladi uning bezlaridan ishlab chiqarilgan fennentlar va xlorid kislota oshqozon shilliq pardasiga ta'sir etib, uni yallig'lantiradi. Ovqatlanish tartibining buzilishi tez-tez takrorlanib tursa, me'daning surunkali gastrit va yara kasalligi yuzaga kelishi mumkin.
Me'da-ichak kasalliklari va uning oldini olish
Me'da-ichak kasalliklari ikki turga bo'linadi: 1 Me'da-ichaklaming yallig'lanish kasalliklari. 2. Me'da-ichaklarning yuqumli kasalliklari . Me'da-ichaklarning yallig'lanish kasalliklari. Bularga me'da shilliq pardasining yallig'Ianish kasalligi - gasfri!, ingichka ichak shilliq pardasining yallig'lanish kasalligi - enferif, yo'g'on ichak shilliq pardasining yallig'lanishi - kolif kabilar kiradi. B'1 kasalliklar davom etishiga ko'ra, o'tkir va surunkali bo'ladi. O'tkir kasalliklar birdaniga sodir bo'lib, bir necha kundan, 2-3 oygacha davom etishi mumkin. Surunkali kasalliklar asta-sekin yuzaga kelib bir necha yil, hatto odamning butun umri bo'yi davom etishi mumkin.
Yallig'lanish kasalliklarining sabablari quyidagilar: ovqatlanish tartibining buzilishi, taomlarning sifatsiz tayyorlanishi, ya'ni ularning xom bo'lishi yoki haddan tashqari ko'p qovurish, ovqatva suv tarkibida har xil kimyoviy moddalar ko'p bo'lishi (mineral o'g'itlar, pestitsidlar), spirtli ichimliklarni muntazam ravishda iste'mol qilish va hokazo.
Me'da-ichakning yallig'lanish kasaIliklarida odamning ko'ngli ayniydi, ba'zan qusadi, qorinda og'riq va quIdirash, ich ketishi kabi belgilar paydo bo'ladi.
Me'da-ichaklarning yuqumli kasalliklari. Bularga ovqafdan zaharlanish (salmonellyoz, botulizm), ichburug' (dizenferiya), qorin fiji, vabo (xolera) kabilar kiradi.
Ovqatdan zaharlanishning salmonellyoz deb ataluvchi turi eskirib qolgan taomlarni iste'mol qilish tufayli paydo bo'ladi. Bu kasallikni qo'zg'atuvchi mikroblar hatto muzxonada saqlangan taomlarda ham yashashi, ko'payishi mumkin va zaharli moddalar ishlab chiqarish xususiyatiga ega. Lekin taomning hidi, rangi, ta'mi o'zgarmaydi. Bunday taomni iste'mol qilgandan keyin bir necha soat o'tishi bilanoq odamning ko'ngli ayniydi, qusadi, qor¬nining yuqori qismida og'riq seziladi. Odamda bunday belgilar paydo bo'lganda zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirish zarur.
Ovqatdan zaharlanishning botulizm deb ataluvchi turini qo'zg'atuvchi mikroblar havo kirmaydigan taomlarda yashaydi, ko'payadi, zaharli moddalar va gaz ajratadi. Bu kasallik mikroblari bilan zararlangan konserva qutisi ko'tarilib qoladi. Zararlangan kolbasa shishib yumshoqlashadi, uning po'sti ajralib qoladi. Shun¬day o'zgargan konserva va kolbasa singari oziq mahsulotlarini iste'mol qilmaslik kerak. Bu kasallikning belgilari ko'ngil aynish, qusish, qorinda og'riq paydo bo'lishi, og'iz va tilning qurishi kabilar bilan namoyon bo'ladi. Konserva, kolbasa mahsulotlari¬ni iste'mol qilgandan keyin yuqoridagi belgilar yuzaga kelsa, zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirtirib, bemorni yuqumli kasalliklar shifoxonasiga jo'natish kerak.
Ichburug' kasalligini bir necha xil mikroblar qo'zg'atadi. Bu mikroblar idish-tovoq, yuvilmagan meva va sabzavotlar, zararlangan tayyor taomlar orqali yuqadi. Mikroblar tarqalishida, ayniqsa, qora(uy) pashsha katta ahamiyatga ega. Bitta pashshaning tanasida 6 million, ichagida 280 millionga yaqin har xil yuqumli kasalliklar qo'zg'atuvchi mikroblar bo'lishi aniqlangan. Pashsha¬lar bemorning idish-tovog'iga, chiqindilarga qo'nadi va mikrob¬larni oyoqlari, tumshug'i, tanasiga ilashtirib, toza. idish-tovoq, taomlarni ifloslantiradi.Yuqumli sariq kasalligi (virusli gepatit). Bu kasallikni viruslar qo'zg'aiadi. Virusning A, B va C turlari bo'lib, ularning yuqish yo'li har xil. Virusning A turi zararlangan taomlar, idish-tovoq, qaynatilinagan ariq, hovuz, quduq suvi orqali yuqadi. B va C turlari yaxshi sterillanmagan shprits va ignalar orqali hamda bu kasallikning yengil turi bilan xastalangan odamdan olingan qon va qon zardobini davolash maqsadida boshqa odamga yuborish natijasida yuqadi.
Kasallik boshlanishi davrida odamning ko'ngli ayniydi, ishtahasi pasayadi, darmonsizlanadi, ba'zida qusadi va qorni¬ning o'ng tomonida, qovurg'a yoyi ostida kuchsiz og'riq seziladi. Siydigi to'q sariq rangga kiradi, axlati esa rangsizlanib, oqaradi. Bu belgilar paydo bo'lganidan keyin 3-4-kuni ko'zning oq pardasi, tanglayning shilliq pardasi, so'ngra teri sarg'ayadi. Shuni ta'kidlash lozimki, yuqumli gepatitning B turi og'ir kechadi va uzoq davom etadi. Odamda yuqorida aytilgan belgilar paydo bo'lishi bilanoq uyga shifokorni chaqirib, uning maslahatiga ko'ra davolanish kerak.
Yuqumli sariq kasalligining oldini olish uchun har bir od am shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi zarur. B va C turlarining oldini olish uchun shifoxonalar va bolalar muassasalarini bir marta foydalaniladigan shprits va ignalar bilan ta'minlash katta ahami¬yatga ega.
Gijja kasa/liklari. Gijjalar (gelmintlar) odam, hayvon va o'simliklar tanasida yashaydi. Odam tanasida uchraydigan gijjalarning turi 100 dan ortiq. Ular ko'pincha odam ichagida, jigarida, o'pkasida, muskullari orasida yashaydi va ko'payadi. Gijjalarning ba'zilari odam iste'mol qiladigan ovqatdan oziq¬lanadi, ayrimlari esa od am qoni va to'qima suyuqligini so'radi. Ular ichak shilliq qavatiga yopishib olib, uni jarohatlaydi va yara hosil qiladi. Ichak devori jarohatlariga mikrob tushishi natijasida har xil kasalliklar paydo bo'ladi. Gijjalar zaharli modda ajratadi. Bu moqdalar qonga so'rilib, odamni zaharlaydi.
Gijja kasalligining asosiy belgilari qorinda vaqt-vaqti bilan og'riq paydo bo'lishi, ba'zan ich ketishi, rangning oqarib-sarg'ayishi, ozib ketish va umumiy quvvatsizlik bilan xarakterlanadi. Yosh bolalarda uyqu buziladi, ba'zan tirishish hollari kuzatiladi. Ichakda yashaydigan gijjalarning tuxumi axlat bilan tashqi muhitga chiqadi va yerga, suvga tushib, meva va sabzavotlar orqali sog'lom odamga yuqishi mumkin. Gijja kasalligining oldini olish uchun tozalikka, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish zarur. Qo'l tirnoqlarini tez-tez olib turish, ovqatlanishdan oldin qo'lni sovunlab yuvish, meva va sabzavotlarni toza suvda 3-4 marta yuvib, keyin iste'mol qilish, ariq, hovuz, quduq suvlarini qaynatib, so'ng ishlatish, go'shtni yaxshilab pishirib yoki qovurib yeyish kerak.
