Botulizmning kelib chiqishida kolbasaning ahamiyati. Kolbasa mahsulotlari veterinariya nazoratidan yaxshi o’tkazilmagan yoki si-fatsiz go’shtdan tayyorlanganda va saqlanish tartiblariga rioya qilin-
43
maganda, ovqatdan zaharlanishlarga, xususan, botulizmning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Botulizrnning Clostridum botulinum tayoq-chasi kolbasa va oziq mahsulotlarda kuchli ta'sir ko’rsatuvchi toksin (zahar) keltirib chiqaradi.
Botulizm lotincha botulus so’zidan olingan bo’lib, kolbasa degan ma'noni bildiradi. Botulizm qo’zg’atuvchilari mutlaq anaerob bo’lib, havo kirmaydigan joyda — baliq, yog’li cho’chqa va mol go’shtidan tayyorlangan germetik konserva bankalarida kolbasaning katta bo’-laklari ichida 10-37 °C (optimal) yoki 20-30 °C da biologik zahar-lar ichida eng kuchli zahar hosil qiladi. Bu kasallik qo’zg’atuvchisi 1896-yili Gollandiyada cho’chqa go’shtidan tayyorlangan kolbasadan topilgan. Bemor vaqtida antitoksik zardob bilan emlanmasa, o’limga olib keladi.