Ovqatlanish


Mis sulfat bilan reaksiya o’tkazish



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə34/100
tarix02.01.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#35594
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   100
Ovqatlanish gigiyenasi

41




Mis sulfat bilan reaksiya o’tkazish

Kerakli jihozlar, idishlar, reaktivlar: probirkalar va probirkalar qo’yiladigan shtativlar; paxta; filtr qog’oz; kimyoviy stakan; 5% li mis sulfat eritmasi, tomizg’ichlar.



Aniqlash yo 'li. Go’shtni sinab pishirib ko’rishda olingan sho’rvasi zich paxta qavatidan sovuq suvli stakanga qo’yilgan probirkaga filtr-lab o’tkaziladi. Filtrlashdan keyin sho’rvada oqsil ipir-ipiriari qola-digan bo’lsa, sho’rvani qog’oz filtrdan o’tkazib takror filtrlanadi. So’ngra 2 ml filtrat probirkaga quyib olinadi va 3 tomchi 5% li mis sulfat eritmasi qo’shiladi. Probirka 2—3 marta chayqatilib shtativga qo’yiladi. 5 daqiqadan keyin reaksiya natijasi qayd qilinadi. Mis sul-fat bilan bo’ladigan reaksiyada oqsilning parchalanish mahsulotlari mis ionlari bilan ipir-ipirlar hosil qiladi. Reaksiya yangi go’sht sho’rvasi bilan qo’yiladigan bo’lsa, ipir-ipirlar hosil bo’lmaydi. Sho’rva tiniqligicha qolaveradi yoki sal loyqalanadi.

Tekshirilayotgan go’sht sifatli bo’lmasa, sho’rvaga mis sulfat erit-masi qo’shilganida ko’kimtir havorang yoki yashilnamo tusli temirsi-mon cho’kma cho’kib tushadi.

Kolbasalar

Aholi ovqat ratsionida kolbasalar o’zining to’yimlihgi, issiq iqlim sharoitida nisbatan uzoq saqlanishi bilan, shuningdek ozuqa va bi-ologik qiymatining yuqoriligi bilan alohida ajralib turadi.

Kolbasa mahsulotlari eng muhim oqsil manbalaridan biri bo’lib, uning kimyoviy tarkibi retsepturasi va texnologik ishlash usullariga bog’liq bo’ladi. Kolbasalar tayyorlash usuliga qarab xomligicha dud-langan, yarimdudlangan va qaynatib pishirilgan kolbasalarga bo’li-nadi. Ichak-chavoqdan tayyorlanadigan kolbasalar, pashtet mahsu-lotlari alohida guruhga kiritiladi. Qaynatib pishirilgan kolbasalarda namlik 75 % gacha bo’ladi va kaloriyasi hamda oziqlik qiymati nis-batan kam bo’ladi. Ular tarkibida oqsil 12-13%, yog’ 11-27,5%, kaloriyasi 160—310 kkal bo’ladi. Kolbasalardagi oqsil, yog’, uglevod-larning sifat tarkibi kolbasalar tayyorlangan hayvon go’shtinikiga o’xshash bo’ladi. Kolbasalar qo’shimcha ishlovsiz ovqatga ishlatila-digan mahsulot bo’lganligi sababli ularning sifatiga ayniqsa yuqori talablar qo’yiladi.


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin