Organoleptik xossalarini aniqlash
Tahlil uchun olingan kolbasa namunalari sinchiklab ko’zdan kechirib chiqiladi. Bunda po’stining barcha nuqsonlari, uning holati, rangi, qiymasining nechog’h tig’iz tiqilganligi qayd qilinadi. Tashqi ko’rinishini ko’zdan kechirishda olingan natijalarni bayonnomada qayd qilib qo’yilganidan keyin kolbasa batonini uzunasiga kesiladi va kesmasidagi qiymaning holati ko’zdan kechirib chiqiladi. Uning rangi, tusining bir tekisligi, shpigining holati, qiymasining konsistensiyasi qayd qilinadi. Tekshirilayotgan namunalarning hidi bilan mazasi ba-tonining tashqi tomonidan ham, ichki tomonidan ham tekshirib, aniqlab olinadi.
Dostları ilə paylaş: |