Spirtli ichimlik ichish va chekishning ovqat hazm qilish a'zolariga ta'siri
Spirtli ichimliklar odam organizmining hamma hujayra, to'qima va a'zolariga zaharli ta' sir ko'rsatib, turli kasalliklarga sabab bo'ladi. Iste'mol qilingan spirtli ichimlik avvalo, me'daning ichki shilliq pardasini yallig'lantirib, surunkali gastrit va me'daning yara kasalligini yuzaga keltiradi. Bu kasallikka uchragan od am qornining yuqori qismida achishish, ba'zan og'riq sezadi, zarda bo'ladi, kekiradi. Qovurilgan taomlar, sho'r yoki nordon ichimlik va taom iste'mol qilinganda bu belgilar ayniqsa kuchayadi.
Spirtli ichimlik me'dadan qon tomirlariga so'riladi va jigarga boradi. Jigarda spirtning parchalanishidan sirka kislota va boshqa zaharli moddalar hosil bo'ladi. Ular jigar hujayralarini yallig'lantirib, surunkali gepatit kasalligiga sabab bo'ladi. Bunday kasallikka uchragan odamning o'ng qovurg'asi ostida Uigar joylashgan joyda) vaqti-vaqti bilan og'riq seziladi, yog'li taomlar iste'mol qilganda, tez yurganda, chopganda og'riq zo'rayadi, ko'ngli ayniydi, ba'zan qusadi.
Agar surunkali gepatit kasalligiga uchragan odam spirtli ichimlik iste'mol qilishni davom ettiraversa, jigar hUjayralarining'ma'lum qismi zahar ta'sirida yemiriladi va ularning o'rniga biriktiruvchi to'qima hosil bo'ladi. Bu kasallikjigar sirrozi deb ataladi. Jigarning hajmi kattalashib ketadi, uning ish faoliyati esa mutlaqo buziladi. O'ng qovurg'a ostida qattiqlashgan va kattalashgan jigar osilib turadi va u og'riydi. Bunday bemorning umumiy ahvoli og'irlashadi, ish qobiliyati pasayadi.
Chekish eng zararli odatlardan biri hisoblanadi. Tamaki tutuni tarkibidagi nikotin, ammiak, karbonat angidrid, benzol kabizaharli moddalar og'iz bo'shlig'idan boshlab odam organizmining barcha to'qima va organlariga zararli ta'sir ko'rsatadi. Chekish ko'pincha og'iz bo'shlig'i, tomoqda har xil o'smalar paydo bo'lishiga olib keladi. Tamaki tutuni tarkibidagi kimyoviy moddalar me'daning shilliq qavatini yallig'lantirib, surunkali gastrit kasalligini keltirib chiqaradi. Tamaki tutuni ta'sirida og'iz bo'shlig'idagi sezuvchi nerv tolalari, ya'ni retseptorlaming sezuvchanlik xususiyati pasayadi. Shu tufayli chekuvchilarning ta'm bilish qobiliyati, ishtahasi pasayadi.
Respublikamizda keyingi yillarda yoshlar o'rtasida nos chekish kabi zararli odat keng tarqalmoqda. Bu odatning tarafdorlari tushuntirishicha, go'yo nosdan atrof-muhitga zararli tutun ajralmaydi va chekuvchi o'pkasiga tutun kirmaydi. Shuning uchun nos chekishning atrofdagilar uchun ham, chekuvchilar uchun ham zarari yo'q emish.
Nosdan atrof-muhitga tutun tarqalmasa ham, nos chekuvchi uni tuflab ifloslantiradi. Nosning tutuni bo'lmaganligi uchun u chekuvchi o'pkasiga kirmagani bilan, uning zaharli moddalari til ostidagi qon tomirlariga so'rilib, qon orqali miya, yurak, jigar kabi hayotiy muhim organlarni zaharlaydi. Nosning erigan qismi og'iz bo'shlig'idan so'lak bilan yutib yuboriladi va u me'da-ichakka tushib, ularni zaharlaydi.
Nos tamakining eng kuchli (zaharli) turlaridan tayyorlanadi. Tamaki tutuni tarkibidagi 3 mingdan ortiq zaharli moddalardan tashqari, nosga yana ohak, kul kabi zaharli moddalar ham qo'shiJadi. Bu moddalar og'iz bo'shlig'ida erib, so'lak bilan qo'shilib, qizilo'ngach orqali oshqozonga tushadi. Shuning uchun nos
chekuvchilarda og'iz bo'shlig'i, qizilo'ngach va me'da raki ko'p uchraydi.
Dostları ilə paylaş: |