Ovqatlanish


Kraxmalni aniqlash uchun qo’yiladigan sifat reaksiyasi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə41/100
tarix02.01.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#35594
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   100
Ovqatlanish gigiyenasi

Kraxmalni aniqlash uchun qo’yiladigan sifat reaksiyasi

Jihozlar va reaktivlar: pichoq; shisha tayoqcha yoki tomizg’ich; Lyugol eritmasi.

Aniqlash yo 'li. Kolbasa batoni kesiladi va yangi kesilgan joyiga bir tomchi Lyugol eritmasi tomiziladi. Kolbasada kraxmal bo’lsa, Lyu-gol eritmasi tomizilgan joyda ko’k yoki qoramtir ko’k dog’ paydo bo’ladi.

Nitritlar miqdorini aniqlash (Davlat standartiga muvofiq)

Jihozlar, idishlar, reaktivlar: fotoelektrokolorimetr (spektrofotometr); go’shtqiymalagich; kimyoviy texnik tarozi va toshiari; sm haramomv, 100, 200, 250, 500 va 1000 m\ sig’imli o’lchov kolbalari; shisha voronkalar; 2, 5, 10 va 25 ml li shisha tomizg’ichlar; kulsiz qog’oz filtrlar; kaliy rodonid; rux asetat; muz sirka kislota; natriy tetraborat; natriy nitrat; zichligi 1,19 g/sm3 bo’lgan xlorat kislota; sulfanilat kislota amidi; N (1-naftil) etilendi-amin digidroxlorid; distillangan suv; oqsillarni cho’ktirish uchun erit-malar.

1-Karrez reaktivi: 106 g kaliy rodonid distillangan suvda eritiladi va eritma hajmi 1000 ml ga yetkaziladi. Reaktiv qora rangli shisha idishda ko’pi bilan bir oy saqlanadi.

2-Karrez reaktivi: 220 g rux asetat va 30 ml muz sirka kislota dis-tillangan suvda eritiladi va hajmi 1000 ml ga yetguncha suv qo’shib suyultiriladi. Reaktiv ko’pi bilan bir oy saqlanadi.

To’yingan bura eritmasi: 50 g natriy tetraborat 1000 ml iliq dis-tillangan suvda eritiladi va 20±2° C gacha sovitiladi.

Rangli reaksiyani o’tkazish uchun kerakli eritmalar:

47

1- eritma: 2 g sulfanilamid 800 ml suvda suv hammomida isitib turib eritiladi. Eritma sovitiladi, filtrlanadi, aralashtirib turib 100 ml konsentrlangan xlorat kislota qo’shiladi va hajmi 1000 ml gacha yet-kaziladi.

2- eritma: 400 ml suv va 445 ml konsentrlangan xlorat kislota 1000 ml li o’lchov kolbasiga solinadi va aralashtirib turib suv bilan belgisigacha yetkaziladi.

3- eritma: 0,25 g N (1-naftil) etilendiamin digidroxlorid suvda eri-tiladi va 250 ml bo’lguncha suv qo’shiladi. Eritma qora rangli shisha idishda muzxonada ko’pi bilan bir oy saqlanadi.

Asosiy natriy nitrit eritmasi: 1 g natriy suvda eritilib 500 ml h o’lchov kolbasiga solinadi, suv qo’shib belgisigacha yetkaziladi va aralashtiriladi.

Ishchi eritma: 25 ml asosiy eritma 1000 ml li o’lchov kolbasiga solinadi, suv qo’shib belgisigacha yetkaziladi va aralashtiriladi.


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin