Yogiarga organoleptik baho berish. Yog’ va moylar ko’zdan kechirilib rangi, hidi, ta'mi va konsistensiyasi aniqlanadi. o’simlik yog’i 5 sm diametrli stakanga solinib, rangi o’tuvchi yoki oq fonda aks etgan yorug’likda aniqlanadi. Qattiq yog’lar (sariyog’) yangi kesil-gan joyidan aniqlanadi, hidini aniqiash uchun moy suv hammomida 50 ° C gacha qizdiriladi va qo’l kaftini yoki yupqa shisha plastinkani qo’yib aniqlanadi. Moy ta'mi esa 20 °C da aniqlanadi.
Sariyog'dagi yog' miqdorini aniqlash
Kerakli jihozlar, idishlar, reaktivlar: Gerbersen-trifugasi; suv hammomi; 1 ml li va 10 ml li avtomat tomizg’ichlar; kimyoviy texnik tarozi va toshlari; filtr qog’oz; sariyog’ga mo’l-jallangan rezina tiqinli yog’ o’lchagich (jiromer); solishtirma og’irligi ya'ni nisbiy zichligi 1,78-1,79 bo’lgan sulfat kislota; 10-50 ml li o’lchov silindri; izoamil spirt.
Aniqlash yo 'li. Kimyoviy texnik tarozida to’rtburchak filtr qog’ozi ustiga qo’yib 2,5 g sariyog’ tortib olinadi va qog’ozni nay qilib o’rab, moyni to’kmasdan yog’ o’lchagichga solinadi. Unga 7,5 ml distillan-gan suv, 1,78-1,79 zichlikdagi 12 ml sulfat kislota va 1 ml izoamil sPirt quyiladi. Yog’ o’lchagich tiqini berkitilib, chayqatiladi va tiqi-Jtini pastga qihb suv hammomiga qo’yiladi. 5 daqiqadan keyin yog’
87
o’lchagich chiqarib olinadi va Gerber sentrifugasida sentrifugalana-di. Shundan keyin yog’ o’lchagich yana suv hammomiga qo’yiladi va 5 daqiqadan keyin yog’ miqdori hisoblab chiqiladi. Yog’ o’lcha-gich kichik darajalarining soni 2 ga ko’paytiriladi. Oiingan son tek-shirilayotgan moy namunasidagi yog’ning foizlar bilan ifodalangan miqdorini ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |