Kolbasalardan namunalar olish va ularni laboratoriyada tahlil qilib ko’rishga tayyorlash
Izoh. Partiya - sifati bitta shahodatnoma bilan rasmiylashtiril-gan bitta toifali har qanday miqdordagi mahsulot. Bir xildagi har bir partiyadan jami o’ramlar (batonlar)ning 10% miqdorida sirtdan qarab ko’zdan kechirib chiqish uchun namuna ajratib olinadi. Laboratori-yada tahlil qilib tekshirish uchun ko’zdan kechirib chiqilgan baton-lardan 1% miqdorida, ammo kamida ikkita o’ram olinadi. Tahlil uchun olingan namunalar uch marta go’shtqiymalagichdan o’tka-ziladi va yaxshilab aralashtiriladi. Shu tariqa tayyorlangan qiymadan keragicha tortib olinadi.